Fanidan topshiriq №2 Bajardi: akt sohasida kasb taʼlimi


Download 145 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi145 Kb.
#1434122
  1   2   3   4
Bog'liq
2metrologiya2-amaliy


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
fanidan
TOPSHIRIQ № 2
Bajardi: AKT sohasida kasb taʼlimi
651-20 guruh Shamsiyeva Zaynab


Qabul qildi: Saidova Gulchehra.


Toshkent 2023

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan


2 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)



№ 26.

26, 88, 132



I. Nazariy savollar:

26. Etalon qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi?


88. O‘lchash xatoliklarining ishonchli intervali va ishonchli chegaralarini aniqlash va baholash.
132. Standart namuna, namunaviy modda nima?


Etalon qanday xususiyatlarga ega boʼladi?

Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalon nusxalarga boʻlinadi.


Birlamchi Etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa ETALONga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi Etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus Etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi Etalon vazifasini oʻtaydi. Davlat ETALONlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus ETALONdan iborat. ETALONguvoh davlat ETALONining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALONdan iborat. Solishtirma ETALON biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan ETALONni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALON Ishchi ETALON birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. ETALONnusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi ETALONga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiETALONdan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli ETALONlari xalqaro va milliy ETALON hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen ETALONlari xalqaro ETALON bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov ETALONlardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda ETALON larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Hammamizga ma’lumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bo’ladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bo’ladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat ko’rsatish sohasi bo’ladimi o’lchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi.
Ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki har bir sekundda jahonda milliardlab o’lchashlar bajariladi va ularning natijasiga qarab qarorlar qabul qilinadi.
Hech bir soha yo’qki o’lchashsiz va o’lchash ma’lumotlarisiz faoliyat ko’rsata olsa. O’lchashni bajarishga, uni to’g‘ri va ishonchli bo’lishini ta’minlashga bir necha million kishi xizmat qiladi va katta mablag‘ sarf qilinadi. Jamiyatni taxminan 15% ish kuchi o’lchashni bajarishga sarf qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni ta’minlashning asoslaridan biri bu ishonchli o‘lchash ma’lumoti hisoblanadi. Ishonchli o‘lchash ma’lumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi o’lchash natijalari to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi.
Har qanday o’lchashni bajarish albatta o’lchash vositalari, ya’ni o’lchash asboblari, o’lchovlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash uskunalariyu o’lchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta o’lchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan bo’lishi shart.
Respublikamiz bo‘yicha ishlab chiqarishda, sertifikatlash sinovlarida, savdo sotiqda, xavfsizlikni ta’minlashda, sog‘liqni saqlashda, gaz, suv, elektr energiyasini sarfini hisoblashda va shunga o’xshash qator sohalarda foydalaniladigan o‘lchash va sinash asboblarining to’g‘ri ishlashini ta’minlash, ularni attestatlash, sertifikat berish, ularni o’z vaqtida (masalan bir yoki ikki yilda bir marta) tekshirib (qiyoslab) turish ishlari «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi» DK, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi»DK va uning tarkibiga kiruvchi xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlar tomonidan olib boriladi.
Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar.
Markazlarni va unga o’xshash boshqa tashkilotlarning aniq (namunaviy) o‘lchash asboblarini to’g‘ri ishlashini tekshirib turish O’zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar Markazi (O’z MEM)ga yuklatilgan. Etalonlar markazi bu ishni o’zining, yanada aniqroq bo‘lgan o’lchash asboblari, ya’ni etalonlari yordamida amalga oshiradi.Hozirgi kunda Etalonlar markazida chastota va vaqt, massa, elektr toki kuchlanishi, bosim, elektr sig‘imi, suv miqdori va sarfi, induktivlik, va ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugirt dioksidi va xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari etalonlari mavjud.
Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.
Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini o’zgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat o’lchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni o’zgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi.
O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Bu o’lchash asboblarini to’g‘ri ishlashiga va kafolatligiga katta talab quyiladi. Sababi ular ishlab chiqarishda, ma’lum texnologiyani ta’minlashda, savdo – tijoratda, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazishda va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi. To’g‘ri ishlashi va kafolatli bo’lishini ta’minlash maqsadida, ular vaqt-vaqti bilan massa etalonlari bilan qiyoslanib turiladi. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling