Kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan
Download 13.01 Kb.
|
Shaxarlar
BU QIZIQ‼️ 🕌 Rivojlangan O‘rta asrlarda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari Qurilgan. 🕌 Mahmud Kоshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad Yoshligida boshlang‘ich ta’limni olib, Koshg‘ar, Buxоrо, Samarqand,Marv, Nishоpur shaharlarida bilimini оshirgan. 🕌 Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X–XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan. 🕌 Qarluqlar davlatida: Suyob, Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan. 🕌 G‘aznaviylar davlatida G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa haharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, Kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. 🕌 Qoraxoniy hukmdorlari Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro Kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, Shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar. 🕌 XI–XII asrlarda Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. 🕌 Mo‘g‘ullar Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirdi. 🕌 Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. 🕌 Mirzo Ulug‘bek Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya vaAndijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi. 🕌 Timuriylar davrida Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Download 13.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling