Fakulteti: Ingliz tili va adabiyoti. Magistrant talabasi: Maxanova M. N


Download 10.49 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi10.49 Kb.
#1617928
Bog'liq
Annotasiya oʻzb


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA
MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fakulteti: Ingliz tili va adabiyoti. Magistrant talabasi: Maxanova M. N
Kafedrasi: Ingliz tili va adabiyoti. Ilmiy rahbari:
Oʻquv yili:2021-2023
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTASIYASI
Ilmiy ishning dolzarbligi shundaki, do‘nggi yillarda tarjimaning lingvokulturologik, sotsiopragmatik hamda lingvokognitiv jihatlarining yanada ko‘proq muhokama qilinishi, badiiy hamda tarixiy asarlar tarjimasiga e'tiborning oshishi ushbu sohaning yetakchi sohalardan biriga aylanayotganidan darak beradi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida barcha tur va janrlar qatori badiiy tarjima sohasida ham o‘sish-o‘zgarishlar qilinayotgani albatta quvonarli hol. Ayniqsa, asliyat tilidan tarjima amaliyotida ko'pchilik yosh tilshunos olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari sezilarli ravishda ko'paymoqda. Bu borada yoshlarning o‘z iqtidorini sinovdan o‘tkazayotgani, Sharq va G‘arb xalqlari adabiyoti namunalarini bevosita ona tilimizga o‘girishga va aksincha o'zbek adabiyoti durdonalarining ham jahon tillariga tarjimasidagi muammolarni o'rganishga dadil kirishayotgani tarjimashunoslik sohasining yanada rivojlanishiga hissa qo'shmoqda. Ayni paytda shunday o‘zbek adabiyoti durdona asarlari mavjudki, ularning nafaqat xorijiy til tarjima variantlari, balki o'zbek tilidagi ma'no mazmun jihatlari chuqur tadqiq va tahlilni talab etadi. Ana shunday asarlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari hisoblanib, tadqiqot ishimizning asosiy tadqiq manbasi “Boburnoma” dagi “mulozamat” konsepti va uning tarjima muammolarini ochib berishdan iboratdir. Shu kungacha hali bu asarda qo'llanilgan turli ma'nolari, xususan “mulozamat” konsepti hamda uning tarjimalaridagi ekvivalentlik xususiyatlari qiyosiy tahlil etilgan.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qoʻyiladi: Ushbu ishning asosiy maqsadi va vazifasi “Bоburnоmа”dа mulоzаmаt kоnseptining funktsiоnаl, strukturaviy semаntik vа prаgmаtik xususiyаtlаrini o‘rganishdan iborat boʻlib ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish moʻljallanadi:

  • Mulоzаmаt”ning “Bоburnоmа”dа turlicha mazmunda qо’llаnishini hamda frazeologik birliklarda aks etishini yoritib berish;

  • "mulоzаmаt"ning strukturaviy – semantik, funktsiоnаl jihatlarini ochib berish;

  • ''Boburnoma”dagi ''mulozamat''ning inglizcha Jon Leyden –Vilyam Erskin (1826), Anetta Susanna Beverij (1921) va Vilyer Tekston (1996)ning inglizcha tarjima variantlarini o‘rganish;

  • tarjimaning asliyatga monand o'girilgan jihatlarni ko‘rsatib berish;


Ushbu ilmiy ishda qiyosiy-tarixiy, chog'ishtirma va kognitiv-konseptual metodlardan foydalanildi.
Download 10.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling