1. Fayziobod xonaqosi Xo‘ja Zayniddin xonaqosi
Download 1.92 Mb.
|
1 2
Bog'liq2furqat2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘ja Zayniddin masjidi
Nodir devonbegi xonaqohi (asl nomi: Nadr devonbegi xonaqohi) —Oʻzbekistonning Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xonligi hukmdori Imomqulixonning vaziri va togʻasi Nadr devonbegi (Nadr mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—1621). Labihovuz ansamblida hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. Ikki tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kiriladigan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlanganidan (1914—1916-yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayyid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) asl koʻrinishi oʻzgargan. Nodir devonbegi xonaqohi simmetrik tarhli (27,5X25 metr), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2Xll,2 metr) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darvishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohining hozirgi koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, koʻrkam inshootga aylantirilgan.
Xo‘ja Zayniddin masjidi - XVI asrga tegishli. Qadimiy Buxoroning durdonalaridan bo‘lgan Xo‘ja Zayniddin masjidi eski mahalla ichida joylashgan. Masjid Xo‘ja Zayniddin hazratlarining tashabbuslari bilan Imom al-Buxoriy hazratlari sharafiga Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo‘yiga, usta Mir Dustumbiy tomonidan qurilgan.Xo‘ja Zayniddin 1465-1480 yillari Buxoroda qozi kalon lavozimida ishlagan. Masjid Abdulaziz ibn Ubaydullaxon davrida ta’mirlangan. Keyingi ta’mirlash ishlari 1904 yilda Ahadxon ibn Muzaffarxon (1885-1910 y.) buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. XOʻJA ZAYNUDDIN MAJMUASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-a. 1-yarmi); ikki koʻcha kesishgan yerda bunyod etilgan xonaqohmasjid. 1465—80 y. larda Buxoro qozikaloni lavozimida boʻlgan Xoʻja Zaynuddin tashabbusi bilan Imom alBuxoriy sharafiga usta Mir Doʻstumbiy tomonidan qurilgan. Bino masjidga moʻljallab qurilgan, hujralari ham bor. Xonaqoh peshtoqgumbazli katta xona va 5 kichik hujralar hamda unga ikki tomondan tutash ayvondan iborat, hovuz hovlining katta qismini egallagan; xonaqohning jan. tomonidagi ravoqlardan biriga Xoʻja Zaynuddin qabri joylashtirilgan. Xonaqohning bosh tarzi peshtogʻida naqsh qoldikdari saqlangan. Katta xonadan 3 tomon (chuqur ravoq orqali koʻchaga va 2 tomonidan ayvon)ga chiqiladi. Xona gumbazi murakkab qalqonsimon bagʻallar yordamida asosiga tayangan, gumbaz ichi 32 ga boʻlinib, ular hallangan mayda gullar bilan bezatilgan, gumbazning quyi qismi muqarnaslar qatori bilan hoshiyalangan. Xona devorlaridagi taxmonlar hamda mehrobga yarim gumbaz shaklida muqarnaslar ishlangan. Devor izoralari sirkori parchinlardan murakkab handasiy shakllar, oʻsimliksimon nakshlar bilan bezatilgan; gumbaz, taxmonlar, mehrob va gʻarbiy devordagi yozuvlar qatori kundal usulida bajarilgan. Devorning yuqori — asosiy qismi islimiy naqshlar (oq, qora, koʻk rang) bilan qoplangan. Katta xonaning ayvonga tutash devorlari ravoqli namoyonlarga boʻlingan. Shim. sharqidagi bal. 7 m boʻlgan 8 ustunli ayvon atrofi toshlar bilan qoplangan hovuzli hovliga qaragan (hovuzga oʻymakori ajdar shaklidagi marmar novdan suv keltirilgan). Ayvon shifti toqili, yulduzsimon 7 hovuzaklarga boʻlinib, handasiy naqshlar bilan jozibador bezatilgan. X. 3. m. jamoat va diniy binolar meʼmorligini oʻziga xos mujassamlashtirgan inshoot sifatida qimmatlidir. Nodir devonbegi xonaqohi (asl nomi: Nadr devonbegi xonaqohi) — Oʻzbekistonning Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xonligi hukmdori Imomqulixonning vaziri va togʻasi Nadr devonbegi (Nadr mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—1621). Labihovuz ansamblida hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. Ikki tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kiriladigan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlanganidan (1914—1916-yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayyid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) asl koʻrinishi oʻzgargan. Nodir devonbegi xonaqohi simmetrik tarhli (27,5X25 metr), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2Xll,2 metr) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darvishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohining hozirgi koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, koʻrkam inshootga aylantirilganNodir devonbegi xonaqohi (asl nomi: Nadr devonbegi xonaqohi) — Oʻzbekistonning Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xonligi hukmdori Imomqulixonning vaziri va togʻasi Nadr devonbegi (Nadr mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—1621). Labihovuz ansamblida hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. Ikki tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kiriladigan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlanganidan (1914—1916-yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayyid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) asl koʻrinishi oʻzgargan. Nodir devonbegi xonaqohi simmetrik tarhli (27,5X25 metr), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2Xll,2 metr) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darvishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohining hozirgi koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, koʻrkam inshootga aylantirilgan. Jannatmakon yurtimizda qanchadan-qancha xonlar-xoqonlar, sultonlar va amirlar o‘tdilar, ular haqida kitoblar yozildi ammo biz siz azizlarga xavola qilmoqchi bo‘lgan kishi xon emas balki Buxoro xoni Abul G‘oziy Imomquli Bahodirxonning bosh vaziri Nodir Devonbegi Orlot haqida qo‘limizdan kelgunicha bayon qilishga ishaalloh harakat qilamiz! Nodir Devonbegi Orlotning to‘liq ismi Hazrat Nodir Mirzo Tog‘oyi Sadr Devonbegi ibn Hazrat Sulton Mirzo Tog‘oyi Abdulloh Orlot bo‘lib o‘zbekning Orlot urug‘idan bo‘lganlar. Bunga Abu Tohirxojaning Samariya asarida “Nodir Devonbegini Orlot aymog‘idan bo‘lganligini tarix zabt qilgan” deb yozadi, shuning uchun ham u kishining ismiga taxallus kabi Orlot so‘zi qo‘shilgan. Yuqorida aytganimizdek ko‘plab xonlar, sultonlar bu foniy dunyodan vafot qilib ketdilar. Bu dunyo hech kimga vafo qilmadi. Ammo ulardan solih amallar hamda qoldirgan ilmiy va madaniy meroslari qoldi xalos. Xonlar, sultonlar qatorida Nodir Devonbegi Orlotdan ham qolgan ilmiy hamda madaniy me'roslarini yoritishni ixtiyor qildik. Nodir Devonbegi Orlot faoliyatining avvalida Buxoro Xonligi bosh sarkardasi bo‘lgan. Bu haqda Saxiliyning “Imomqulixonnoma” asarida quyidagicha satrlar keltiriladi:Bu yerda tog‘oyi urug‘ nisbati bo‘lsa Abu Tohirxojani so‘zi va o‘zbekning to‘qson ikki urug‘i ichida tog‘oyi degan urug‘ yo‘qligini inobatga oligan xolda tushunamiz.Bir necha yillar sarkardalikdan so‘ng Nodir Devonbegi OrloBuxoro xoni Abul G‘oziy Imomquli Bahodirxon (1611-1642)ga bosh vazir bo‘lgan. Nodir Devonbegi Orlotning vaqf hujjatlari hamda madaniy me'roslari juda ko‘p bo‘lib, ulardan mashhurlarini birma-bir yoritib o‘tamiz.Buxorodagi Nodir Devonbegi tomonidan qazilgan “Labihovuz” hovuzi 1029-hijriy sana (milodiy 1620-yil)da qazilgan bo‘lib, xalq orasida “Hovuzi Bazo‘r” ya'ni Zo‘rlik bilan qazilgan hovuz deb ham ataladi. Hovuz 36 metrga 45,5 metr bo‘lib, atrofi sinchlar bilan mustahkamlangan. Chuqurligi 5 metr. Hovuzning sharqiy qismida Nodir Devonbegi madrasasi bor, shimoliy sharqiy qismida esa Ko‘kaldosh madrasasi joylashgan. g‘arbiy qismida Nodir Devonbegi xonaqohi joylashgan.Labihovuz hovuzining g‘arbiy qismida Nodir Devonbegi xonaqohi 1029-hijriy sana (1620-milodiy yil)da Nodir Devonbegi tomonidan qurilgan xonaqoh mavjuddir. Bu xonaqoh o‘ziga xos jozibador qurilgan bo‘lib, xonaqohning ikki tomonida ham hujralarga kiriladigan eshiklari bor. Xonaqohda 14 ta hujrasi bor. Undan tashqari ikkinchi qavatida darveshlar uchun yotoqxonalar ham qurilgan.Nodir Devonbegi Orlotga Buxoro xoni Abul G‘oziy Imomquli Bahodirxon tomonidan mulk qilib berilgan Sangloq daryosi suvi haqidagi hujjatda Nodir Devonbegini Orlot urug‘idan bo‘lganligiga ishora bordir. Hujjat Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Sangloq daryosi mulk qilib berilganligi to‘g‘risidadir. Unda Orlot qishlog‘ini ta'riflab shunday deb yozilgan: “Eski Orlot joylashgan hududning zikri Eski Orlot to‘rt tomondan muayyan joylar bilan chegaralanib g‘arb tomondan ... joyigacha yastalgan. Shimol tomondan Chohor tog‘ mulki (hozirgi Chorloq qishlog‘i) degan joygacha yastaladi. Sharq tomondan Foxin yerigacha yastaladi. Janub tomondan mashhur O‘g‘riqul degan joygacha yastalib, bu hududlarning alomati zohirdur” deb 1030-hijriy sana 25 mohi ramazon oyi (1621-milodiy yil avgust oyi) Abul G‘oziy Din Muhammad Bahodirxon va Abul G‘oziy Imomquli Bahodirxon deb yozilib sharqdan oqib keluvchi suv Nodir Mirzo Tog‘oy Devonbegi ibn Sulton Mirzo nur marqodahuga uning otasi va bobosining mulki bo‘lganligi uchun xatlab berildi deb 24 kishining nomi yozilgan. (Ushbu vaqf hujjati bugungi kunda Ishtixon tumani “Eshon Temirxon to‘ra” jome masjidi imom-noibi Nodirxon Absamatov qo‘lida saqlanmoqda).Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi madrasasi 1032-hijriy sana (1622-milodiy yid)da Nodir Devonbegi tomonidan qurilgan bo‘lib, dast avval karvonsaroy vazifasini o‘tash maqsadida qurilib, keyinchalik xonning qarori bilan madrasaga (ya'ni qorilar tayyorlash madrasasiga) aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ravishda masjid, darsxona va katta ayvoni ham qurilgan. Madrasa darvozasi qibla tomonga qarab qurilgan. Madrasa ikki qavat bo‘lib, yetmish bitta hujradan iboratdir. Uning madrasa g‘arbida Labihovuz hovuzi joylashgan.Samarqanddagi Mahdumi A'zam Kosoniy hazratlarining mozorini ixota qilgan imorat va darvozasiga solingan ravoq binosi, Dahbetning hiyoboni va tutzor ham Nodir Devonbegi Orlot tomonidan qurilan va obod yetilgandir. U kishining bu joylardan imorat qurib obod qilishiga sabab esa Mahdumi A'zam Kosoniy hazratlariga bo‘lgan cheksiz xurmat va ehtiromidir.Hazrati Xoja Abdu Berun mozori bo‘lib, uning mozori ustiga Nodir Devonbegi Orlot tomonidan keng bir xonaqoh va bir necha hujralar soldirgandir. Derlarki Hazrati Xoja Abdu Berun Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning avlodidandi Samarqand shahridagi Nodir Devonbegi madrasasi 1040-hijriy sana (1630-31-milodiy yilda) Nodir Devonbegi Orlot tomonidan bino qilingan bo‘lib, uni Nodir Devonbegi madrasasi, peshtog‘ida sher va kiyik surati tasvirlangani uchun tashqi sherdor, Xoja Axror Valiy hazratlarining masjidi va qabri oldida qurilgani uchun Xoja Axror Valiy madrasasi ham deyiladi. Madrasani Xoja Axror Valiy hazratlarining xonaqohi oldida qurilishining sababi Nodir Mirzo Devonbegi Orlotning u kishiga bo‘lgan hurmatidir. Madrasa bir qavatli bo‘lib, katta masjid, to‘rtta darsxona ikki zal va 28 ta hujradan iborat bo‘lib, tashqi ko‘riningdan Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodirbiy tomonidan qurilgan Sherdor madrasasiga juda ham o‘xshashdir, shuning uchun ham uni Tashqi Sherdor ham deydilar. Siz azizlarga imkonimiz yetgunicha Hazrat Nodir Mirzo Tog‘oy devonbegi ibn hazrat Sulton Mirzo Tog‘oy Orlot to‘g‘risida qo‘limizdan kelgunicha ma'lumot berishga harakat qildik. Bu kishining qilgan hamma ishlari qurdirgan masjid va madrasalari, obodonlashtirish ishlari, u kishini komil mo‘min-musulmon ekanligini va vatanga va yurtga mehr-muhabbatini ko‘rsatib turibdi. Biz ilmiy izlanish jaroyonida u kishini hali ko‘rmagan va o‘rganilmagan bir qancha vaqf hujjatlari bor ekanligini ko‘rdik. Va kelajakda bu kishi haqida batafsil ma'lumot berishga harakat qilamiBuxoroda olib borilgan arxeologik qazish ishlaridan olingan ashyoviy dalillarga koʻra, qadimda hozirgi eski shahar atrofidan kengligi 100—120 metr boʻlgan daryo oqib oʻtgan. Bu daryo oʻzani oʻrnida oʻrta asrlarda bir nechta meʼmoriy yodgorliklar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham boʻy choʻzgan[1][2]. Saroy meʼmori Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan.Madrasa asosan juz’iy taʼmirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov taʼmirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shimoli-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan.Abdulazizxon madrasasining qurilishi bilan bogʻliq bizgacha yetib kelgan bir rivoyatga koʻra, hukmdor Abdulazizxon 6-marta Makka-yu Madinaga hajga joʻnabdi. Safar chogʻida bir kechasi uning tushiga nuroniy bir chol kiribdi. Bu nuroniy chol Abdulazizxonga qarab: „Sen safardan qaytganingdan keyin oʻz vataningda shunday bir meʼmoriy obida qurginki, bu obida yurtingdagi boshqa obidalarga sira ham oʻxshamasin. Qurdiradigan meʼmoriy obidangda boqiy va foniy dunyo oʻz ifodasini topsin. Asrlar osha xalq undan bahramand boʻlib, seni yodga olsin“, — debdi.Abdulazizxon safardan qaytganidan keyin Buxorodagi barcha koʻzga koʻringan ustalarni chaqirib, meʼmoriy obida qurishni va bu obidaning devorlaridagi bezaklar bir-biridan farq qilishi kerakligini, shu bilan birgalikda, devorlardan birida oʻzining siymosi ham aks ettirilishini aytibdi va „Aytgan shartlarim oʻz vaqtida bajarilmasa, boshlaringizni tanangizdan judo qilaman“, — debdi.Biroq, oʻsha davrda odam rasmini chizish taʼqiqlaniga qaramay, usta-meʼmorlar bor hunarlarini ishga solib, Abdulazizxon aytgan madrasani qurishga kirishibdilar. Bu meʼmoriy obida asta-sekinlik bilanyerdan qad koʻtara boshlabdi. Oradan bir necha vaqt oʻtgandan soʻng meʼmoriy obidaning maʼlum bir qismi qurib bitkazilibdi.Abdulazizxon oʻzi qurdirayotgan obidaning bir qismi qad rostlaganini eshitib, bu joyga tashrif buyuribdi. Ustalar madrasani Abdulazizxon aytganidan ham ziyoda qilib qurishgan ekan. Abdulazizxon madrasasiga kirib, ustalarning ishini koʻzdan kechirib, oʻng tomondagi xonaqoh tarafga qarab yuribdi. U xonaqohning janubiy devoriga ilon va chayonlar surati ishlangan boʻlib, bu foniy dunyoning mashaqqatlari haqida maʼlumot berarkan. Shimoliy qismida tasvirlangan chizgilar esa bu foniy dunyoning azob-uqubatlariga bardosh beradigan odamlarga boqiy dunyo jannat eshiklari ochiqligidan dalolat berarkan. Xonaqohning gʻarbiy devoriga ishlangan 2 ta ayiq surati mansab va boylik yaratgan tomonidan odamlarni sinab koʻrish uchun berilishini anglatsa, devorning sharqiy qismida boylik va mansabga berilib, xudoni unutmaslik haqida oyatlar bitilgan eka.Abdulazizxon ustalarning mahoratini koʻrib, bir tomondan quvonibdi, ikkinchi tomondan esa oʻzining surati ishlanmaganligidan jahli chiqibdi va meʼmorga qarab: „Nega mening suratimni chizmading, endi boshingni tanangdan judo qilaman!“, — debdi. Shunda meʼmor Abdulazizxonni xonaqoh eshigidan tashqariga olib chiqibdi va devorning gʻarbiy qismida chizilgan mehrob ichidagi bir dasta gul tasviriga sinchikovlik bilan qarashni soʻrabdi[25]. Abdulazizxon qarasaki, bir dasta gulda uning siymosi gavdalanib turgan emish. Abdulazizxon yana bir marotaba ustaning mahoratiga qoyil qolibdi.Shundan soʻng Abdulazizxon toj-u taxtdan butunlay voz kechib, toat-ibodatga berilibdi. U hukmronlikdan voz kechganidan keyin madrasaning qolgan qismi bitkazilmay qolib ketibdi. Lekin shunday boʻlsa ham bu madrasa Buxoroning koʻrkiga-koʻrk qoʻshib, hozir ham qad rostlab turgan ekan. Bu madrasani tomosha qilishga kelgan har bir kishi bu dunyodagi boqiy hayotning mohiyatini turfa chizgilarda ifodalangan usta meʼmorlarning betakror mahoratiga tan berar ekan Adabiyotlar Karimov I.A.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T., “Sharq”, 1998, 3-12-13 bet. Аҳмад ибн Авазуллоҳ ал-Ҳазбий. Ал-Мотуридия: диросатан ва тақвиман. – Ар-Риёд: “Дор ас-самиий”, 2000. – Б. 86 (Бундан кейин: Ҳазбий. Мотуридия). R.H.Murtazayeva. “O’zbekiston tarixi”. T., “O’AJBNT”, 2003, 380-bet. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. “Vatan tarixi”. 1-qism. T., “Sharq”, 2010, 299-320-bet. Аhmadali Asqarov. “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”.T., “Universitet”, 2007, 149-185-bet Баҳодир Эшов. “Ўзбекистон давлатчилиги тарихи”. Т., “Маърифат”, 2009, 110-бет. Карим Шониёзов. “Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни”. Т., “Шарқ”, 2001, 198-бет Негматов Н. Государство Саманидов, Душанбе.: Дониш, 1997, -167б. Р.Шамсутдинов, Ш.Каримов. “Ватан тарихи”. 1-қисм. Т., “Шарқ”, 2010, 322-бет. Абу Мансур ас-Саолибий. Йатимат ад-дахр. -Т.: 1976, -18бб. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling