Reja: Huquqiy madaniyat yushunchasi


Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar o’ta muhim ahamiyat kasb etadi


Download 18.46 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1184271
1   2   3   4
Bog'liq
19-мавзу хукукий маданият

Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar o’ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarni tayyorlab borish; barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o’rgatish-o’rnanish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie , vaqtli mutbuolda huquqiy bilimlarni keng targ’ib va tashviq qilish: aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o’rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasi ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta'minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o’rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san'atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag’batlantirish. Xullas, Huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o’zaro bog’liqdir. Huquqiy madaniyat tarixan astasekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o’z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeidan qat'iy nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.
Matn yuzasidan topshiriqlar. 1-topshiriq: a) matnni o‘qing, b) matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang; c) matndagi asosiy fikrni so‘zlab bering;
GRAMMATIKA. Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling