Reja: Huquqiy madaniyat yushunchasi


Download 18.46 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1184271
1   2   3   4
Bog'liq
19-мавзу хукукий маданият

HUQUQIY MADANIYAT - umumiy madaniyatning muhim qismi bo’lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: 1.Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtai nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog’liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo’nalishlardandir.
2.Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning bir qismi bo’lib, u davlat va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
3. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo’lib, u davlat va huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o’rin tutadi.
4. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egalab olganlik darajasidir.
5. Ilgari erishilgan va to’plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
6. Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitusiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
7. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me'yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo’lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo’ladi.
8. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo’lsa, u huquqiy madaniyatga ham o’z ijodiy ta'sirini ko’rsatadi va aksincha.
9. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi - huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari talablari darajasida hamda doirasida o’z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.
10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.

Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling