Nimaga Amerika dunyoda eng qudratli ?


Download 15.97 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi15.97 Kb.
#145082
Bog'liq
Nimaga Amerika dunyoda eng qudratli

Nimaga Amerika dunyoda eng qudratli ?

Chunki hamma, birinchi navbatda amerikaliklar, bunga ishonadi. Ular o‘zlari ishongan narsaga butun dunyoni ishontirishga ustasi farang. Amerika kinolari, qo‘shiqlari, mahsulotlari va hokazolarda Amerika kuchli, Amerika qudratli, Amerika eng zo‘r, degan g‘oya takrorlanaveradi. Hadeb bir so‘zni eshitavergan odam, u xoh rost, xoh yolg‘on bo‘lsin, unga ishonadi.


Men aslida Amerika haqida yozmoqchi emasman. Meni nega o‘zbekistonliklar O‘zbekistonni dunyodagi eng kuchli davlat deb tan olmaydi, degan savol ko‘proq o‘ylantiradi. Biz «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», «Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham», degan balandparvoz shiorlarni uzoq yillar eshitib keldik. Tilda aytsak ham, negadir qalbimiz tasdiqlamas edi. Axir ahvolimiz o‘zimizga ayon – olayotgan oyligimiz oy oxirigacha yetib bormaydi, boshimiz qarzdan chiqmaydi, oddiy davlat ishida halol mehnat qilib biror narsali bo‘lishga ko‘zimiz yetmasdi. Bunday sharoitda hech kim bizning boshqa davlatlar fuqarolaridan kam emasligimizga ishontira olmasdi. Hozir ham juda ko‘p balandparvoz so‘zlar, olamshumul va’dalarni eshityapmiz, ammo toki ahvolimiz o‘nglanmas ekan, siniq tabassum bilan qabul qilaveramiz bunday gap-so‘zlarni.


Dunyodagi eng qudratli davlat – bu o‘z Vatanimiz, O’zbekistonimiz. Bepoyon yerlar, tabiiy boyliklar, dalayu yaylovlar, daryoyu ko‘llar, xullas, o‘sha Amerikada bor hamma narsa bizda ham bor, bo‘lmaganlari vaqti soati kelib albatta bo‘ladi. Menimcha, hamma narsa munosabatga bog‘liq. Davlatning xalqqa, xalqning davlatga munosabatiga. Koreyaliklarda bir shi’or bor: davlatning yaxshi bo‘lishi – xalqqa yaxshi, xalqning yaxshi bo‘lishi davlatga yaxshi. Ya’ni, davlat qancha kuchaysa – xalqqa yaxshi: turish-turmushi, oylik-maoshi yaxshilanadi, infratuzilmalar yaxshilanadi, yo‘llar ravon, energiya ta’minoti barqaror bo‘ladi, odamlar munosib va adolatli mehnat sharoitlarida faoliyat ko‘rsatadi, oyligi bir oy yashashi, yeb-ichishidan ortib, orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarishi uchun ham yetadi. O‘z navbatida, xalq qancha vijdonli, mehnatkash, halol va fidoyi bo‘lsa davlat shuncha kuchayadi, qudratli bo‘ladi, rivojlanadi.

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsam Amerika ham o‘z-o‘zidan «dunyodagi eng qudratli mamlakat»ga aylanib qolmagan. Fidoyi insonlar harakati, jonbozligi evaziga oyoqqa turgan (albatta, boshqa sabablari ham bor ). Ana shu oyoqqa turish va oyoqda turib qolish jarayonida qator qadriyatlar o‘zgarmas qonunlarga aylandi. Bular ichida eng asosiylari – erkinlik va ishonch. Bizga shu ikki narsa yetishmayapti. Davlat xalqqa, xalq davlatga, amaldor xodimga, odamlar bir-biriga ishonmayapti, buni asosiy sababi esa korrupsiya bo’lyabdi . To‘g‘ri, juda ko‘p ishlar amalga oshirilyapti ammo korrupsiya - poraxo’rlik kabi chirkin illatlar hali hanuz to’la yo’qotilgan yo’q. Avval ushbu illatlarni yo’qotib , qat’iy choralar ko’rib, davlatning xalqqa munosabati amalda ijobiy tomonga o‘zgar, keyin xalq ham o‘z fikrini o‘zgartiradi. Ishonch va erkinlik uzoq kelajak rejalarini tuzish va ularni amalga oshirish uchun dadillik bilan qadam tashlashga zamin yaratadi.



Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling