1. Iqtisodiy axborot tizimlarining tarkibi Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining tavsifi


Download 32.5 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1337635
Bog'liq
axborot




MUSTAQIL ISH
Mavzu: Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining tavsifi va vazifaviy jihatdan tashkil qilinishi.
Bajardi:Ro’zmetov Mirjalol

REJA:
1.Iqtisodiy axborot tizimlarining tarkibi
2. Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining tavsifi
3. Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining vazifaviy jihatdan tashkil qilinishi
4.Xulosa

Iqtisodiy axborot tizimlarining tarkibi

Axborot tizimi(AT) — axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir.
AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir

Iqtisodiy axborot tizimlari o‘zaro bog‘liq qismlar - tizimchalar majmuasida iborat bo‘lgan murakkab tizimlardir. Tizimcha ostida tizimning ayrim alomati bo‘yicha ajratilgan qismi tushuniladi va u o‘z ichiga umuman tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun faoliyat yuritish jarayoni tomonidan birlashtirilgan 
elеmеntlar yig‘indisini oladi. Bunda faoliyat yuritish ostida tizim tomonidan obyеktda amalga oshirilayotgan va qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi funksiyalarning ma’lum 

yig‘indisi tushuniladi. IATning funksiyasi ostida bеlgilangan 
maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning majmuasi tushuniladi. 



Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining tavsifi

Hozirgi kunda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta’rif keltiramiz. Tizim - bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan elementlar to’plamidir. Bu elementlar to’plami oddiy elementlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir element ham o’z navbatida tizim bo’lishi mumkin.


Tasniflash – bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin.
Sun’iy tizimlar – bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar.
Aralash tizimlar ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi.
Ergonomik tizimlar – bu, «mashina – inson - operator» majmui.
Biotexnik tizimlar – tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.
Tashkiliy tizimlar – bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.

Iqtisodiy axborot tizimlari tarkibiy qismlarining vazifaviy jihatdan tashkil qilinishi

Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruxga ajratish mumkin:


1. Axborot ta’minot tizimi.
2. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizim. Axborot ta’minoti tizimi xar kanday ABTning tarkibiga kiradi. Xozirgi davrga kelib kuyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar paydo buldi:
1. Loyixalashtirishning avtomatlashtirilgan kismi;
2. Ilmiy izlanishning avtomatlashtirilgan kismi;
3. korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizimlar tarkibiga:
1. Axborot qidiruv tizimi;
2. Axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim;
3. Axborot boshqaruvchi tizim kiradi. Axborot - qidiruv va axborot - ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va takdim etish uchun muljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki kismdan iborat:
1. Axborotni yigish va saqlash.
2. Axborotlarni kidirish va foydalanuvchiga berish. Ma’lumotlarni tarkatish usuliga kura axborot qidiruv tizimlari kuyidagi uch turga bulinadi:
1. Axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim.
2. Berilgan talab buyicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim.
3. Umumlashtirilgan tizim.

Xulosa

Agar tizimning umumiy maqsadini alohida maqsadlarga bo‘lsak, unda umumiy tizimni vazifalar bo‘yicha alohida tashkil qiluvchilarini olamiz, ya’ni vazifaviy tizimchalargaajratilishi sodir bo‘ladi. Har bir vazifaviy tizimcha orqali ma’lum boshqaruv 


vazifalari amalga oshiriladi. O‘z navbatida, boshqaruv vazifasi axborot tizimi muhitida masala shakliga keltiriladi.
Umuman masala ostida obyеktni boshqarish uchun bеlgilangan vazifaviy ahamiyatga 
ega ma’lumotlar yoki hujjatlarni shakllantirish algoritmi tushuniladi. Shunday qilib, 
har bir vazifaviy tizimcha iqtisodiy masalalar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Masalalarni idеntifikatsiyalash turli xildagi alomatlar: boshqaruv vazifalari, boshqaruvning vaqt 
oralig‘i va boshqalar bo‘yicha bajariladi.Shunday qilib, vazifaviy tizimchalarning majmui va ular orasidagi aloqalar 
IATning funksional arxitekturasini tashkil etadi, ta’minlovchi tizimchalarning majmui esa tizimli arxitekturasini. 



Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling