1. Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni. Vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 37.89 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi37.89 Kb.
#1167634
Bog'liq
Salaydinov Kamoliddin


Xush kelibsiz.
Mavzu: Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati,ta'rifi,vujudga kelishi va rivojlanish hamda asosiy yo'nalishlari va nomlari.
Reja:
1. Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni.
2. Vujudga kelishi va rivojlanishi.
3. Asosiy yo'nalishlari va nomlari.
Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm va neoliberalizmga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns, J Robinson, A. Xansen va P. Samuelsonlar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt.
«Иқтисодиёт назарияси» фани иқтисодий қонунларни қуйидаги гуруҳларга туркумлайди:
1. Умумий иқтисодий қонунлар - кишилик жамияти ривожланишининг барча босқичларида амал қилади. Масалан, вақтни тежаш қонуни, эҳтиёжларнинг тез ўсиб бориш қонуни, такрор ишлаб чиқариш қонуни, ишлаб чиқариш муносабатларининг ишлаб чиқарувчи кучлар хусусияти ва ривожланиш даражаси мос келиши қонуни ва бошқалар.
2. Хусусий ёки даврий иқтисодий қонунлар - инсоният жамияти тараққиётининг маълум босқичларида амал қилади. Масалан, талаб қонуни, таклиф қонуни ва қиймат қонуни.
3. Махсус, ўзига хос иқтисодий қонунлар - алоҳида олинган иқтисодий тизим шароитида амал қилади. Масалан, қўшимча қиймат қонуни.
E'tiboringiz uchun raxmat!
Tayyorladi:
Xujaqulova Jamila.
Download 37.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling