Birinchi jahon urushi borishi va yakuni Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi


Download 72.45 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2023
Hajmi72.45 Kb.
#1651673
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-jaxon urushi


Birinchi jahon urushi borishi va yakuni

Mundarija
Kirish
Asosiy qism
I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi
1.1 Yevropada urushning yetilib borishi Antanta va To‘rtlar ittifoqining tashkil topish
1.2 Urushning boshlanishi va 1915 va 1916 yilgi asosiy janglar
II.Bob Sharqiy va g‘arbiy frontdagi urushlarning borish jarayoni
2.1 Sharqiy frontdagi to‘qnashuvlar va 1917-yilgi g‘arbiy frontdagi janglar
2.2 Rossiyaning urushdan chiqishi va To‘rtlar ittifoqining taslim etilishi
2.3 Urushning oqibatlari va yo‘qotishlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Dunyo XX asr davomida tamomila o‘zgardi. Bu asrning axamiyati qolgan asrlarga nisbatan salmoqliroq bo‘ldi. Insoniyat yangicha turmush tarziga qadam qo‘ydi, ilm-fan sohasida katta muvaffaqqiyatlarga erishildi. Lekin bunday taraqqiyotdagi yutuqlar ham insonning to‘la-to‘kis farovonlikka erishishiga ,tinch va sokin hayot kechirishi olib kelmadi. Taraqqiyot ham turli mintaqalarda turlicha rivojlandi. G‘arbiy Yevropa va Amerikada industrial jamiyat butunlay qaror topdi. Lekin,Osiyo va Afrikadagi hayot ancha orqada qoldi. Bu davlatlarning ko‘pchiligi G‘arbning mustamlaka zulmi ostida qoldi. XX asrda insoniyat jahon urushi deb ataluvchi daxshatni ikki marotaba boshdan kechirdi. Bu kurs ishining dolzarbligi haqida so‘z borarkan, Birinchi jahon urushining butun dunyoga ta’sir etganligi xalqlar hayotida muhim rol o‘ynaganli ta’kidlash o‘rinlidir. XX asr boshlariga kelib jahonda vaziyat ziddiyatli tus oldi. Germaniya va uning hamtovoqlari bo‘lgan davlatlar katta mustamlakalarga ega bo‘lmaganlari boisidan dunyoni qayta taqsimlash shiori bilan chiqdilar. Shu tariqa birinchi-jahon urushi vujudga keldi. Birinchi jahon urushi insonning qanchalik tubanlashishi va nafsi qanday balolarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Urush natijasida millionlab odamlar halok bo‘ldi, yana qanchadan - qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib qoldi. Ko‘plab vayronagarchiliklar va insoniyatning asr davomida shaklllangan madaniy yutuqlari barbod qilindi. Urush ikkala tomon uchun ham og‘ir oqibatlarga olib keldi. Urushdan ko‘rilgan zararning axamiyati faqatgina moddiy boyliklar yoki o‘limlar soni bilan emas insoniyat qalbiga yetkazilgan zarar, tushkunlik va muqqarrar bo‘lgan nafs jazosi haqida saboq bilan o‘lchanishi ham kerak. Birinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan mashhur yozuvchi Ernest Hemingvuay barcha urushning daxshatlarini boshdan kechirdi. Doimo xalqlarning do‘stona yashashga hamjixatlikka, urushdan nafratlanishga chaqirdi va buni o‘z asarlarida aks ettirdi; Men ko‘p urushlarda qatnashdim, shuning uchun bu masalada g‘arazim qattiq, xatto juda ham qattiq. Bu kitobning muallifi ongli tarzda shunday fikrga keldiki; Urushda qatnashayotgan jang qilayotgan odamlar dunyodagi eng ajoyib odamlardir, frontning qizg‘in qismlariga kirib brogan sayin bunday ajoyib kishilarga ko‘proq duch kela boshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning oloviga olov tashlab turganlari iqtisodiy raqobatdan foyda undirishdan boshqa narsani ko‘zlamaydigan to‘ng‘izlardir. Men urushda boylik ottirganlar,urush olovini yoqqanlar urushning birinchi kunlaridayoq, mamlakat grajdanlarining muxtor vakillari tomonidan otib tashlanmog‘i lozim, deb hisoblayman.1 Ernest Heminguey ning yana bir gapi juda mashhur bo‘lib ketdi.,,Hech qachon qanchalik zarur bo‘lmasin qanchalik asosli bo‘lmasin urush jinoyat deb o‘ylamang‘’. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham ko‘plab konferensiyalarda bildirgan fikrlarida xalqaro tinchlikning axamiyati haqida takidlar ekan. ,, Urush qanday maqsadlarda qanday sabablar bilan olib borilmasin uni oqlab bo‘lmaydi’’2 degan edi. Karimovning ,,Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q’’ asarida xalqlar taqdirida urushning og‘ir oqibatlari haqida aytib o‘tadi.
Bu urush orqali inson o‘z nafsidan g‘oliblik qilmasa uni bu nafs vayron qilishini ko‘rsatdi. Birinchi jahon urushi voqealarini ochib berarkanmiz, aslida jarayonlar qanday kechganligini oydinlashtiramiz. Birinchi jahon urush yillarida Yevropa, qisman Afrika , Osiyoning g‘arbiy va sharqiy mintaqalarida olib borildi. Urush natijasida iqtisodiy-ijtimoy inqirozlar kelib chiqdi. Harbiy janglarga katta xarajatlar qilindi, odam va moddiy resurslar sarflandi. Somma, Marna daryolari bo‘yidagi qirg‘inbarotlar tarix saxnalariga qizil qon bilan yozildi. Verdendagi qirg‘inlar fransuzlar uchun katta zarar keltirdi. Rossiyaning jahon urushidagi roli albatta katta bo‘ldi. Aytaylik agar dastlabki urush kunlarida rus qat’iy harakat qilmaganlarida nemislar bemalol Fransiyani egallagan va urush taqdirinini butunlay o‘zgartirib yuborgan bo‘lardilar. Rossiya imperiyasi tasirida bo‘lgan Turkistonga ham urush shamoli kirib bordi. Front ortida xizmat qilish uchun bizning hududlardan ham minglab insonlar safarbar qilindi va ular ham g‘alabaga munosib xissalarini qo‘shdilar. Yana Yevropadagi voqealarga qaytadigan bo‘lsak shiddatli janglar davom etardi. Urushning ko‘lami kengaydi. Boshqa mintaqalarga ham kirib bordi. Urushdan eng ko‘p naf olgan Amerika urushning oxirida Antanta tarafida urushga kirdi. AQSH prezidenti Vudro Vilson o‘z nutqida bu haqida ta’kidlar ekan. Bizda xozirgi kunda dunyo oltin zaxirasining shunday katta qismi yig‘ildiki, biz endlikda qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchiga aylandik. Biz endi dun yoni boshqaramiz - degan edi. Bu narsa AQSH manfaatlarini ko‘rsatib beruvchi yaqqol dalildir.1917-yil oxirlarida Antanta so‘ngi himoya janglariga kirishdi. 1918-yildagi janglar Germaniya hududlariga ko‘chdi. To‘rtlar ittifoqi davlatlar mag‘lub etildi. Yo‘qotishlar haqida gapirilarkan dunyo hali beri bunday yo‘qotishlar o‘rnini to‘dira olmasligi ma’lum edi. Keyingi o‘n yillar davomida ham bu yo‘qotishlar o‘rnini qoplashga erishilmadi. Germaniya va boshqa tarafdorlar zimmasiga katta reparatsiyalar yuklandi. Lekin dunyo bu urushdan yetarlicha saboq ololmadi. Voqelik ikkinchi jahon urushi ko‘rinishida davom etdi.

Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling