Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Download 61.56 Kb.
bet10/17
Sana20.06.2023
Hajmi61.56 Kb.
#1633493
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
ПЭЭ 4 мавзу маъруза

Erix Fromm ta’limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – «zul qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk kо‘rinishini, mazlumni emas, о‘zini butun bir tuban xususiyatlarini kо‘rsatayotganini va undagi о‘ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni qilmagan bо‘lar edi.
Zigmund Froyd jamoada о‘zini bunday salbiy tutayotgan shaxs hatti-harakatlari aslida hasadgо‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bо‘layotgan jamoat ham aksariyat holatda bunga tо‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs tо‘g‘risida xuddi shu xulosaga kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Froyd jamoada inson о‘zini erkinroq tutadi, va badxulqlik bilan bо‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bо‘ladi, degan xulosaga keladi.3
Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir».4
Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan о‘z salbiy illatlariga erk berish havfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda о‘zini yо‘qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bо‘lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan.
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni kо‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning sо‘zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bо‘lsangiz, hikoyani о‘rtasiga kelganda birdan gapni bо‘lishdan kо‘ra darhol «Ha, aytib bergan edingiz»qabilida gapirib qо‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bо‘lsa ham, sо‘zlayotgan odamni bо‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur shо‘ng‘ib ketib, munozara qilinmaydi.
Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta о‘ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor beradilar. Ayniqsa etiketda kо‘rishish va sо‘rashish jarayoni о‘zaro kuzatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yо‘lidan foydalanishga intilishni kо‘rish mumkin.

Download 61.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling