6-mavzu. Madaniyat sohasidagi globallashuvning mohiyati


Download 112.5 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1352984
  1   2   3   4

6-mavzu. Madaniyat sohasidagi globallashuvning mohiyati.

Reja:
1. Madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonlarining mazmun-mohiyati.


2. Madaniy muammolar va milliy-ma’naviy qadriyatlarning saqlash zaruriyati.
3. Madaniyat globallashuvga axborot texnologiyalarining ta’siri.
Tayanch so‘z va iboralar: madaniyat, madaniyat globallashuvi, “madaniy imperializm”, halq madaniyati, ommaviy madaniyat, elitar madaniyat, ommaviy kommunikatsiya, gollivud, madaniyat industriyasi.
U
Madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonlarining mazmun-mohiyati
niversal hayot tarzi odamlarning har kungi hayotining katta qismini o‘z ta’siriga oladi, garchi hozircha u faqat iste’mol sohasini qamragan bo‘lsa-da, bugungi kunda intensiv madaniy aloqa, almashinuvlari ro‘y bermoqda. G‘arbda SHarqona turli madaniy–diniy tizimlar, sharqona tibbiyot, sharqona odatlar ommalashib, rasm bo‘lmoqda. G‘arbdan SHarq tomon yanada kuchli madaniy oqim oqmoqda. Ingliz tili deyarli butun jahon tiliga aylanib bomoqda.
Televidenie va kinoteatrlar asosi g‘arb va amerikacha filmlarni namoyish qilmoqdalar. SHarq kishilari ko‘proq g‘arb qadriyatlarini o‘zlashtirmoqdalar. G‘arb (asosi amerikacha) madaniyatining bunday bosib kirishini “madaniy imperializm” deb atamoqdalar. Bunday bosib kirish, zabt etish o‘z-o‘zidan unga qarama-qarshi – «madaniy millatchilik»ni, milliy an’analar, odatlar, institutlar, qadriyatlarni saqlab qolish, himoya qilishga intilishni yuzaga keltiradi. Bunday an’analar ayniqsa islom mamlkatlarida sezilarni aks etmoqda. Hozirgi zamonda milliy manfaatlarni himoya qilishga intilishlar G‘arbning iqtisodiy, siyosiy va madaniy tazyiqi bilan bog‘langan bo‘lib, ularga biror to‘siq qo‘yish nihoyatda qiyin bo‘lib qolmoqda.
Globallashuv sharotida turli ijtimoiy organizatsiyalarning o‘xshashligi ko‘p jihatdan ularning u yoki bu sivilizatsiyalarga tegishli ekanligi bilan belgilandi. Amerikalik olim S.Xantingtonning fikriga ko‘ra, «sivilizatsiyalar tarix, din, odatlar, institutlar singari ob’ektiv hislatga ega bo‘lgan umumiy belgilar va odatlarning sub’ektiv o‘z-o‘zidan identifikatsiyallanishi bilan belgilanadi»1. Sivilizatsiyalar orasidagi farqlar ularning mohiyatlarini yo‘qqa chiqarib yubormaydi. Biroq, hozirgi birligining muhim ko‘rsatkichi unda turli ijtimoiy tizimlarning mavjudligi, bu tizimlar turli darajada rivojlangan tizimlar bor ekanligini aks ettirishi, ularning barchasi hozirgi zamon sharoitlarida birgalikda yashayotgan dunyo tarixiy jarayonining ketma-ket keladigan bosqichlari ekanligini bildiradi. Aksincha, hech qanday xalqlarning va mamlakatlarning «mutlaq globallashuvchi ham», «mutloq izolyasiyalashuv» ham bo‘lmagan. Biroq, tarix davomida bu aloqalarning darajasi ham, xarakteri ham o‘zgarib turgan. Bu jarayonda uchta bosiqichni ajratish mumkin. XV-XVI asrgacha bo‘lgan bosqich davrida o‘zaro zaif aloqada bo‘lgan, o‘zlarini-o‘zlari uddalay oladigan ijtimoiy oraganizmlar. XVII asrdan XX asrgacha bir-birlari bilan chambarchas bog‘langan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan davlatlar shakllandi.
G‘arbga xos ommaviy madaniyatni umuminsoniy madaniyat, universal madaniyat sifatida e’tirof etilishiga urinish mavjud. SHu o‘rinda, globallashuvni “yaxlit dunyoning shakllanishi, yagona yirik davlatning qaror topishi, yagona jahon madaniyati(!)ga ega xalqaro hamjamiyatning tarkib topishi jarayoni”2 sifatida talqin qilayotgan olimlar yodga tushadi. Bu jihatdan, aksilglobalistlar globallashuv jarayonini madaniy imperializmning yangi ko‘rinishi deb talqin qilayotgani ham bejiz emas3.
Universal qadriyatlar sifatida targ‘ib etilayotgan erkinlik, liberal demokratiya, ilmiy-texnik taraqqiyot va xususiy mulkning daxlsizligi kabi qadriyatlarning mohiyati haqida to‘xtalar ekan, taniqli olim E.Azoryans bu qadriyatlarning salbiy jihatlari haqida aslo gapirilmasligini uqtiradi:
“SHaxs erkinligi va individualizm erkinlik sari yo‘l bo‘lmay, boshboshdoqlik va jamiyatni ichidan emirib borish omiliga aylandi. Liberal demokratiya davr talablariga javob bera olmaydi va tarixiy qonuniyatlarni inkor etadi. SHu bois, omma kayfiyatida liberalizm va konservatizmga, ayrim o‘rinlarda sotsializm va fashizmga intilish kuzatiladi. Ilmiy-texnik va madaniy taraqqiyot o‘zining rango-rang sirti ortida ekologik inqiroz, ommaviy qirg‘in qurollari, alkogolizm, narkomaniya, fohishabozlik, behayolik, insonni manqurtlashtiruvchi ommaviy madaniyat, milliy an’analarni poymol qilish va insonning ma’naviy qashshoqlashuvi kabi salbiy oqibatlarni yashirmoqda. Xususiy mulkning daxlsizligi bozor iqtisodiyotini harakatga keltirgan motiv bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa-da, jamiyatdagi qutblashuvni keltirib chiqarib, bu mexanizmning teskari ishlashiga – bir qutbda kambag‘allar va boshqa qutbda badavlatlarning joylashib qolishiga sabab bo‘ldi”4.
Madaniy-g‘oyaviy ekspansiyani “modernizatsiya”, “an’anaviy jamiyatlarni zamonaviylashtirish” shiori ostida amalga oshirish. Jamiyatning zamonaviylashuvi deganda an’anaviy, turg‘un holatdan tarixiy tajriba va qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari, yangilik sari qadam qo‘yish, yangilanish tushuniladi. Bunda turgan gapki, boshqa davlatlarning tajribasi ham o‘zlashtiriladi. Ammo madaniy-g‘oyaviy ekspansiyani amalga oshirayotgan kuchlar g‘arbga xos bo‘lgan barcha andozalarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib o‘tkazishni zamonaviylik, modernizatsiya deya talqin qilish, ularning izmida yurmagan jamiyatlarni esa qoloq va turg‘un jamiyatlar safiga qo‘shishga urinmoqdalar.
G‘arb madaniyatini qattiq himoya qiluvchi g‘arbparast madaniy elitani, intellegensiyani shakllantirish. Ma’lumki, har bir jamiyatda insonlar ergashadigan va taqlid qiladigan etakchilar, san’atkorlar, olimlar qatlami mavjud bo‘ladi. Madaniy-g‘oyaviy ekspansiyada ana shu omilga ham tayanish – mashhur kishilar, aniqrog‘i, insonlar o‘rtasida katta obro‘ va mavqega ega kishilarni o‘z tarafiga og‘dirish, ularni g‘arb madaniyati va turmush tarzining himoyachilariga aylantirishga urinish kuzatilmoqda. Bunda konsyurmerizmdan, ya’ni g‘arbona turmush tarzini o‘zlashtirganlarni, g‘arb andozalari asosida yashovchilarni jamiyatning “oliy qatlam”i sifatida ko‘rsatish usulidan keng foydalaniladi.
Tasdiq sifatida Zbignev Bjezinskiy fikrlarini keltirish o‘rinli: “Madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratining muhim jihati sanaladi. Ayrimlar o‘zining estetik qadriyatlari haqida nimalarni o‘ylamasin, Amerika ommaviy madaniyati ayniqsa jahon yoshlarini ohangrabo kabi o‘ziga tortadi. Amerikaning televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb to‘rtdan uch qismini egallagan. Amerikaning ommabop musiqasi ham ustuvor mavqega ega, shuningdek, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishdagi odatlari va hattoki kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar”5
Shu jarayonning oqibati o‘laroq endilikda G’arb falsafasida madaniyatning ikki tipi – ommaviy va elitar madaniyat bir-biridan keskin ajratiladi. Ammo ommaviy va elitar madaniyatni xalq madaniyatidan va milliy madaniyatdan farqlash zarur.
Halq madaniyati (ingliz tilida “folklor”) deyilganida odatda madaniyatning o‘z ildizlari bilan xalq o‘tmish tarixi bilan tutashib ketadigan, o‘tmishda shakllangan qadriyatlarga tayanadigan, milliy xarakterni aks ettiradigan jihati nazarda tutiladi. Xalq madaniyatining o‘ziga xosligi uni yaratgan konkret mualliflarning yo‘qligida, ularning rivoyat (mif), asotir, afsona, epos, ertak, ashuvla, raqslar, xatto latifalar, ommaviy bayram va urf odatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Xalq madaniyati an’anaviyligi (tradisiyaviyligi), jamoaviyligi, teran ildiz otgani va barqarorligi bilan xarakterlidir.
Milliy madaniyat tushunchasining falsafaga kiritilishi esa barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan yagona madaniyat mavjud bo‘la olmasligi, har bir millatning faqat o‘zigagina xos madaniyati mavjud ekanini ta’kidlovchi, masalan, N.Ya. Danilevskiy, O. Shpengler, A. Toynbi konsepsiyalar shakllanishi bilan bog’liq.
Har ikki tushunchaning ham madaniyatni xarakterlashda o‘z o‘rni bor. Birinchisida (“xalq madaniyati” tushunchasida) madaniyatning eng umumiy, muallifsiz tarixiy ildizi mavjudligi nazarda tutilayotgan bo‘lsa, ikkinchisida uning xalqlar millatlarga ajralganidan keyingi differensiallashgan, o‘ziga xoslik kasb etgan tarixiy shakllari vujudga kelgani hisobga olinmoqda. Shu ma’noda bularning ikkisi ham madaniyatning umumiy ta’riflari emas, balki uni evolyusiya jarayonida tushunishga xizmat qiluvchi muhim tushunchalardir. Va milliy madaniyatlarda internasional tomonlarning mavjudligi, bir tomondan, barcha millatlarning bir vaqtlar hali millatlarga ajralmagan tarixiy davrdagi yalpi umumiy, differensiallashmagan , muallifsiz tarixiy ildizi mavjudligi tufayli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, millatlar madaniyati taraqqiyoti mobaynida ularning o‘zaro bog’lanib, aloqa qilganlari natijasida shakllangan yangi umumiyatlarning yuzaga kelishi tufaylidir.
Sobiq ittifoq mafkurasi madaniy aloqalar kuchaytirilsa, keyinchalik millatlar madaniyati bir-birini boyitadi, millatlar orasida tafovut qolmaydi, degan g’oyani oldinga surgan va ayni shu ishni amalga oshirish niyatida bo‘lgan edi. Agar, g’araz aralashmagan bo‘lsa, bu niyat o‘z holicha yaxshi. Lekin, barcha millatlar o‘z tarixiy ildizlari bilan qayta bog’lanmaguncha bu uning amalga oshmasligi ravshan. Vaholanki, markscha mafkura bu ildizni inkor etib kelgan edi. Umuman, hozirgi davrda butun insoniyat bu ildizdan mutlaqo uzoqlashib ketgan. SHuning uchun endilikda milliylikni bartaraf etadigan har qanday ongli yoki ongsiz jarayonlar millatni o‘ldirish bilan tengkuchlidir. SHu ma’noda globallashuv jarayoni millat hayoti uchun juda xavfli va mamlakatimiz rahbarining milliy o‘zlikni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lidagi chaqiriqlari quruq shior emas, badki endilikda hayot-mamot masalasidir. Millatning o‘limi esa uning o‘z ma’naviyati, madaniyatining yo‘qolishidadir.
Elitar madaniyat deyilganda G’arb falsafasida, xususan, elitar madaniyat mafkurchisi bo‘lgan X.Ortega-i-Gasset jamiyatning ijodiy daholari, sara insonlar (elita6) tomonidan yaratiladigan yangi, noyob, individual, hech qachon takror yaratib bo‘lmaydigan san’at, adabiyot, musiqa asarlarini tushunadi. Ushbu madaniyat keng omma tomonidan tushunilmaydigan va hammaga tushunarli bo‘lish maqsadini ham ko‘zlamaydigan madaniyatdir. U faqat san’atning o‘zigagina xizmat qiladi va faqat elita tomonidan tushunilishi mumkin bo‘lgan madaniyat hisoblanadi. Bu asarlarni tushunish omma bilmaydigan maxsus san’at tilini bilishni taqozo etadi. Shu ma’noda elitar madaniyatni oliy (yuqori) madaniyat deb ham ataladi. Masalan, Kafka asarlari, Pikasso rasmlari G’arbda shunday asarlar hisoblanadi. Lekin oliy madaniyat xalq va millat madaniyati ildizlaridan ozuqlanadi va unda millat madaniyati taraqqiyoti akslanadi. Bu asarlar asrlar o‘tgach, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida, masalan, Chaykovskiyning “Kichik oqqushlar raqsi” yoki Vivaldining “Yil fasllari” asari kabi hamma uchun tushunarli bo‘ladigan vaqt kelishi mumkin. Unda bu madaniyat barchaning umumiy madaniyatiga aylanadi.
Elitar madaniyat tushunchasi aslida yangi emas. Bu madaniyatning ko‘pqatlamli xodisa ekanini ifodalaydigan qarash bo‘lib, bu hamma davrlar madaniyatiga xos bo‘lgan. “Madaniyat, - deydi, masalan, N.A. Berdyaev, - ierarxiya tashkil etadi. Uning ichki mazmunida bu qadriyatlarning aniq pog’onaviy tartiblashuvi mavjud...”7
Chindan ham, qadimdan madaniyat turli qatlamlarni tashkil etgan. Masalan, ilohiy bitiklar, muqaddas kitoblarga jo bo‘lgan mazmun payg’ambarlar, kohinlar, avliyolargagina tushunarli bo‘lgan. Ular o‘z madaniyatlarining sirini (mistik mazmunni) saralab olingan izdoshlargagina etkazganlar, omma esa “rivoyatlar” bilan qanoatlanishiga to‘g’ri kelgan. O‘rta asrlarning boshlarida Injilning savodi yo‘q kishilar uchun mo‘ljallangan, ko‘p rasmlardan iborat soddalashtirilgan varantlari mavjud bo‘lgan. Hamma savodxon bo‘lgan davrlar kelgach, madaniyatning ommabop (saviyasi yuzaki, oldi-qochdi, qaltis ishqiy va boshqa sargushatlardan tashkil topgan, keng omma ko‘ngilxushligiga mo‘ljallangan) mazmuni ham shakllandi, kengaydi va rivojlandi. Quyida madaniyatning ayni shu mazmuni haqida gap ketadi.
M

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling