1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi


Download 57.77 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi57.77 Kb.
#1347229
  1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza mavzu media (1)


7-MAVZU: IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.
Reja:
1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati.
2.Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi.
3. Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarni o`ziga jalb etishi.
Globallashuv haqiqatda insonning nafaqat moddiy hayot tarziga, shu bilan birga ma’naviyati, ruxiy olamiga ham sezilarli ta’sir o’kazmokda. Har kuni virtual makonda bir necha milliondan ziyod axborot resurslarining paydo bulishi, uning har daqiqa sayin o’sib borayotganidan dalolat beradi. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning insoniyat madaniyatiga tug’dirayotgan havf-xatarlari to’g’risida so’z yuritishga to’g’ri keladi. Bu noxush g’ayriinsoniy holatlar muayyai kuchlarning global tarmoqdaga axborotlarni sifatli va tez uzatish hamda tarqatish bo’yicha imkoniyatlardai foydalanish orqali jamoatchilik fikrini to’g’ri yo’ldan burish, o’zlari targ’ib etayotgan nopok g’oya va manfaatlar tomon yo’naltirish uchun ularga axborot yetkazish borasida olib borayotgan harakatlari bilan bog’liqdir. So’zsiz, bunday ta’sirga internet auditoriyasining eng faol, eng ko’p qismi tafakkuri yetilib, dunyoqarashi puxta shakllanib ulgurmagan yoshlardir. Taasufki, ana shunday jiddiy muammoni mukammal va tizimli o’rganishga yetarli e’tibor berilmayapti. Birinchi Prezidentimiz "YUksak ma’iaviyat - yengilmas kuch" asarida yozadilarki, "Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyo yetkazishi mumkin"1. Bundan shu narsa anglashiladiki, hozirda har qanday axborot chegara bilmaslik hususiyataga ega, shunday ekan endigina ongi, dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodni ma’naviy olami daxlsizligini asrash muammo bo’lib ko’pchilikni o’ylantirayotir.
Agar yaqin o’tmishimizda asosiy axborot manbalari sifatida davriy bosma nashrlar, radio va televideniye bo’lgan bo’lsa, ayni paytda bu qatordan internet mustahkam joy oldi va qisqa fursatdagi jadal rivoji bilan tom ma’noda ulardan ilgarilab ketdi.
Bugun yurtimizda 1053 ta Internet-kafe, 945 ta Internet provayder, 187 ta axborot-resurs markazi,2 «ZiyoNET» yoshlar axborot portali faoliyat yuritmokda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa 9 milliondan oshgan3. Ba’zi bir tahlillarga ko’ra ularning 80 foizini yoshlar tashkil etadi.

Download 57.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling