Reja: Huquqiy madaniyat yushunchasi


Download 18.46 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1184271
  1   2   3   4
Bog'liq
19-мавзу хукукий маданият


MAVZU:HUQUQIY MADANIYAT
Reja:
1. Huquqiy madaniyat yushunchasi
2.Konstitutsiya – hayotimiz qomusi
3.Inson huquqlari oliy qadriyat
4.Rasmiy-idoraviy uslub xususiyatlari.
MADANIYAT (arabcha "madiniyat"- Madina shaxrida VII asrdan boshlab targ’ib etila boshlagan yangi dunyoqarash tarafdorlari va ularning izdoshlarining qarashlari, nuqtai nazarlari va amaliy xatti-harakatlari majmui; Madina shahrida tarbiya ko’rishlik). Madaniyat moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o’zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta'lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko’rsatish, turmush tarzi kabilar bilan bog’liq keng qamrovli voqeadir. Shuning uchun u jamiyat bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo’q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o’zgarish madaniyatga ta'sir etadi va u bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat o’tmishga yoki bugunga, shu bilan birga, kelajakka munosabatdir. Madaniyat barkamol insonni shakllantirish vositasi hamdir. Bu vazifani bajarishga keng tarmoqli madaniyat o’choqlari: madaniyat uylari va saroylari, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ma'naviyat va ma'rifat markazlari, madaniyat va istirohat bog’lari, bolalar va o’smirlar ijodi markazlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar safarbar etilgan. Keyingi yillarda ular safida milliy-madaniy markazlar, xalq amaliy san'ati bilan shug’ullanuvchi kichik korxonalar, xalqaro madaniy-ma'rifiy markazlar, firmalar va xususiy ustaxonalar ochilishi xalq ommmasining ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirokini ta'minlaydi. Madaniyat masalalari mustaqil O’zbekistonda eng muhim va dolzarb sohalardan biridir. Rivojlangan davlat bo’lish uchun jamiyatimizda eng yetishmaydigan omil madaniyatdir. Bu - ishlab chiqarish madaniyati, turmush madaniyati, xizmat ko’rsatish madaniyati, muomala madaniyati, ekologiya madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati. Yuksak madaniyatsiz rivojlangan davlat bo’lishi mumkin emas.

Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling