1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya


Download 109.3 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi109.3 Kb.
#1030293
  1   2   3   4   5
Bog'liq
507 09.08.2021




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;

2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;

2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son, “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek xotin-qizlarning ta’lim olishlariga ko‘maklashish, ularni turmushga tayyorlash, farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish, turli tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya qilish, kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila mustahkamligini hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning muammolarini hal qilishda murojaat qilishlari uchun qulayliklar yaratilishini elektron tizimlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida xotin-qizlar huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligini oshirishga, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan, xotin-qizlarga bog‘liq statistik ma’lumotlar jamlanadigan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy platforma) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Milliy platformaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda, tezkor tahliliy ma’lumotlardan samarali foydalanish va bu orqali davlat organlarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid faoliyatining samaradorligini oshirish;
vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bog‘liq ma’lumotlar tezkor yig‘ilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishini ta’minlash;
xotin-qizlarning ta’lim olishlariga ko‘maklashish;
xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish;
xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish;
xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam berish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga ko‘maklashish;
xotin-qizlar o‘z huquqlarining ta’minlanishi bo‘yicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratish;
oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ajralishlarning oldini olish;
xotin-qizlar bo‘yicha yuritilayotgan statistik hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash yagona tizimini yaratish;
Respublika va hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faoliyatini keng ommaga yetkazish.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Milliy platformani takomillashtirish bo‘yicha buyurtmachi va uning yuritilishi, uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun mas’ul hisoblanadi;
davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformadagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvi doirasidagi ma’lumotlar ro‘yxatiga muvofiq so‘raladigan ma’lumotlar va axborotlarni kiritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy platformani texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari, tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari (grantlar, texnik ko‘maklar va boshqalar), qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Milliy platformadagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Milliy platforma hamda mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi o‘zaro elektron hamkorlik Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
4. Milliy platformaning uzluksiz va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida quyidagilar:
a) Milliy platformaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga mas’ul vazirlik va idoralar bir oy muddatda:
Milliy platformaning vazifalari to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligini tartibga solishni nazarda tutgan holda, texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Milliy platforma bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni biriktirsin;
Milliy platformani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga taqdim etsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Milliy platformani Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasi (ish.mehnat.uz) veb-sayti bilan integratsiya qilish;
xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatadigan onlayn to‘garaklarni tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalari va videomateriallarni, “Ishga marhamat” monomarkazlari va o‘quv markazlari manzillari, ulardagi o‘quv kurslar va ularning muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi:
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Milliy platforma orqali huquqiy, tibbiy, psixologik maslahat olish hamda zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalanish maqsadida yordam so‘rab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zudlik bilan maslahatlar berib borish;
homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga chiqish, ijtimoiy nafaqalar olish, pensiyaga chiqish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartiblarni yoritib borish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Milliy platforma orqali “Ayollar daftari”ga kiritish va chiqarish masalalari bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilib, zudlik bilan zarur maslahatlarni berib borish hamda muammolarni hal etish choralarini ko‘rsin;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
d) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi, farzand tarbiyasiga oid qo‘llanmalarni, videolavhalarni, shuningdek, madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda badiiy adabiyotlarni Milliy platformaga yuklash va har oyda yangilab borish choralarini ko‘rsin.
e) O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida xotin-qizlarning keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sport turmush-tarzini yuritishga jalb etishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga oid videomateriallar va qo‘llanmalarni Milliy platformaga doimiy yuklab borish choralarini ko‘rsin;
j) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xotin-qizlarning Milliy platformadan bepul foydalanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
bir oy muddatda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan Milliy platformani takomillashtirish, keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy platformani to‘liq ishga tushirish ishlarini yakunlasin;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
507-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 507-son qaroriga
ILOVA
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) axborot tizimlari va axborot resurslari bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 109.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling