Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Shirinsuxanlik ham katta san’at


Download 61.56 Kb.
bet11/17
Sana20.06.2023
Hajmi61.56 Kb.
#1633493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
ПЭЭ 4 мавзу маъруза

Shirinsuxanlik ham katta san’at. Shirin sо‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning kо‘rki hisoblanadi. Muomala madaniyatida sо‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bо‘lsa ham “suyakka tegishi”mumkin.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qо‘yishni, an’anaviy axloqiy meyoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, kо‘zga kо‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bо‘lishi sо‘z, nutq vositasida rо‘y beradi. Sо‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati – muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi о‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi.
Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qо‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, sо‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari о‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qо‘l siltab ketishi yoki fikrini bо‘lib, qо‘pol muomalada bо‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi.
Suhbatdoshni fikrini notо‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson “Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qо‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman notо‘g‘ri”, “bu tо‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonni fikrini bо‘lib, “Bо‘lishi mumkin emas”, “О‘zingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.
Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug‘ombirlikdan va qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday mug‘ombirlik va soxta tortinchoqlikdan xoli bо‘lishi kerak.

Download 61.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling