1. Fayziobod xonaqosi Xo‘ja Zayniddin xonaqosi


Download 1.92 Mb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1631136
  1   2
Bog'liq
2furqat2


Mavzu: Xonaqolar: Fayziobod xonaqosi. Xo‘ja Zayniddin xonaqosi. Nodir devonbegi xonaqosi. Abdulazizxon xonaqosi

Reja
1.Fayziobod xonaqosi
2.Xo‘ja Zayniddin xonaqosi
3.Nodir devonbegi xonaqosi
4. Abdulazizxon xonaqosi

Fayzobod xonaqohi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1598—99). Abdullaxon II davrida Doʻstum Devonbegi tomonidan qurdirilgan. Fayzobod xonaqohi koʻp xonali, peshtoqgumbazli, tarhi 35*28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7x12,7 m), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) oʻrab turadi. Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar xamda ravokli yoʻlak joylashgan. Peshtoq va hujrapar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan. Xonaga yorugʻlik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Xonaqoh ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan oʻyib islimiy naqsh ishlangan. Bagʻallari muqarnas bn, hoshiyasi sodda naqshlar bilan ziynataangan. Fayzobod xonaqohi ochiqravokli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. Vayronaga aylangan Fayzobod xonaqohi 20-asrning 70—80 yillarida Buxoro maxsus ilmiy taʼmirlash ishlab chiqarish ustaxonasi (ustalar A. Haitov, R. Qurbonov va boshqalar) tomonidan qayta tiklangan. Bu obida chor uslubida qurilgan 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan qonun,YUNESKO tomonidan jahon yodgirloklari ro'yxatiga kiritilgan.yurtimiz tominidan beriladigan e'tibor shuFayzabod xonaqohi 1598-1599 yillarda mashhur sufiy Mavlono Poyanda-Muhammad Axsi Fayzobod tomonidan qurdirilgan. Qurilishdan ikki yildan so‘ng, 1601 yilda vafot etgan. Masjid har kunlik besh mahal, juma va jamoat namozlari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, masjid sufiylarning diniy marosimlarni o‘tkazish va darveshlarning vaqtinchalik turar joyi bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu bino o‘z zamonasining ajoyib ijodlaridan biri hisoblangan. Uning katta, baland, yorug‘ xonasi saroylardan qolishmaydi. Binoning barcha arxitekturasi nafislik va jozibadorlik bilan ishlangan. Masjidning kompozitsiyasi tantanali. Markaziy ayvonga ikkala tomondan arka-gumbazli galereya birlashgan. Mehrob ortida uch qavatda darvishlarning vaqtincha turishlari uchun xujralar joylashgan. Ichkari gumbaz ikki xil rangli "chaspak" texnikasi asosida ganj o‘ymakorligida bezatilgan.


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling