1. bt-biznes va tgexnologiya


Download 21.32 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.32 Kb.
#1490182
Bog'liq
maqola


O‘zbеkistonda axborot tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalarining rivojlanishi axborot rеsurs markazlari va kutubxonalarda elеktron kataloglarning yaratilishiga olib kеldi. Bu holat birinchidan kutubxonalar fondini kitobxonlarga taqdim qilish sifati va samarasini oshirgan bo‘lsa, ikkinchidan O‘zbеkiston olimlari, yozuvchilari, akadеmiklarining ilmiy ishlari va asarlarini butun dunyoga ko‘rsatish imkoniyatini yaratdi. Hozirda elektron kutubxonalar tez surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Elektron kutubxona raqamli asarlar kolleksiyalarini ma'lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual yo'l ochish, talqin qilish, tarqatish, to'laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar, shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta'minlaydi.
Stars international universiteti bugungi kunda Markaziy osiyoda yagona va juda ozvaqt ichida telik bilan jadal rivojlanayotgan universitetlardan biri. Stars o`z talabalariga sifatli xalqaro ta’lim olish uchun imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Stars international universiteti ko’plab jahon tashkilotlaring hamkor hisoblanadi shular qatorida ACCA ning Buyuk Britaniyadagi eng yirik bosma o’quv nashiryoti BPP Lening Media Stars universiteti quyidagi ASSA malakviy fanlarni o’zbek tiliga tarjima qilish huquqining birinchi va eksklyuziv egasidir:
1.BT-Biznes va tgexnologiya
2. MA- Boshqaruv hisobi
3. FA-Moliyaviy buxgalteriya hisobi
4. LW-Xalqaro korparativ huquq.
5. PM- Biznes samaradorligini boshqarish
6.TX- Soliqqa tortish
7. FR- Moliyaviy hisobot
8. AA- Audir va tegishli xizmatlar .
9.FM-Moliyaviy menejment
10. ACCA Dip IFR -xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha ASSA diplomi.
Hozirgi kunda esa sifatli ta’limni yanada kuchaytirish maqsadida Stars international universiyeti talabalari uchun “Stars E-Book”onlayin kutubxonasi ishga tushirildi. “Stars E-Book”onlayin kutubxonasi yaratishdan maqsad talabalar uchun mosofadan turib ham universitet kitoblaridan bemalol foydanish va sirtqi ta’limda o’qayotgan o’quvchilar uchun faqat ular o’qishga kelgan vaqtlarida emas balki masofadan turib ham ularga dars jarayonlarini doimiy ravishda olib borishlari uchun ishga tushirildi. Ushbu electron kutubxonaga kirish uchun siz avvalo Stars international universitining talabasi bo’lishiniz kerak va shunda siz “Stars E-Book”onlayin kutubxonasidan ro’yahtdan o’tishigiz va undan bemalol foydallanishigiz mumkin.
Ushbu onlayin kutubxona o’z ichiga 2000 mingdan ortiq kitoblar, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni o’z ichiga olgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma'lumotlarni so`z va iboralar bo`yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan istalgan vaqtda shug’ullanish mumkin .“Stars E-Book”onlayin kutubxonasi talabalarga xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, kеrakli adabiyotlarni izlayotgan kitobxon masofadan tarmoq orqali katalokga kirishi mumkin. bu kitobxonning vaqtini tеjaydi,to‘liq matnli hujjatlarni ko‘chirishning kengaytirilgan imkoniyatlari bilan birgalikda izlashning kuchli tizimini yaratish; boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini taʼminlash,kabi bir qator afzalillari mavjud. Bizning onlayin kutubxona talablarga ikkinchi ustoz bo’lib hizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.“Stars E-Book”onlayin kutubxonasi o’z ichiga quyidagilarni adabiyotlar fondi o‘z ichiga oladi:
axborot-kutubxona muassasasi fondlarida mavjud bo‘lgan barcha axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lgan elektron katalog;

  • axborot-kutubxona ma’lumotlar bazasi;

  • darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;

  • davriy nashrlar;

  • bosma nashrlarning elektron versiyalari,

Stars universiteti tomonidan elektron shaklga o‘tkazish jarayonida universite tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-tarixiy va o‘quv xususiyatiga ega bo‘lgan elektron resurslari.
Ushbu electron kutubxona :o’quv rejalar, o’quv qo’llanmalar qo’shimcha adabiyotlar, yangliklar kabi bir qaror bo’limlarga ega bo’lib,bu bo’limlar orqali talabalar onlayin kutubxonamizdan o’zlariga kerak bo’lgan ma’lumotlarni olishlari mumkin.
O’quv rejalari bo’limida siz bizning fakultetlar va ularning o’quv rejalari va darsliklar bilan tanishishingiz mumkin.
Ikkinchi bo’lim o’quv qo’llanmalar bo’limida siz Stars internationalda fan darslik o’quv qo’llanma va boshqa kerakli adabiyotlarni topishingiz mumkin.
Uchunchi bo’limiz esa qo`shimcha adbiyotlarga bag`ishlangan bo`lib unda siz kompyuter adabiyotlari psixologiyaga oid asarlar shuningdek jahon va o`zbek adabiyotining bisteller asarlari , yozuvchilarning eng sara adabiyotlarini va fan ta`limga bagishlangan kitoblarni electron shaklini olib foydalanishingiz mumkin.
Keyingi bo`limimiz “yangliklar” deb nomlangan unda jahon va o’zbekistonda sodir bo’layotgan yangliklar va universitetimiz hayotigadi eng muhim yangliklar e’lon qilib boriladi.
Shuningdek biz 2021 yildan boshlab o’zbekistonda birinchilardan bo’lib IFLA tashkilotiga a’zo oliy o’quv yurti sifatida ushbu tashkilot bilan hamkorligimizni . “Stars E-Book”onlayin kutubxonasi orqali davom etirmoqdamiz va talablarimiz bemalol ushbu sayt orqali IFLA tashkiloti bilan bog’lanib istalgan ma’lumotlarini olishlari mumkin.
Download 21.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling