Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan Toza


Download 464.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi464.24 Kb.
#1476312
  1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan



 Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan “Toza 
havo” oyligi doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, 
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar 
hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirdi. 10-may, har juma kuni “Avtomobilsiz 
kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi. 
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga 
ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan 
foydalanishdan iborat”, — deyiladi xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni 
“Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda 
sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish 
afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi. 
Savollar: 
1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari 
qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga 
harakat qiling. 
2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga 
ko'ra tasniflashga harakat qiling. 
3. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi? 
Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr 
yuriting. 
4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting. 
Yuqorida berilgan kazusimizga davlat va huquq nazariyasi nuqtai nazaridan 
hamda amaldagi qonunchilikdagi normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanib 
huquqiy yechim berishga harakat qilamiz.
Demak, birinchi savolga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, bir oy muddatga 
chaqiriq e’lon qilishga tabiat resurslari vazirligining shu kabi vakolatlari qaysi 


huquqiy hujjatda mavjudligini amaldagi qonunchilikdagi hujjatlardan aniqlashga 
urinib ko`ramiz. 
Biz bilamizki, respublikamiz hududida har yili ikki bosqichda “Toza havo” 
tadbiri oʻtkaziladi. Shuningdek ,joriy yilning 10-apreldan boshlangan mazkur tadbir 
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan 
hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad 
avtotransport vositalaridan atrof-muhitga yetkazilayotgan zararli taʼsirlarni 
kamaytirishga, shuningdek atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan 
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yoʻnaltirilgan. Buning ustiga shuni 
ta'kidlash kerakki, soʻnggi yillarda ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar 
sonining koʻpayishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar miqdorining sezilarli 
ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa o‘z navbatida respublikamizda, ayniqsa, 
Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga xizmat qilmoqda. 
Tadbir davomida avtotransport vositalaridan tashlanayotgan zararli gazlarning 
toksiklik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan 
holda oʻlchash yoʻli bilan nazoratdan oʻtkaziladi. 
Endilikda esa kazusning birinchi savolining asosiy mohiyatini ochib beradigan 
bo`lsak, tabiat resurslari vazirligining vakolat va vazifalari quyidagilardan iboratdir; 
– Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvi; 
– Atrof muhitning maqbul ekologik holatini, ekologik tizimlarni, tabiiy 
komplekslarni va alohida ob’ektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni 
yaxshilash; 
– Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar
o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘tkazish, 
atmosfera havosini muhofaza qilish; 


– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, 
yagona ekologik va resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda 
idoralararo hamkorlikni ta’minlash; 
– Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan 
davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, 
joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish, 
mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini 
yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, zoologiya va botanika 
kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni davlat 
ro‘yxatiga olish; 
–Va boshqalar;
1
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga 
ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan 
foydalanishdan iborat bo`lganligi sababli tadbirni tashkillashtirish va uning ijrosini 
ta`minlash Tabiat resurslari vazirligining aynan atrof muhit bilan aloqador dolzarb 
vazifasidir. 

Download 464.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling