GAP VA SO’Z Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi. Gapning oxiriga nuqta(.), so’roq(?), yoki (!) Undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Biz anhorda cho’mildik Sen suzishni bilasanmi? Cho’milish qanday mazza! 2-mashq - O’qing nechta gap o’qidingiz?
Biz Vatanimiz- jonajon O’zbekistonni sevamiz. Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz. Ona Vatanimiz go’zal va bepoyon. Og’zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi? Yozma nutqdachi? Ikkita gapni ko’chiring va ularni tekshiring. O’quvchi yodingda tut! - Kishilarning ismi va familiyasi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar,daryolar nomi,shahar va qishloqlarga qo’yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.
TOVUSHLAR VA HARFLAR - TOVUSHLAR YOZUVDA HARFLAR BILAN IFODALANADI.
6-mashq - IFODALI O”QISHGA TAYYORLANING.
Turna ko’zli buloqcha Qaynab yotar biqirlab. Kulgan bo’lar qiqirlab. 13- mashq - Bil-dil-til, tovus-tovuq, etak-etik, ko’z-kuz.
Ko’chiring. So’zlarning ma’nosini o’zgartirayotgan harflar tagiga chizing. - Unli tovushlarni aytganimizda havo og’izda
to’siqqa uchramay, erkin o’tadi. Faqat ovoz eshitiladi. O’zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a e i o u o’ Unli tovushlarni ifodalaydigan harflar ham 6 ta. a e i o u o’ Bir unli tovush bo’g’in hosil qiladi. Bo’g’in hosil qiling! - Bul- -- - xum
Bulbul chamanni sevar, Odam vatanni sevar. Tovuqlar bu yil ko’p tuxum berdi. Bog’da uzumlar pishdi. Chumchuq tongda chirqilladi. Undosh tovushlar va harflar - Undosh tovushni aytgamimizda havo og’izda to’siqqa uchraydi. Shuning uchun
ch, k kabi undosh tovushlarni aytganimizda shovqin eshitiladi; b, j kabi tovushlarni aytganimizda shovqin va ovoz eshitiladi. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. UNDOSH HARFLAR - b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g’, sh, ch, ng.
TUTUQ BELGISI - Tutuq belgisi bo’lgan so’zlar bo’g’inlarga qudagicha bo’linadi:mash’al, va’da, sa’va.
- Tutuq belgisi unlidan keyin kelsa, cho’zib o’qiladi, undoshdan keyin kelsa, ajratib o’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |