Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Tanishuv va tanishtiruv qoidalari


Download 61.56 Kb.
bet4/17
Sana20.06.2023
Hajmi61.56 Kb.
#1633493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ПЭЭ 4 мавзу маъруза

4.3. Tanishuv va tanishtiruv qoidalari
Tanishtirish yangi uchrashgan kishi bilan gaplashish huquqini beradi. Odatda, tanishtirish uchun vositachi kerak bо‘ladi. Umumiy tanish shunday vositachi bо‘la oladi. Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishtirish joyiga bog‘liq bо‘ladi.
Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi navbatda, sharoitga qarab kelgusida tez-tez uchrashib turishga tо‘g‘ri keladigan shaxs bilan tanishiladi yoki tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha sо‘zlar bilan ifodalanadi: «Sizni tanishtirsam...», «Tanishtirishga izn bersangiz...», «Dildora, tanishing..."
Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu erdagi asosiy qoida: yosh kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak – ayolga, xodim – rahbarga tanishtiriladi. Tanishtiruvchi kishi avvalo yosh kishining, keyin kattaning, avval erkakning keyin ayolning, avval xodimning, sо‘ngra rahbarning ismi va familiyasi aytiladi.
Yoshlarni katta yoshdagi insonga tanishtirishda, odatda savolomuz murojaat qilinadi; M: Ustoz, talaba Karimovani siz bilan tanishtirishga ruxsat bersangiz?, yoki Hurmatli rektor magistr Komilovni sizga tanishtirmoqchi edim? Bu xollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda rektorning ismini aytmaydi.
Erkak kishini ayol kishiga tanishtiradilar. Yoshiga qarab yoshlarni kattalarga tanishtiriladi. Hamma vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yо‘q, hamma vaqt shunday qilinmaydi. Eri о‘z rafiqasini yor-dо‘stiga tanitishi о‘z xohishiga bog‘liq: “Dо‘stim Shuxrat, tanishing – bu mening rafiqam” qabilida. Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin aytiladi.
Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan,«turmush о‘rtog‘im», «opam», «singlim»yoki«ukam» deyiladi.
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, uy bekasi о‘rniga uning sohibi tanishtirsa ham bо‘ladi. Kechroq kelgan mehmonlarni vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket kirib kelishsa-yu, siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida yaqinroq qarindoshingiz yoki dо‘stingizni chaqiring. Mehmonni uyga taklif qilgach, avval u erda о‘tirganlarga kelgan mehmonning ismini tanishtiriladi, sо‘ng bir chekkadan boshqalarning ismlarini aytib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik kо‘p bо‘lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar о‘rinlaridan turib tanishadilar. Ayollar joylarida о‘tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bо‘lgan yoki yoshi kattalarni tanishtirishsa, о‘rinlaridan turishlari mumkin. Agar turli yoshdagi ikki ayol tanishayotgan bо‘lsalar, yoshi katta ayolga: «Ruxsatingiz bilan sizga falonchini tanishtirsam» – deb yoshroq ayolni ismi-sharifini aytib, keyin yoshi kattaroq ayolni tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bо‘lsak, ayni paytda yosh va mavqe muhim ahamiyat kasb etadi. Huddi shu tarzda ayol kishiga erkak kishini, xodimni rahbarga tanishtiradilar. Agar ham mavqe jihatdan, ham yosh jihatdan о‘zaro teng bо‘lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bо‘lib, ulardan о‘zingizga yaqinroq bо‘lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni bir paytni о‘zida kо‘pchilikka tanishtiradigan bо‘lsangiz, uning ismi-sharifini keltirib о‘tmasa ham bо‘ladi.
Yaqinlaringiz, tanishingiz yoki dо‘stingizni tanishtirayotganda ismiga qо‘shib, ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin: «Dо‘stim Sherzod – xirurg, bu esa Azamat – kursdoshim». Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq va tushunarli tarzda ayting. «bu kishi Alijon – mashhur akter Farxodning akasi» degan aniqliklarning umuman keragi yо‘q. Odamlarning ismlarini yaxshi yodda tuta olishiga ishonchi bо‘lmagan tanishtiruvchilar «Tanishing, marhamat janob ...» bunda siz ismni egasiga aytishiga qо‘yib berasiz. Bunday usulni qо‘llash mumkin. Agar endigina yig‘ilgan jamoatga yangi odam qо‘shilsa, uning ismini baralla ovozda aytib tanishtirsa bо‘ladi, qolganlar о‘zlarini tanishtiradilar.

Download 61.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling