Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja
Suhbatdagi har bir sо‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bо‘lmog‘i lozim
Download 61,56 Kb.
|
ПЭЭ 4 мавзу маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan ob havo haqidagi sо‘zlar bilan charchatish ham etiketga tо‘gri kelmaydi.
- Tinglash faqat eshitib о‘tirishi kerak degani emas .
Suhbatdagi har bir sо‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bо‘lmog‘i lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir sо‘zni qaytarish uchun gapingizni bо‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bо‘lgan qiziqishini yо‘qotadi, deganini anglatadi. Bunda nutq о‘ta baland ohangda bо‘lmasligi lozim, aks holda о‘zni noqulay ahvolga solib qо‘yish mumkin.
Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh qо‘shilsa-yu, mavzu esa о‘ta nozik xususiyat kasb etsa, о‘zingizni iltifotli va xushmuomali jihatdan kо‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama kо‘rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini kо‘rsatmaaslik, suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qо‘lga tushgan biron narsani о‘ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni jig‘iybiron qilib qо‘yish mumkin. Suhbat chog‘ida о‘zini kо‘klarga kо‘tarib, о‘z faoliyati, izlanishlari, mulki о‘z tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini rо‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik beradi. Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan obhavo haqidagi sо‘zlar bilan charchatish ham etiketga tо‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bо‘lish uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi:
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham bog‘liq. Tinglash faqat eshitib о‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan sо‘ng, о‘z fikrini tо‘liq bayon qilib beruvchi insonga aytiladi. Juda ham kerak bо‘lib qolgan vaqtda uzr sо‘rab, M: Kechirasiz, menimcha shu fikringiz...., yoki Fikringizni bо‘lganim uchun uzr sо‘rayman, menimcha... deganiboralarni qо‘llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu iboralarning egasi suhbatdoshiga sо‘zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta yoshlar bilan kattalar о‘rtasida tushunmovchiliklar bо‘ladi Shunday paytlarda yoshlar о‘zlarini fikrlarini yoqlamasdan xо‘p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari kattalarni dilini og‘ritib qо‘yishdan asraydi. Download 61,56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling