Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja
Ziddiyatli xolatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin
Download 61.56 Kb.
|
ПЭЭ 4 мавзу маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahslashish etiketi.
Ziddiyatli xolatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Ziddiyatli xolatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki xissiyotlar boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson о‘zining sо‘zi va hatti-harakatiga javob bera olmaydi. Muomalaning kо‘plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” tashlamang, о‘zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering. Ziddiyatning mohiyatini tо‘laqonli tushunishga harakat qiling va «Mabodo ziddiyat xal etilmasachi?” degan havotirdan yiroq bо‘ling. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g‘azablanayotgan bо‘lsa, uni «sovutishga” intiling, zinhor undan baland kelishga urinmang: о‘zingiz jim bо‘lingda undan buni talab qilmang. Suhbatdoshingizga о‘zini sizning о‘rningizga quyib kо‘rishini sо‘rang, ya’ni «Agar siz mening о‘rnimda bо‘lganingizda qanday yо‘l tutgan bо‘lar edingiz?” degan savolni berib kо‘ring. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang. Ziddiyatni yuzaga kelishiga sababchi bо‘lgan hamkoringizni hadeb ayblayvermang. Har qanday xolatda ham о‘zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. О‘ylaymizki, ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bо‘ladi. Bahslashish etiketi. Bahsning asosiy qoidasi shundan iboratki, hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini о‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar о‘z qarashlaringizni boshqa birovga о‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini о‘zingizda bо‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni о‘zi ham siz kabi nohaq bо‘lishini tan olishiga imkon beradi. Bahsni tug‘dirmaydigan shunday iboralar ham mavjudki, ularni diqqat bilan eshitishga undaydi. Masalan: «Sizni dilingizdan о‘tayotgan fikrlarga qarshi emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bо‘lar edim». Bahs paytida «Janjal bilan biron narsaga erishib bо‘lmaydi» degan iborani eslashga harakat qilish lozim. eng yaxshi natijaga erishuvning yо‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan qizishib о‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan о‘z fikrini aytib qо‘yishning о‘zi etarli. Balki bir oz vaqt о‘tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u tо‘g‘ri xulosaga kelishi mumkin. О‘zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki bahslashish – ma’lum ma’noda zо‘ravonlik ham hisoblanadi va oqibatda, yagona kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat, tavoze’lik va muloyimliq aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Bahs asosli va ishonchli bо‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni «chaqib» xafa qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar mutlaqo tо‘g‘ri bо‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi. Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan muvaffaqiyatli chiqib ketishlariga imkoniyat darajasi balandroq bо‘lar ekan. Kasbga doir bahsda о‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb etishi zarur. Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. Sо‘zamollik diqqatli jimlik bilan almashishi lozim. Jizzaqilik va asabiylashishga о‘rin yо‘q. Individual bahsda asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish mumkin emas. CHо‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf о‘zining axloqi haqida о‘ylab kо‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi. Janjallarga sababchi bо‘ladigan odamlar о‘zi haqida о‘ylab kо‘radigan bо‘lsa, odatda «asablari hech narsaga yaramasligiga amin bо‘ladi». Lekin bu degan sof vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga «nima uchun men doimo asabiylashaman?» degan savolni о‘ziga bermoqlikka da’vat etamiz. Kо‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab etgandan sо‘ng hayot о‘z yо‘liga tushadi. Harakat qilib kо‘rsa arziydi. Download 61.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling