Toshkent Toshkent


Download 0.82 Mb.
bet1/32
Sana23.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1385807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Fitrat aka word varianti o\'zgartirish uchun


Toshkent
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahardir, shuningdek, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biridir. Bu shahar Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafarni yoki Oʻzbekiston aholisining qariyb 8% ni tashkil etadi.[1] 2018-yilga koʻra, Toshkent shahrining YIM $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.[4][5]
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVIII—XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi.

Iqlimi


Shaharning iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25… −30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi.
Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, eng past temperatura — 29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360–390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling