1. Chun xumog‘a tu’madur oxir boshingda har so‘ngak, Ul xumo boshingg‘a besh kun soyagustar bo‘ldi, tut


Download 4.07 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi4.07 Kb.
#1733018
Bog'liq
G\'azal test



1. Chun xumog‘a tu’madur oxir boshingda har so‘ngak,
Ul xumo boshingg‘a besh kun soyagustar bo‘ldi, tut.
2. Afsaringni shomi tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojini boshingg‘a afsar bo‘ldi, tut.
3. Ul gul aylar ro‘zgoring tiyra, o‘rtar bu sharar,
Bas muti’i hukmu ra’ying charxu axtar bo‘ldi, tut.
4. Bir ovuch su topmayin o‘lsang kerak chun tashnalab,
Bahr ila bar fathida o‘zni Sikandar bo‘ldi, tut.
5. Ne Faridundin asar chun qoldi, ne Jamshiddin,
Hashamating Jamshidu Afridung‘a hambar bo‘ldi, tut.
6. Ul bag‘ir qoni, bu ko‘z yoshi durur chun ofiyat,
Durru la’ling qon ila daryog‘a munjar bo‘ldi, tut.
7. Chun lagadko‘b qazo past etkusi tavsanlig‘ing,
Tavsani gardun rikobingg‘a takovar bo‘ldi, tut.



1. G‘azal matla’si haqidagi asosiy to‘g‘ri fikrni toping.
A) Xumo qushini badiiy uslubda namoyon qilib, odamga soyadan himoya qilish vositasida qaralishini aytmoqda.
B) Odamning boshidagi suyaklar xumo uchun har doim ozuqa sifatida qaralishi haqida gap borgan.
C) yozuvchi bu baytda hammaga ham ishonaverish kerak emasligini uqtirmoqchi.
D) Xumo odamga soyagustar, ya'ni soya to'suvchi bo'lib, unga do'st tutunishi ham mumkin.
2. 2-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang.
A) Boylik, toj-taxtga o'ch bo'lmaslik nazarda tutilgan.
B) Hayotning qiyinchiliklariga bardosh berish bu baytning asosiy mazmuni hisoblanadi.
C) Ushbu baytda takrir san'ati qo'llangan.
D) Hayot insonning tojini kechalari tuproqqa uradi, botiradi.
3. 3-baytga mos kelmaydigan ta’rifni toping.
A) Bir o'rinda ta'did san'ati qo'llangan.
B) U gul ro'zg'oringni tiyra aylayapti, uning ra'yi hukmiga borishing charx-u axtar bo'ldi.
C) Yor seni yo'ldan uryapti, baxtsiz qilyapti deya ta'kidlaydi.
D) Itoat yo'liga kirganing seni yutug'ing bo'ldi deydi yozuvchi
4. G‘azalda quyidagi qaysi hukm mavjud EMAS?
A) G'azalda keltirilgan "Sikandar" so'zi bir o'rinda ham talmeh san'ati, ham tashbeh san'ati yo'li bilan qo'llanilgan.
B) Alam-qayg'udan chiqqan qon daryoga kelib qo'shilishi mubolag'a usulida yoritilib berilgan.
C) Hashamat bo'yicha Jamshidga ham, Faridunga ham teng kelish borasida so'z yuritilgan.
D) Baytda suvsiz qolsang, darhol jon bersang kerak deb taxmin qilingan.
5. Berilgan maqta' haqida qaysi fikr noto'g'ri?
A) Mag'lubiyatga uchrashing taqdir ekan deb tasalli bermoqda.
B) Ot o'rni uchun huzuriga himmat tulpori yondashishi berilgan
C) Falak arg'umog'i amriga keltirilgani haqida ma'lumot keltirilgan.
D) Tepki tufayli mag'lubiyatga duchor bo'lgani baytda aks etmoqda.

Download 4.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling