1. Investitsiya ko‘chmas mulkini egasi foydalanadigan ko‘chmas mulkdan farqlash
Download 48.15 Kb.
|
11. Investitsion mulk (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Investitsiya ko‘chmas mulkini dastlabki va keyingi baholash.
- Tayanch iboralar
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)
11-mavzu: Investitsion mulk. Reja: 1. Investitsiya ko‘chmas mulkini egasi foydalanadigan ko‘chmas mulkdan farqlash 2. Investitsiya ko‘chmas mulkini dastlabki va keyingi baholash. 1. Investitsiya ko‘chmas mulkini egasi foydalanadigan ko‘chmas mulkdan farqlash Ko‘chmas mulklar “Investitsion mulk” deb nomlangan 40-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti maqsadlarida 2 xil bo‘lishi mumkin: Investitsiya ko’chmas mulki Egasi foydalanadigan ko’chmas mulk Har ikki turdagi ko‘chmas mulklar tashkilotning o‘z mulkida (egaligida) yoki foydalanish huquqidagi aktiv sifatida ijaraga olingan bo‘lishi mumkin. Investitsion mulk – bu ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning qiymati oshishi uchun yoki ikkalasi uchun (mulk egasi yoki moliyaviy ijara shartnomasi asosida ijaraga oluvchi tomonidan) egalik qilinayotgan mulk (yer yoki bino – yoki binoning qismi – yoki ikkalasi) bo‘lib, bunga quyidagi mulklar kirmaydi:1 1) ishlab chiqarishda yoki tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan; 2) odatdagi xo‘jalik faoliyatidagi sotishga mo‘ljallangan mulklar. Mulk egasi egallagan mulk – bu (mulk egasi yoki moliyaviy ijara shartnomasi asosida ijaraga oluvchi tomonidan) ishlab chiqarishda yoki tovarlar yetkazib berish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan egalikdagi mulk hisoblanadi. Operativ ijara bo‘yicha ijaraga oluvchi egaligidagi mulk ulushi investitsion mulk sifatida tasniflanishi va hisobga olinishi mumkin bo'ladi. 2. Investitsiya ko‘chmas mulkini dastlabki va keyingi baholash. Investitsiya ko‘chmas mulki pul oqimlarini tashkilot tomonidan tutib turiladigan boshqa aktivlarga nisbatan ahamiyatli darajada mustaqil holda hosil qiladi. O‘z mulkida bo‘lgan investitsiya ko‘chmas mulki dastlab boshlang‘ich qiymatda baholanadi. Operatsiya bo‘yicha sarflar ushbu boshlang‘ich qiymatga kiritilishi lozim. Investitsiya ko‘chmas mulkini dastlabki baholashga quyidagilar kiritiladi: investitsiya ko‘chmas mulkining xarid narxi; uni xarid qilish bilan bog‘liq har qanday bevosita sarflar Investitsiya ko‘chmas mulkini dastlabki baholashga quyidagilar kiritilmaydi: startap sarflar (agar ular ko‘chmas mulkni rahbariyat tomonidan nazarda tutilgan tarzda foydalanishga yaroqli holga keltirish uchun zarur bo‘lmasa) investitsiya ko‘chmas mulkidan rejalashtirilgan foydalanish darajasiga erishilishidan oldingi yuzaga kelgan operatsion zararlar ko‘chmas mulkni qurish yoki takomillashtirishda me’yordan ortiq sarflangan material, ishchi kuchi yoki boshqa resurslar qiymati. Investitsion ko’chmas mulk bo‘yicha tanlangan baholash modeli tashkilotning hisob siyosatida ko‘rsatiladi va bu model tashkilotning barcha Investitsion ko’chmas mulkga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Hisob siyosatiga ixtiyoriy o‘zgarishlar faqat agar bunday o‘zgarishlar moliyaviy hisobotlarda ishonchli va yanada o‘rinli ma’lumotlar aks ettirilishiga olib kelsa, amalga oshirilishi darkor. Haqqoniy qiymat modelidan boshlang‘ich qiymat modeliga o‘tish o‘rinliroq ma’lumot taqdim etishga olib kelishi ehtimoli juda kam hisoblanadi. Investitsion ko’chmas mulk boshlang‘ich qiymat modeli bo‘yicha baholangan bo‘lsa ham, moliyaviy hisobotlarga izohlarda investitsion ko’chmas mulkning haqqoniy qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritib berilishi kerak. Tayanch iboralar Investitsion ko’chmas mulk, dastlabki baholash, keyingi baholash, ko‘chmas mulklarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish, moliyaviy hisobot, egasi foydalanadigan ko’chmas mulk, kapital qiymati, odatdagi faoliyat, sotish uchun mo‘ljallangan aktiv, kapital qiymatining oshishi, ishonchli baholash imkoniyati, kelgusi iqtisodiy naf Nazorat va mulohaza uchun savollar Investitsion ko’chmas mulk deganda qanday aktivlar tushuniladi? Aktivlarni investitsion ko’chmas mulk sifatida tan olishning qanday mezonlari mavjud? Dastlabki baholash deganda nima tushuniladi? Moliyaviy hisobotning qanday turlari bor? Sotish uchun mo‘ljallangan aktivning mazmuni nimadan iborat? Ko‘chmas mulklarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi? Kapital qiymatining oshishi hisobi qanday yuritiladi? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature) IAS 40 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 40) Investitsion (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma / D.E.Norbekov, A.N.To’rayev, Sh.Sh.Rahmonov; -T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. 322b. Джамбакиева Г. Финансовый учет. Учебное пособие. -T.: “Iqtisod-moliya”, 2012 г. Ibragimov A., Ochilov I., Qо‘ziev I. Moliyaviy va boshqaruv hisobi –T.: Iqtisod-moliya. 2008 y. Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: 2007 y. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b KuljanovO., Xusinov I. JumanazarovS.;Buxgalteriya hisobi nazariyasi: O‘quv qo‘llanma.– T.: “Iqtisod-Moliya”, 2018. www.mf.uz – Moliya Vazirligi (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) 1 IAS 40 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 40) Investitsion (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi Download 48.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling