IV BO’LIM: Muomala madaniyati
REJA:
4.1. Muomala madaniyatida til, nutq va shirinsuxanlik.
4.2. Salomlashish odobi.
4.3. Tanishish va tanishtirish etiketi.
4.4. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish yо‘llari
Tayanch tushunchalar: muomala madaniyati, ohang, ovoz, tanishish, tanishtirish, salomlashish, qо‘l berib sо‘rashish, mulozamat, baxslashish etiketi, murojaat, telyefonda suxbatlashish, avtojavob hizmati etiketi, global tarmoq etiketi.
4.1. Muomala madaniyatida til, nutq va shirinsuxanlik.
“Muomala shaxslararo munosabatning shunday kо‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta’sir о‘tkazadilar va ta’sirlanadilar”.1
Donishmandlarning “Yuziga boqma, sо‘ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri maxsuli U inson madaniyati fikriy gо‘zalligini yaxshi, ibratli, xavas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta – kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir.
Insonning gо‘zal hayot kechirishida, jamiyat orasida о‘z о‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda muomalaning о‘rni kattadir. Insonning shirinsо‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, sо‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning о‘qimishli, bilimdonligini kо‘rsatadi. Gо‘zal muomala inson dilini qanchalik hushnud etsa, aksincha achchiq sо‘z, qо‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. Shirin muomalada bо‘lish ham katta san’at. Shirin sо‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. Sо‘z, yuz va kо‘z, tilning kо‘rki hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baxo beriladi. Sо‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu – nasabi, ota – onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bо‘ladi.
Insonnning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va his – tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – kо‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va yurish-turishida tо‘la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal bо‘lsa, yurish – turishi ham shunchalik madaniyatli bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |