O‘zbekiston respublikasi madaniyat va turizm vazirligi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti


Download 228.65 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi228.65 Kb.
#1129541
Bog'liq
badiiy havaskor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
XALQ IJODIYOTI” FAKULTETI
MADANIYAT VA SAN’AT MENEJMENTI” KAFEDRASI


MAVZU: PROFESSIONAL VA BADIIY HAVASKORLIK JAMOALARI FAOLIYATI

Ta’lim yo‘nalishi: 5151700– Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish fanidan



MUSTAQIL ISH

Bajardi: “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish” sirtqi ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabasi S.Xolxodjayev_______
(imzo)
Tekshirdi: “Madaniyat va san’at menejemnti: kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Ergashova _______
(imzo)
TOSHKENT – 2023
BADIIY HAVASKORLIK – asosiy ishdan ajralmagan holda jamoa (to’garak, studiya, xalq teatrlari) yoki yakka holda (xonanda, badiiy so’z ustasi, sozanda, raqqosa, akrobat va boshqalar) ijod qilish; xalq ijodi shakllaridan. Turkistonda faqat yirik shaharlar (Toshkent, Samarqandda, keyinchalik Andijon, Namangan, Kattaqo’rg’on, yangi Marg’ilon) da musiqa va drama Badiiy havaskorlik to’garaklari harbiy va fuqaro yig’inlari bilan bir vaqtda tashkil etildi. O’zbek xalqi umumiy madaniyatining yuksalishi, oliy va o’rta maktablarning ko’payishi, ommaning savodxon bo’lishi, shahar va qishloqlarda klublarning tashkil qilinishi va boshqa omillar tufayli rivojlandi. 20-yillar o’rtasida ishchi-yoshlar teatrlari, 30-yillarda drama va musiqa, keyinchalik estrada va tsirk jamoalari, turli ansambllar (xalq raqsi, qo’shiq va boshqalar), orkestrlar paydo bo’ldi. 1959 yildan ularning eng yaxshilariga “Xalq ashula va raqs ansambli”, “Xalq teatri” kabi unvonlar berila boshladi. 1968 yildan O’zbekistonning eng yaxshi Badiiy havaskorlik jamoalari xorijiy mamlakatlarga gastrolga chiqa boshladi. 70-yillarning 2-yarmi, 80-yillarda ashula va raqs, folklor-etnografik ansambllar Badiiy havaskorlik san’atida peshqadamlik qildi. Natijada xalq og’zaki ijodiyotining ko’pgina janrlari, asarlari tiklanib, sahnalar va maydonlarda ijro etildi. “Shalola” (keyinchalik “Boysun”), “Sumalak”, “Nozanin”, “Beshqarsak”, “Doston” kabi o’nlab xalq ansambllari o’z san’atlarini xorijiy mamlakatlarda ham namoyish etishgan. Shu davrda “Paxtaoy” va “Bulbulcha” kabi bolalar ansambllari ham Shuhrat qozongan. Bir qator dorbozlar guruhlari ham tashkil topgan. O’zbekistonning mustaqilligi tufayli Badiiy havaskorlikda ham yangi davr boshlandi. Tarixga, ma’naviy merosga, xalq ijodiyotiga e’tiborning kuchayishi o’z navbatida Badiiy havaskorlik rivojiga ham turtki berdi. Ayniqsa, milliy bayram, Navro’zning tiklanishi va mamlakat miqyosida o’tkazilishi natijasida Navro’z bilan bog’liq o’yinlar, tomoshalar, marosimlar tiklandi. Bunda malakali san’atkorlar bilan bir qatorda Badiiy havaskorlik jamoalari, xalq ijodkorlarining xizmatlari kata bo’ldi. Bu davrda estrada havaskorligi taraqqiy topdi. Xalq o’yinlarini tiklash va yanada rivojlantirishga qaratilgan bayramlarni o’tkazish an’anaviy tus oldi. Folklor va etnografiya, raqs san’ati, dorbozlik, qo’g’irchoq teatri, askiya, qiziqchilik va masxarabozlik yo’nalishlaridagi jamoalarning faoliyati izchil va samarali bo’ldi. Bolalarning “Tomosha” nomli o’ziga xos musiqali teatri maydonga keldi. Ayniqsa, 80-yillarda inqirozga uchray boshlagan Badiiy havaskorlik teatri qaddini rostlashga kirishdi. 1999 yildan o’tkazila boshlagan “Nihol” teatr san’ati havaskorligi respublika ko’riktanlovi natijalari shundan dalolatdir. Har yili keng nishonlanadigan Mustaqillik, Navro’z bayramlarining katta tomoshalari dasturida Badiiy havaskorlik vakillarining ishtiroki mazkur san’at yo’nalishini yanada rivojlanishida katta turtki bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasida bir qancha musiqa jamoalari, ashula va raqs ansambllari, drama va havaskorlik to’garaklari mavjud. Bu jamoalarga (eng yirik klublarda), asosan, professional aktyor, rejissyor, musiqachi, baletmeyster va boshqalar rahbarlik qiladi. Ularning repertuarlari o’zbek va jahon xalqlari dramaturglarining asarlari, qo’shiq va raqslaridan iborat. Musiqa, xor, raqs Badiiy havaskorlikida erishilgan katta yutuqlar turli ko’rik va tanlovlar, festivallarda namoyish etib boriladi. O’zbekistonda turli millat vakillarining Badiiy havaskorlik guruhdari (masalan, koreys, qozoq, rus va boshqalar) mavjud. O’zbekistondagi professional san’at jamoalari (teatrlar, ashula, raqs ansambllari va boshqalar) o’z safini ko’p hollarda havaskorlar hisobiga to’ldirib boradi. O’zbekistonda tasviriy va amaliy san’at sohasida ham havaskorlik tez rivojlanmoqda. Havaskor rassom, haykaltarosh, naqqosh, o’ymakor, zarbchi, rixtagar, kulol, kashtado’z, zardo’zlarning faoliyatlari san’at rivojiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda. Kino va fotohavaskorlik jamoalari o’z ijodlarida O’zbekiston tabiatini, undagi mehnat jarayonini, fan va madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlarni aks ettirishga intilmoqdalar. Bolalar orasida Badiiy havaskorlik san’atning har xil turlari bo’yicha bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlardir. Buning natijasida bolalarda badiiy-ijodiy ehtiyoj va qiziqishlar uyg’otiladi, qobiliyatlari o’stiriladi, ularga estetik tarbiya va badiiy ta’lim beriladi. Bolalar Badiiy havaskorlikgi xalq talantlarini aniqlash va kamolga yetkazishning ilk bosqichi bo’lib, o’quvchilarni kelgusida san’at sohasida professional ma’lumot olishga tayyorlaydi.
Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati;
anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi
(folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari.
Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodining turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga
moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik
amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad.
namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura
yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.

Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti,


mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari,
inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va
adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan
rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat).
Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan.
Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar,
mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati

yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va


oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror
topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday
badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird
munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana
borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar,
yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari
unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.

Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz


navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib
kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish,
yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi
yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning
ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki
badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi.
Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik
ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan
mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniy eʼtiqodiy va mifologik
qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi
tasavvurlarini aks ettirgan. Biroq qad. folklorning bunday namunalari bizgacha
yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va
turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari,
udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda,
keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib
qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan
tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi,
shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat
sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib,
insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot
oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy
shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil
ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan
birgalikda yonmayon yashab keldi.
Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar
davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam
bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi
ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi.
Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi,
badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va
yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok
etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning
anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining
nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu
bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan
matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor
syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi.
Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi,
nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki
tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit,
eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday
oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta
anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi
badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va
ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab
qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni
yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq
bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi.
Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa,
yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining
(mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan.
Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda
oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va
ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar,
askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan
ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.
Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya,
ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari
boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy
funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, turey turey,
chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor,
oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, badik, suyet xotin singarilar har xil
marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan
emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi)
jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar.
Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash,
ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi.
Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi.
Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini
qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuqtai nazardan qaraganda, eng kdd. Davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan.
Patriarxal urugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning
shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi.
Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan.
Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili
boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat
turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa
turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar
sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar
boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (qoʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari),
tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi.
Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq
musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklore namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro-Samarkand musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musika uslubi va
boshqalar).
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy
ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha
va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish
sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa
turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining
mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa
va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek,
ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi.
Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi,
ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang Xalq kuylarini qayta ishlash).
Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro
chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining
qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari
mavjud. Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilma-xil.

Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy


tarixiy madaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman,
qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi
namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy
etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik)
shugʻullanadi.
Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov
oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda
bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan.
Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan.
Keyinchalik jamiyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha
sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqlari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va
qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan.
Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli
adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun
(umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar
oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki dramatik (qahramonlik yoki romantik) va
komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir.

Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va


pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
Xalq raqsining qad. Namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha „Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak
harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“, xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“),
„Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shim. Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda
Markaziy va Jan. Afrikada ommalashgan „Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq
xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini
topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha
zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat
turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar,
karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va boshqa Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga
qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sahna raqsi, Sharqda (jumladan,
Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi
ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonda qad. Ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (qarang Yalla, Xalfa, Mavrigi). 1920-yillardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini
koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati
yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi.
Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk
tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va
toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl),
Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon),
Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim
Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan
ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida
Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin
Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona),
Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev
(Samarkand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo) , Anvar Moʻydinov
(Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq sirki jamoalarining ijrochilik mahorati
sezilarli darajada oshib, repertuari anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib
kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha koʻriktanlovlarda qatnashib keladi.

Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar.


Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish,
xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil
etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik
markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda
folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari
ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun
bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi.
Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga
yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iqlim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning
estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini
rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi.
Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi).
Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan.
Download 228.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling