Dunyodagi eng qisqa 15 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.
1-hikoya 🔜 Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.
2-hikoya 🔜 Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…
3-hikoya 🔜 Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.
4-hikoya 🔜 Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.
5-hikoya 🔜 Taqdir
Vaqtlararo sayohatchining dayoli: «Parol» nima edi-ya?
6-hikoya 🔜 E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .
7-hikoya 🔜 Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
8-hikoya 🔜 Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”
9-hikoya 🔜 Yolg’izlik
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…
10-hikoya 🔜 Yotoqxona
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…
11-hikoya 🔜 Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.
12-hikoya 🔜 Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…
13-hikoya 🔜 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.
14-hikoya 🔜 Mas’uliyat
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.
15-hikoya 🔜 Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.
Kutubxona ™️ kanaliga a'zo bo'lish
Do'stlaringiz bilan baham: |