1. Innovatsion iqtisodiyot faning mohiyati. Innovatsion faoliyat va uning asoslari


Download 0.58 Mb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178346
  1   2   3
Bog'liq
I-204-20 NURMAXMATOV USMONXON


QARMII Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi I-204-20 guruh talabasi NURMAXMATOV USMONXONning Innovatsion iqtisodiyot fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:Innovatsiyalar va uning turlari.
Reja:
1.Innovatsion iqtisodiyot faning mohiyati.
2.Innovatsion faoliyat va uning asoslari.
3.Innovatsiyaning turlari va tasnifi.
4.O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakillanishi.
Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'lgan.Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi.Mutaxassislarning fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan.J.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.J.A.Shumpeter o'zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va yangilikning to'liq tavsifini berdi.Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi.
Innovatsion iqtisodiyot faning mohiyati
J.A.Shumpater kombinatsiya(Innovatsiya)larning quyidagi turlarini aniqlagan edi:
1) yangi texnologiya, texnologik jarayonlardan foydalanish
yoki ishlab chiqarishni yangi bozorda qo'llab -quvvatlanishi;
2) yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni joriy etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarishni tahkil etish va xom-ashyodagi o’zgarishlarni texnik qo’llab-quvvatlash;
5) yangi savdo bozorlarini paydo bo’lishi.
Innovatsiya so’zi inglizcha-innovation sо‘zidan olingan bо‘lib, yangilik kiritish, ixtiro sо‘zlarini anglatadi.Innovatsion iqtisodiyot-bu kapitalni yangi texnika, texnologiyaga, ishlab chiqarishga, mehnatni yangicha tashkil etish, boshqarish va xizmat kо‘rsatish sohasiga sarflash natijasida yangidan olingan moddiy hamda nomoddiy ne’matlardir.Bunda yangi g‘oyalarni yaratish zamonaviy va sifatli tovar moddiy boyliklarni ishlab chiqarish qaratiladi.
Innovatsion faoliyat natijasida novatsiya (lotincha ―novation) ya’ni о‘zgarish, yangilanish jarayoni sodir bо‘ladi. Novatsiya-bu oldin amaliyotda bо‘lmagan yangi ixtiro, yangi xodisa, yangi holat bо‘lib u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan texnika-texnologiyalarni o’z ichiga oladi.
Innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika bazasini yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g‘oyalar va ishlanmalarni yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasidir.
  • Sanoatda Innovatsiya
  • Hududiy Innovatsiya
  • Boshqaruv Innovatsiya
  • Tovar Innovatsiyasi
  • Tizimli Innovatsiya
  • Iqtisodiy Innovatsiya
  • Texnologik Innovatsiya
  • Bozor Innovatsiyasi
  • G’oyaviy Innovatsiya


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling