Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Download 61.56 Kb.
bet6/17
Sana20.06.2023
Hajmi61.56 Kb.
#1633493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ПЭЭ 4 мавзу маъруза

Murojaat qilish etiketi
Murojaat qilish – insondan kо‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya kо‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Murojaat qilib aytilayotgan sо‘zlar nafaqat unga bо‘lgan hurmat balki, maqsadga muvofiqlikda ham qо‘llanadi. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka shaxsga yoki jamoaga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Biroq, barcha murojaatlar axloq meyorlariga bо‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan sо‘zlar faqat axloqiy meyorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, dо‘stu-birodar, mansabdor shaxs va xodim о‘rtasidagi munosabatlarda qо‘llaniladigan sо‘zlar turlicha bо‘lishini anglatadi.
Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan munosabat turi bо‘lib, ular og‘zaki yoki yozma kо‘rinishga ega.
Ularning turi – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz bо‘lishi mumkin:
Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat qilinadi.Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida etakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi.
M: Yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojat qilish maqsadga muvofiq. О‘rtoq Abdullaev, о‘rtoq general, ya’ni “о‘rtoq” sо‘zi harbiylar qо‘llaydilar.
Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qо‘l ostidagi barcha kishilar bilan bо‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bо‘lgan maktab о‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bо‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi.
Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh urug‘, hamqishloq, vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», «xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar о‘rtasida shevadan kelib chiqqan xolda murojaat qilish mumkin.
«Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan sо‘zlar yoshlarga qarata qо‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi-kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, о‘quvchilar, talabalar, yо‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin.
Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq, ushbu sо‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” sо‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu sо‘z faqatgina nikohdan о‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq.

Download 61.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling