1. Glikozidlar tasnifi. Glikozidlar kimyosi Yurak glikozidlari tasnifi


Download 81.5 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1643388
  1   2   3   4
Bog'liq
Glikozidlar va Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O‘simlik manbalari


Glikozidlar va Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O‘simlik manbalari
Reja:


1. Glikozidlar tasnifi.
2. Glikozidlar kimyosi
3. Yurak glikozidlari tasnifi.
1. Glikozidlar tasnifi.
Turli faktorlar ta’sirida qand va qand bo‘lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. +and bo‘lmagan qism aglikon (Yunoncha so‘z bo‘lib, qand emas degan ma’noni bildiradi), ba’zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi.
Xar xil glikozidlarning aglikonlari kimyoviy tuzilishi bo‘yicha turlicha bo‘lib, organik birikmalarning turli sinflariga kiradi. Shuning uchun ularning kimyoviy tarkibi xamda analiz qilish usullari xam turlicha.
Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono-(ko‘pincha glYuko zadan), di-, tri-va qisman undan murakkab bo‘lgan oligasaxaridlardan xamda ayrim glikozidlarning o‘ziga xos spetsifik qandlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini - yoki -konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroksil guruxining bo‘shliqda joylashganiga) xamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a’zoli xalqa xosil qilgan tautomeriya shaklida bo‘lishiga qarab, glikozidlar -yoki -, shuningdek piranozid yoki furanozid xolatida bo‘lishi mumkin. Tabiatda ko‘pincha o‘simliklar tarkibida glikozidlarning - piranozid shakli uchraydi.
Aglikon qand molekulasi bilan efir tipida birlashib glikozidlar xosil qiladi. SHuning uchun glikozidlar oson parchalanadi. Ular fermentlar (enzimlar) yoki kislotalar ta’sirida, suv va xarorat ta’sirida gidrozlanib, o‘zining tarkibiy qismi aglikon va qand molekulalariga parchalanadi. Bu reaksiya orqaga qaytishi xam mumkin. SHuning uchun gidroliz natijasida xosil bo‘lgan maxsulotlar (aglikon va qand molekulalari) dan ma’lum sharoitida fermentlar ishtirokida qaytadan glikozid sintezlanadi. Lekin fermentlar qat’iy spetsifik ta’sir qilgani uchun xar bir glikozidning parchalanish yoki sintezlanishida ularni o‘ziga tegishli maxsus fermentlar ishtirok etadi.
Glikozid molekulasida aglikonga qand qismi oddiy va murakkab efirlar tipida kislorod atomi – 0 orqali (0-glikozidlarda) yoki tioefirlar tipida oltingugurt atomi – S orkali (S-tioglikozidlarda) birlashgan bo‘ladi. Sianogen (nitro, N-glikozidlar) glikozidlarning aglikoni tarkibida sianid kislotasi bo‘ladi. Bulardan tashkari, ba’zi glikozidlarda qand molekulasi aglikon qismining yadrosini uglerod– S atomiga tu\ridan-tu\ri o‘zining uglerod – S atomi orqali birlashishi mumkin. Bunday glikozidlarni S-glikozidlar nomi bilan Yuritiladi. Boshqa, ayniqsa O va S-glikozidlarga nisbatan S-glikozidlar ancha tur\un va faqat qattiq sharoitda, kislotalarning kuchliroq eritmalarida uzoq qizdirish natijasida ularni aglikon va qand qismlariga parchalash mumkin.
Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo‘lishi mumkin. Ular odatda aglikonni bitta gidroksil guruxiga uzun zanjir tipida ketma-ket birlashadi. SHuning uchun bunday glikozidlarning gidrolizi–parchalanishi po\onali boradi va monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajraladi. Masalan, triozidning gidrolizlanish reaksiyasini kuyidagi sxema buyicha tasvirlash mumkin:
I davr. Triozid – I molekula monosaxarid + biozid.
II davr. Biozid – I molekula monosaxarid + monozid.
III davr. Monozid – I molekula monosaxarid + aglikon.
Ba’zan glikozidlardagi monosaxaridlarning ayrim molekulalari aglikonni 2 ta yoki 3 ta gidroksiliga birlashib – di-, tri- yoki undan xam murakkab glikozid xosil qilishi mumkin.
Ko‘pchilik xollarda glikozidlarning gidrolizi – parchalanishi fermentlar va xarorat ta’sirida xamda suv ishtirokida boradi (agarda kislota ta’sirida parchalanmasa). Fermentlar oqsil moddalar bo‘lib, Yuqori xaroratda (60-70 S dan va undan Yuqorida) ular o‘ladi (pishadi). Past xaroratda ( 25 S dan va undan past xaroratda) esa fermentlar ta’sir qilmaydi, ya’ni ularning faolligi tuxtaydi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling