1. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi


Download 284 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi284 Kb.
#205784
Bog'liq
shaxzod


[OKOZ:1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);

4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;

5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;

6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

[TSZ:1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;

2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIG‘INING

buyrug‘i

Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 13-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2468]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustaviva 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomgamuvofiq buyuraman:

1. Daryo transportida yuk tashish qoidalariilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Boshliq A. ABDUVALIYEV

Toshkent sh.,

2013-yil 26-aprel,

76-son
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrug‘iga ILOVA

Daryo transportida yuk tashish

QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustaviva 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomgamuvofiq, daryo transportida yuk tashish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

yuk jo‘natuvchi— o‘z nomidan yoki yuk egasi nomidan harakat qiluvchi va transport (tashish) hujjatlariga muvofiq jo‘natish portida yukni jo‘natishga vakolatli shaxs;

yuk tashuvchi— yuk tashish shartnomasiga muvofiq yukni jo‘natish portida yuk jo‘natuvchidan qabul qilish, daryo transportida manzil portiga yetkazib berish va yuk oluvchiga topshirish, shuningdek qonun hujjatlarida va yuk tashish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaruvchi shaxs;

yuk oluvchi— yuk tashish shartnomasiga muvofiq manzil portida yukni olishga vakolatli shaxs;

port— daryo qirg‘og‘ida maxsus qurilgan va jihozlangan hamda belgilangan tartibda yuklarni qabul qilish, ortish, tushirish, qisqa muddatli saqlash va topshirishga oid ishlarni bajaruvchi tashkilot, shu jumladan pristan;

kema— qonun hujjatlari va yuk tashish shartnomasi talablariga muvofiq yuk jo‘natuvchi tomonidan topshirilgan yukni manzil portiga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan suvda suzuvchi transport vositasi;

jo‘nash porti— kemaning harakatlanishi boshlanayotgan port;

jo‘natish porti— bojxona rejimi ostida yuklarni tushirish, qabul qilish, saqlash, kemaga yuklash va jo‘natish boshlanayotgan port;

manzil porti— bojxona rejimi ostida yuklarni tashish, tushirish, qabul qilish, saqlash va topshirish tugallanayotgan port;

portning nozimlik xizmati— yuklash va tushirish ishlarini tashkil etuvchi va ularga rahbarlik qiluvchi port xizmati;

transport (tashish) hujjati— transport yukxati, konosament yoki tashish shartnomasi yoxud tovarlarni tashish bo‘yicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

konosament— daryo transportida yuk tashish shartnomasi tuzilganligi, yukning yuk tashuvchi tomonidan qabul qilinganligi va yuk yetkazib berilganligini tasdiqlovchi transport (tashish) hujjati;

tara— tashish, yuklash, joylashtirish, tushirish va omborda saqlash jarayonida ichidagi yuklarga shikast yetkazilishidan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan buyum;

tarali dona yuklar— alohida yuk o‘rinlari bilan taqdim etiladigan, taraga joylashtirilgan va o‘zining shakli, vazni, o‘lchamlari bilan tavsiflanadigan yuk birligi;

jo‘natish bojxona organi— bojxona nazorati ostida yuklarni tashish boshlanayotgan hududda joylashgan davlat bojxona xizmati organi;

manzil bojxona organi— bojxona nazorati ostida yuklarni tashish tugallanayotgan hududda joylashgan davlat bojxona xizmati organi;

kema kapitani— kemani boshqarish, unga rahbarlik qilish hamda suzish xavfsizligini ta’minlash, kemada tartib-intizomni saqlash, kemadagi odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish va kemaning hamda unda tashiladigan yuklarning butligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish uchun kema egasi tomonidan tayinlangan shaxs;

shkiper— yuklarni bir yoki bir nechta o‘zi yurmas yuk kemalariga yuklash, yuklarni kemaga to‘g‘ri joylashtirish, mustahkamlash va tushirish ishlariga rahbarlik qiluvchi shaxs;

yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi— yuklarni qabul qilish, topshirish va ularning hisobini yuritish uchun port tomonidan tayinlangan shaxs;

qo‘shma naryad— O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslarni, transport vositalarini va yuklarni o‘tkazish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari (bundan buyon matnda chegara qo‘shinlari deb yuritiladi) (chegara naryadi) va davlat bojxona xizmati organi xodimlaridan (bojxona naryadi) iborat bo‘lgan naryad.

2. Mazkur Qoidalar maxsus yuklarni tashishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

II bob. Yuk tashishni tashkil etish

1-§. Yuk tashish shartnomasi va uning shartlari

4. Yuklar yuk tashish shartnomasiga asosan tashiladi. Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va yuk oluvchiga topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

5. Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavida nazarda tutilgan hujjatni (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjatni) tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.

6. Tashishning umumiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 11-12-son, 1-modda), transport ustavlari, boshqa qonun hujjatlari va ularga muvofiq ishlab chiqilgan qoidalar bilan belgilanadi.

7. Yuk tashish shartnomasida yuklarni yuk tashuvchiga topshirish, jo‘natish portida saqlash va yetkazib berish muddati, yuklarning miqdori va vazni hamda tomonlarning kelishuvi bo‘yicha boshqa shartlar ko‘rsatilishi mumkin.

8. Jo‘natish porti va manzil porti orasida kemaning boshqa portga kirishi yuk tashish shartnomasida ko‘rsatilishi lozim.

9. Yuk tashish hamda tashish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish uchun haq to‘lash yuk tashish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, yuklarni kemaga yuklash va ularni kemadan portga tushirish port tomonidan yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchining hisobidan amalga oshiriladi.

10. Yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchining yozma talabiga muvofiq, yuk tashuvchi tashishga qabul qilingan yuklarning jo‘natish porti va manzil portini qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda o‘zgartirishi, yuk to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan bir yukni boshqa turdosh yuk bilan almashtirishi mumkin.

11. Yuk jo‘natuvchi manzil portini o‘zgartirmasdan yuk oluvchini o‘zgartirishi mumkin. Yuk oluvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi talabnoma konosamentlarga ilova qilingan holda jo‘natish bojxona organi va jo‘natish portiga taqdim etiladi.

12. Manzil portini o‘zgartirishni talab qilgan yuk jo‘natuvchi mazkur o‘zgartirish natijasida vujudga keladigan xarajatlar bo‘yicha yuk tashuvchi va birinchi ko‘rsatilgan manzildagi yuk oluvchi oldida javobgar hisoblanadi.

13. Engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida tashishga qabul qilingan, lekin hali jo‘natilmagan yuklarning manzil portini o‘zgartirish yuk tashuvchi tomonidan yuk jo‘natuvchi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Mazkur holatda yuk jo‘natuvchi haqiqiy bosib o‘tilgan masofa bo‘yicha haq to‘laydi.

14. Yuklarning manzil portini o‘zgartirishga ularning yaroqlilik (saqlash) muddati doirasida yo‘l qo‘yiladi.

15. Mazkur Qoidalarning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar yuz berganligi sababli kemaning manzil portiga kelishining imkoni bo‘lmasa, yuk tashuvchi bu haqda yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchini xabardor qilishi lozim.

16. Yuklar yuk jo‘natuvchining kuzatuvchisi ishtirokida tashilishi mumkin.

17. Yukni kemaga yuklash kechikkanligi uchun aybdor bo‘lgan taraf qonun hujjatlarida yoki yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda va miqdorda neustoyka to‘laydi.

18. Yukni yuk jo‘natuvchining aybi bilan jo‘natish portiga majburiy qaytarib olib kelish, tushirish va saqlash xarajatlari yuk jo‘natuvchi tomonidan qoplanadi.

2-§. Kemaga qo‘yiladigan talablar

19. Yuk tashuvchi tomonidan yuk tashish uchun jalb qilinayotgan kema Daryo transportini texnik ishlatishqoidalari (ro‘yxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 23-son) va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda yuklarni manzil portiga xavfsiz va beshikast yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

20. Rejalashtirilgan yukning yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tomonidan o‘zgartirilishi kemani qayta jihozlashni talab qilsa, yuk tashuvchi kemani qo‘shimcha ravishda tuzilgan shartnoma asosida yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchining hisobidan qayta jihozlaydi.

3-§. Yuk va taraga qo‘yiladigan talablar

21. Yuklar yuk jo‘natuvchi tomonidan yuk tashishga doir davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq keluvchi, davlat standartlari va texnik shartlarda nazarda tutilmagan yuklar esa yuk tashuvchi bilan kelishilgan va ularning to‘liq saqlanishini ta’minlaydigan soz taralar va o‘ramlarda taqdim etilishi lozim.

22. Yuklarni tashishga tayyorlashda kemaning yuk sig‘imi, yuklash va tushirishning qulayligi hisobga olinishi kerak.

23. Yuklarni kemaga joylashtirish va tashish tartibi yuk tashish shartnomasi bilan belgilanadi. Bitta yuk jo‘natuvchi tomonidan bitta manzilga va bitta kemada bir xil o‘ramlar va taralarda tashiladigan yuklar bitta konosament bilan jo‘natilishi lozim.

24. O‘zining fizik-kimyoviy xususiyatlariga va tashish shartlariga ko‘ra o‘ramlangan holda tashiladigan tarali dona yuklar yuk tashuvchiga xuddi shunday holatda taqdim etiladi.

25. Yuk jo‘natuvchi yukni o‘ramlash uchun zarur materiallarni yuk bilan birgalikda portga taqdim etadi. Ko‘p marta foydalaniladigan, yuklarni kema bortiga mustahkamlash uchun mo‘ljallangan kema moslamalari yuk tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.

26. Tara va o‘ramlarda tashilayotgan yuklarni port omborlariga kiritish va kemaga yuklash chog‘ida ular yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiper tomonidan tashqi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bunda tara va o‘ramlarning sozligi, yukning tashishga yaroqliligi, zarur rekvizitlarning mavjudligi, plombalarning buzilmaganligi va ularning hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi tekshiriladi.

27. Yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ramlar va tarali dona yuklarning o‘rni belgilangan standartlar talablari asosida belgilanishi lozim.

III bob. Yuk tashishni davlat tomonidan nazorat qilish

1-§. Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati

28. Chet eldan kelayotgan va chet elga jo‘nab ketayotgan kemalarda tashiladigan yuklar chegara va bojxona nazoratidan, shuningdek texnik, oziq-ovqat va boshqa ta’minot materiallari, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari, valyuta boyliklari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.


29. Bojxona nazoratidan o‘tkazish va bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

(29-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2016-yil 10-iyundagi 44-sonli (ro‘yxat raqami 2468-1, 20.06.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 25-son, 314-modda)

30. Kemalarning kelishi va jo‘nab ketishini rasmiylashtirish hamda kemalar portda turgan vaqtda ularni nazorat qilish quyidagi tarkibdagi maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi:

chegara qo‘shinlari xodimlari;

davlat bojxona xizmati organlari xodimlari;

davlat sanitar nazorati xizmati xodimlari;

o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati xodimlari, urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari olib kiriladigan chegara punktlari yoki hududlarida;

manzil yoki jo‘natish porti vakillari.

Zarur hollarda, komissiya tarkibiga boshqa xizmatlar xodimlari ham kiritilishi mumkin.

31. Kemalarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun buyurtma portning nozimlik xizmati tomonidan beriladi.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi sanitariya nazorati o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Sanitariya nazorati tugagunga qadar kemaga biror-bir shaxsning kirishi taqiqlanadi.

32. Chet elga suzuvchi kemalar portda turgan vaqtda chegara qo‘shinlari va davlat bojxona xizmati organlarining nazorati ostida bo‘ladi. Kemalarning turar joyini o‘zgartirish (boshqa joyga bog‘lash) chegara qo‘shinlari va davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

33. Chegara va bojxona nazorati ostida bo‘lgan kemalarning yoniga to‘xtash, shuningdek bortdan qirg‘oqqa yoki qirg‘oqdan bortga biror-bir buyumlarni uzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

34. Davlat bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kema bortiga istalgan vaqtda chiqishi mumkin. Kema kapitani yoki shkiper mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun taqdim etishi, zarur hollarda, davlat bojxona xizmati organining mansabdor shaxslariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maishiy va xizmat xonalarini ajratib berishi lozim.

2-§. Kemalar va yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar

35. Daryo transportida tashishlarni bojxona rasmiylashtiruvida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:

mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi umumiy deklaratsiya — kema va uning kelishi yoki jo‘nab ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan hujjat;

mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi yuk to‘g‘risidagi deklaratsiya — kema anjomlari to‘g‘risidagi deklaratsiya va kema ekipajining shaxsiy buyumlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritilmagan, kema bortida mavjud bo‘lgan yuklar (tovarlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan hujjat;

mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kema anjomlari to‘g‘risidagi deklaratsiya — kema va ekipaj a’zolarining ehtiyoji uchun mo‘ljallangan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, kemaning material-texnik ta’minotlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan hujjat;

mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi kema ekipajining shaxsiy buyumlari to‘g‘risidagi deklaratsiya — ekipaj a’zolariga tegishli shaxsiy buyumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan hujjat;

mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi kema xizmati — kemaning nomi va egasi, kema ro‘yxatdan o‘tkazilgan port, kema turi, kema ekipaji a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, fuqaroligi, lavozimi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining turi, seriyasi va tartib raqami hamda guvohnoma raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan hujjat;

yo‘lovchilar ro‘yxati;

tashilayotgan tovarlarga tijorat hujjatlari;

xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar.

Umumiy, yuk to‘g‘risidagi, kema anjomlari to‘g‘risidagi va kema ekipajining shaxsiy buyumlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalar kema kapitani yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi.

Kema xizmati port rahbari yoki vakolat berilgan boshqa shaxs hamda xodimlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.

36. Transport (tashish) hujjatlarida tovarning kodi (kamida 6 ta belgi darajasida) va nomi, tovarning har bir ko‘rsatilgan kodi bo‘yicha yuk o‘rinlari soni, brutto og‘irligi (kilogrammda yoxud boshqa o‘lchov birliklarida), joylashtirish tavsifi va faktura qiymati ko‘rsatilishi lozim.

37. Kema bortida bo‘lgan xavfli yuklar (xavfli xususiyatlarga ega bo‘lgan, tashish va saqlash davrida alohida ehtiyot choralarini ko‘rishni talab qiluvchi moddalar va tovarlar) to‘g‘risida alohida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

3-§. O‘zbekiston Respublikasiga kelish davrida bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati

38. Kema O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasiga kirganligi to‘g‘risida portning nozimlik xizmati tomonidan manzil bojxona organiga kamida 4 soat oldin xabar beriladi. Xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:

manzil portining nomi;

kemaning nomi;

yukning nomi va miqdori yoki kemaning yuksiz ekanligi to‘g‘risida ma’lumot;

kemaning portga kelish vaqti.

39. Maxsus komissiya kema bortiga kelgach, shkiper bojxona rasmiylashtiruvi uchun komissiya tarkibiga kiruvchi manzil bojxona organi xodimiga mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.

40. Manzil bojxona organi xodimi taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqqandan so‘ng, tushiriladigan yuklar konosamentlarining barcha nusxalariga tegishli belgi kiritib, sana va shtamp qo‘yadi hamda uni shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi.

41. Hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, kemada manzil bojxona organi xodimi tomonidan bojxona nazorati o‘tkaziladi.

Kema bojxona nazoratidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida o‘tkaziladi.

Kema kapitani yoki shkiper kemaning barcha xonalarida bojxona nazorati o‘tkazilishini ta’minlaydi. Tryumlar, shkaflar, qutilar va boshqa yopiq obyektlarning bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun zarur sharoit kuzatuvchi tomonidan ta’minlanadi.

Yo‘lovchilarning va kema ekipaji a’zolarining shaxsiy buyumlari “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) muvofiq ularning egalari yoki ularning ishonchli vakillari ishtirokida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.

Bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng, manzil bojxona organi tomonidan yuklarni tegishli bojxona (port) omboriga tushirishga ruxsat beriladi.

42. Kemada fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar mavjudligi aniqlangan taqdirda, xonalar, tryumlar, shkaflar, qutilar va boshqa yopiq obyektlar manzil bojxona organi xodimi tomonidan muhrlanadi.

43. Maxsus komissiyaning faoliyati kema portga kelgan vaqtdan boshlab 3 soat ichida tamomlanishi shart.

4-§. O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketish davrida bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati

44. Kemaning jo‘nab ketishi davrida konosamentlar va yuklash topshiriqnomasi portning tijorat bo‘limi tomonidan jo‘natish bojxona organiga taqdim etiladi. Jo‘natish bojxona organi xodimi hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirib, konosamentlar va yuk bilan birga jo‘natiladigan boshqa hujjatlarga tegishli belgilar qo‘yadi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi hamda ularni tijorat bo‘limiga qaytaradi.

45. Portning tijorat bo‘limi tomonidan jo‘natish bojxona organi xodimidan hujjatlar qabul qilib olingach, portning nozimlik xizmatiga kema va yuklarning jo‘natishga tayyor ekanligi haqida xabar beriladi. Konosamentlar va yuk bilan birga jo‘natiladigan boshqa hujjatlar shkiperga topshiriladi.

46. Chet elga suzib ketadigan kemaning jo‘nab ketishi davrida portning nozimlik xizmati tomonidan jo‘natish bojxona organiga tovarlar va transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib chiqilishi kutilayotganligi to‘g‘risida xabar beriladi. Jo‘natish bojxona organi maxsus komissiya bilan birgalikda bojxona nazoratini o‘tkazishga kirishadi. Yuklash va kemada bajariladigan boshqa ishlar bojxona nazorati boshlanishidan oldin tugatilgan bo‘lishi, shuningdek kema yaqinida suzuvchi vosita va begona shaxslar bo‘lmasligi lozim.

47. Maxsus komissiya kema bortiga kelgach, mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlar shkiper tomonidan maxsus komissiya tarkibiga kiruvchi jo‘natish bojxona organi xodimiga taqdim etiladi.

48. Transport (tashish) hujjatlaridagi ma’lumotlar hujjatlarni qabul qilgan jo‘natish bojxona organi xodimi tomonidan yuklash topshiriqnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi va tegishli belgilar qo‘yiladi. Umumiy deklaratsiyaga kemaning nomi, milliy mansubligi, ro‘yxat raqami, kapitanning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar soni, kemaning jo‘nab ketish sanasi va vaqti, qatnov to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tovarlarning tavsifi va vazni hamda boshqa ma’lumotlar kiritiladi. Yuk to‘g‘risidagi deklaratsiyaga jo‘natish bojxona organining tegishli shtampi qo‘yilib, qirg‘oq raqami ko‘rsatiladi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, kema va yuk bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

49. Kema ekipaji a’zolari tomonidan bojxona ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari bajarilmagan taqdirda, jo‘natish bojxona organi nazoratni to‘xtatishga haqli.

5-§. Chegara nazorati

50. Yuk tashish davrida O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishlarning oldini olish maqsadida, chegara qo‘shinlarining chegara nazorati bo‘linmasi (bundan buyon matnda chegara nazorati bo‘linmasi deb yuritiladi) tomonidan chegara nazorati amalga oshiriladi.

51. Chet eldan O‘zbekiston Respublikasi portlariga suzib kelayotgan yoki chet elga suzib ketayotgan barcha kemalar chegara nazoratidan o‘tkaziladi.

52. Chet elga suzadigan, shu jumladan chet el portlariga kirmasdan suzadigan kemalar O‘zbekiston Respublikasi portlariga kelganda, portda to‘xtab turganda va portdan ketayotganda chegara nazoratidan o‘tkaziladi.

53. Chet elga suzuvchi kemalarning ular to‘xtab turgan joydagi o‘tkazish punkti rejimiga rioya qilishlari, shuningdek kemada vaxta xizmatining olib borilishi Chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan nazorat qilinadi.

54. Chet elga suzuvchi kemalarda tashilayotgan transport vositalari, konteynerlar va boshqa katta hajmli yuklar kemaga yuklashdan oldin yoki undan tushirilgandan keyin ko‘zdan kechiriladi.

55. Chegara qo‘shinlariga portning nozimlik xizmati tomonidan har kuni portga suzib kelayotgan va portdan suzib ketadigan kemalar to‘g‘risida xabar beriladi.

56. Chegara qo‘shinlarining kemalarni nazorat qilish davrida davlat bojxona xizmati organi va kemalarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatlar bilan o‘zaro harakatlari chegara nazorati bo‘linmasi komandiri tomonidan texnologik sxema va jadvalga muvofiq tashkil etiladi.

57. Chegara nazorati davrida kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi barcha xonalarga birinchi bo‘lib kirishi va oxirida chiqishi lozim. Yuklarni ko‘zdan kechirish davomida maxsus xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanilishi mumkin. Maxsus komissiya o‘z ishini tugatgach, kema chegara nazorati bo‘linmasi komandirining ruxsati bilan tark etiladi.

6-§. O‘zbekiston Respublikasiga kelish davrida chegara nazorati

58. Qo‘shma naryadning kemada chegara va bojxona nazoratini o‘tkazishdagi vazifalari kema portga kelishidan 30 daqiqa oldin chegara nazorati bo‘linmasi va manzil bojxona organi boshliqlari tomonidan belgilab olinadi.

59. Qo‘shma naryad o‘z faoliyatini kema bortida, davlat sanitariya nazorati xizmati xodimi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati xodimi va maxsus komissiyaning boshqa a’zolari bilan birgalikda amalga oshiradi.

60. Chegara nazorati bo‘linmasi kema ekipaji, kema ekipajining kema xizmatiga kiritilmagan a’zolari va yo‘lovchilar sonini kema kapitanidan aniqlaydi, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarning mavjudligini tekshiradi hamda kema ekipaji a’zolari va kema bortida bo‘lgan boshqa shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazadi.

61. Qo‘shma naryad tomonidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida kemaning barcha bo‘linmalari, shkiper xonasi va kemadagi tovarlar tekshiriladi. Kema ekipajining va kema bortida bo‘lgan boshqa shaxslarning shaxsiy buyumlari ularning ishtirokida tekshiriladi.

62. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini tugatganidan so‘ng, yuklar chegara nazorati bo‘linmasi komandirining ruxsati bilan kemadan tushiriladi.

63. Shatakka olib kelgan va darhol chet elga suzib ketadigan kema tekshiruvdan o‘tkazilmasdan, uning portga kirishi va portdan chiqib ketishi chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan kuzatib turiladi.

7 §. O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketish davrida chegara nazorati

64. Chegara nazorati bo‘linmasiga kemaning chet elga suzib ketish uchun tayyor bo‘lishi to‘g‘risida Portning nozimlik xizmati tomonidan 4 soat oldin xabar beriladi.

65. Qo‘shma naryad o‘z faoliyatini kema bortida, davlat sanitariya nazorati xizmati xodimi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati xodimi va maxsus komissiyaning boshqa a’zolari bilan birgalikda amalga oshiradi.

66. Chegara nazorati bo‘linmasi kema ekipaji, kema ekipajining kema xizmatiga kiritilmagan a’zolari va yo‘lovchilar sonini kema kapitanidan aniqlaydi, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarning mavjudligini tekshiradi hamda kema ekipaji a’zolari va kema bortida bo‘lgan boshqa shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazadi.

67. Qo‘shma naryad tomonidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida kemaning barcha bo‘linmalari, shkiper xonasi va kemadagi tovarlar tekshiriladi. Kema ekipajining va kema bortida bo‘lgan boshqa shaxslarning shaxsiy buyumlari ularning ishtirokida tekshiriladi.

68. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini tugatganidan so‘ng, kema chegara nazorati bo‘linmasi komandirining ruxsati bilan chet elga suzib ketadi.

IV bob. Yuklarni qabul qilish va jo‘natish

1-§. Jo‘natish portida yuklarni qabul qilish

69. Yuklar jo‘natish portida yuk tashish shartnomasiga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘rikemaga yuklash yoki port omborlarida vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi.

70. Yuklarni qabul qilish transport (tashish) hujjati asosida amalga oshiriladi va mazkur Qoidalarning 6-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur dalolatnomaga kiritilgan tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan qayd qilinishi hamda yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiperning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

71. Yuk jo‘natuvchi tomonidan yuklash topshiriqnomasi olingach, Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, yuk bojxona nazorati ostida kemaga yuklanadi.

72. Yuklash topshiriqnomasida kema nomi, jo‘natish porti va manzil porti, yukning turi va miqdori, uning alohida xususiyatlari, o‘ram turi, yuk o‘rinlarining belgisi va raqami, portga kelib tushgan yukning Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi va transport (tashish) hujjatining raqami ko‘rsatilishi lozim.

73. Eksport, import va tranzit yuklarni yuklash yoki tushirish ikki ish kuni ichida mazkur Qoidalarning 7-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi yuklash topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.

74. Yuklash topshiriqnomasi yuk jo‘natuvchi tomonidan kemaga yuk ortish boshlanishidan 48 soat oldin, port omborlarida saqlanayotgan yuklar bo‘yicha esa yuk tashish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda uch nusxada taqdim etilishi lozim.

75. Yuklash topshiriqnomasi jo‘natish portining muhri va jo‘natish bojxona organi xodimining shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda unga yuk bilan birgalikda yuboriladigan barcha hujjatlar ilova qilinishi lozim.

76. Yuklash topshiriqnomasining bir nusxasi jo‘natish bojxona organi xodimiga, ikkinchi nusxasi yuk oluvchiga berish uchun shkiperga beriladi, uchinchi nusxasi jo‘natish portida qoldiriladi.

77. Yuk tashishni amalga oshirish uchun yuk jo‘natuvchi tomonidan sakkiz nusxada mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda konosament tuziladi va imzolangan holda yuk jo‘natuvchiga taqdim etiladi.

78. Konosamentga unda ko‘rsatilgan yuk kema bortiga ortilgan vaqt bo‘yicha sana qo‘yiladi va shkiper tomonidan imzolanadi. Konosamentni yuklash tugashidan oldin imzolashga yoki unda boshqa sanani ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

79. Konosamentning ikki nusxasi jo‘natish bojxona organiga, olti nusxasi manzil portiga yetkazish uchun shkiperga beriladi, shundan ikki nusxasi yuk oluvchining yukni olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan jo‘natish portiga qaytariladi.

2-§. Yuklarni kemaga qabul qilish va joylashtirish

80. Yuklarni kemaga yuklashdan oldin jo‘natish porti tomonidan mazkur Qoidalarning9-ilovasiga muvofiq shaklda yuklar ro‘yxati tuziladi va port rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

81. Jo‘natish porti omboridagi yuklar holati shkiper tomonidan ular kemaga yuklanishidan oldin tekshirilishi lozim.

82. Nazorat tasmalari yoki plombalari buzilgan, belgilari to‘liq va aniq bo‘lmagan, shikast yetkazilgan tarali dona yuklar mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin yuklashga qabul qilinadi, yuk oluvchining yuklarni kamchiliklari bilan qabul qilib olishga yozma roziligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.

83. Yuklarning kamchiliklari transport (tashish) hujjatida qayd etilishi shart.

84. Kemaning yuklash rejasi shkiper tomonidan yuklar ro‘yxatiga asosan ishlab chiqiladi.

85. Shkiper yuklarni kemaga qabul qilishdan oldin yuklash topshiriqnomasining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va yuklar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning mavjudligini tekshiradi hamda ularni jo‘natish porti tomonidan tuzilgan yuklar ro‘yxati bilan solishtiradi.

86. Yuklarni kemaga yuklashdan oldin ular konosamentga asosan turi va navi bo‘yicha partiyalarga ajratilishi lozim.

87. Yuk tashuvchi yuklash oldidan yukning tashish uchun yaroqliligini tekshirishi, tekshirish natijasida biror-bir kamchilik aniqlangan taqdirda, ularning bartaraf etilishini yuk jo‘natuvchidan talab qilishi lozim.

88. Yuklar jo‘natish bojxona organi xodimi, ombor mudiri, shkiper va yuk jo‘natuvchi ishtirokida kemaga yuklanadi.

89. Ish texnologiyasida kamchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, yuklash yoki tushirish ishlari mazkur kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar shkiper tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.

90. Yuklash yoki tushirish davrida yuklarning hisobi ombor mudiri, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, shkiper, jo‘natish yoxud manzil bojxona organi xodimi va yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tomonidan olib boriladi.

91. Yuklarning hisobi Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasida qayd etib boriladi.

92. Quyidagi yuklarni bitta konosament bilan qabul qilishga va qo‘shib tashishga yo‘l qo‘yilmaydi:

tez buziladigan yuklarni tez buzilmaydigan yuklar bilan;

tashish davrida alohida rejimni talab qiluvchi yuklarni bunday rejimni talab qilmaydigan yuklar bilan;

bojxona va sanitariya nazorati ostida, shuningdek boshqa maxsus tartibda tashiladigan yuklarni bunday tartib tatbiq etilmaydigan yuklar bilan;

yaroqlilik (saqlash) muddati har xil bo‘lgan yuklarni.

93. Yuklarning bir partiyasini to‘liq yuklab yoki tushirib bo‘lmasdan boshqa yuk partiyasini yuklash yoki tushirish taqiqlanadi.

94. Manzil portiga tushirish davomida aralashgan holda kelganligi aniqlangan yuklar bir vaqtning o‘zida partiyalar bo‘yicha ajratilgan holda tushirilishi, mazkur holat manzil porti va yuk oluvchi tomonidan shkiper ishtirokida erkin shaklda tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi hamda dalolatnoma nusxasi jo‘natish portiga yuborilishi lozim.

95. Yuklar transport (tashish) hujjati asosida kema bortida topshiriladi va qabul qilinadi. Zarur hollarda, yuklash yoki tushirish ishlari xavfsizligini ta’minlash uchun yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiperning kema bortida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda yuklarni qabul qilish yoki topshirish qirg‘oqda — kranning qulochi doirasida amalga oshiriladi.

96. Yukning umumiy vazni o‘lchash yoki yuk o‘rinlarida ko‘rsatilgan umumiy vaznni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.

97. Yukning vazni, agar yuk tashish shartnomasida boshqacha usul ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Yuk tashish shartnomasida yukning vaznini shartli ravishda yoki kemaning suvga botishini hisoblash yo‘li bilan aniqlash nazarda tutilishi mumkin.

98. Yuklarni boshqaruv tarkibisiz kemaga yuklash va undan tushirishda hujjatlar kema biriktirilgan kemaning boshqaruv tarkibi tomonidan rasmiylashtiriladi.

3-§. Shikast yetkazilgan (buzilgan), saqlanmagan yoki buzilganlik alomatlari bilan keltirilgan yuklarni qabul qilish va topshirish

99. Manzil portiga shikast yetkazilgan (buzilgan), saqlanmagan yoki buzilganlik alomatlari bilan keltirilgan yuklar shkiper ishtirokida manzil bojxona organi xodimi, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va yuk oluvchi tomonidan qabul qilinadi.

100. Quyidagi hollarda yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning10-ilovasiga muvofiq shaklda Tijorat dalolatnomasi tuziladi:

yukning nomi, og‘irligi yoki o‘rinlar soni transport (tashish) hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiq bo‘lsa;

yukka shikast yetkazilgan (buzilgan) bo‘lsa;

hujjatlarsiz yuk yoki yuksiz hujjatlar aniqlansa.

101. Yuk oluvchi yukni olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan muddatda kelmagan taqdirda, Tijorat dalolatnomasi tuziladi va ushbu dalolatnoma kamida uchta shaxs — port boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi yoki omborxona mudiri - tomonidan imzolanadi.

Tijorat dalolatnomasining bir nusxasi yuk oluvchiga berilishi, ikkinchi nusxasi esa besh kun ichida jo‘natish portiga yuborilishi lozim.

102. Yukni qabul qilish Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, soz taradagi shikast yetkazilgan yuk uchun jo‘natish porti javobgar hisoblanadi. Shikast yetkazilgan (buzilgan) holda keltirilgan yuklar to‘g‘risida konosamentning orqa tomoniga tegishli yozuv kiritiladi.

103. Eksport yoki import yuklarni tashishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mazkur Qoidalarning11-ilovasida nazarda tutilgan shaklda Xabar-dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

104. Tarasi yoki o‘ramlariga, shuningdek nazorat tasmalari yoki plombalariga shikast yetkazilgan yuklar ochib tekshiriladi. Zarur hollarda, bunday yuklar shkiper, ombor mudiri va manzil yoki jo‘natish bojxona organi xodimlari ishtirokida tegishli port omborida qayta o‘lchanadi va Tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

105. Ichidagi yukni olish imkoniyatini istisno etadigan, lekin shikast yetkazilganlik (buzilganlik) alomatlari mavjud bo‘lgan tarali dona yuklar ochib tekshirilmasdan Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasida qayd etiladi.

106. Tushirish ishlari tugagandan keyin shikast yetkazilganlik (buzilganlik) alomatlari bilan qabul qilingan yuklar bo‘yicha Tijorat dalolatnomasi tuziladi va yuk oluvchining arizasiga ko‘ra tegishli bojxona rejimi joriy etiladi.

107. Yuklar tushirilgach, manzil porti tomonidan yuklarni qabul qilinganligi to‘g‘risida konosamentlarga belgi qo‘yiladi va ular shartnomada belgilangan muddatda jo‘natish portiga qaytariladi.

4-§. Konteynerlarni qabul qilish va topshirish

108. Konteynerlar konteyner terminali mudiri tomonidan jo‘natish yoki manzil bojxona organi xodimi ishtirokida soni, raqamlari, plombalari va kuzovlarining butligi ko‘zdan kechirilib qabul qilinadi yoki topshiriladi.

109. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini beradigan darajada shikast yetkazilgan yoki plombalarining izi aniq bo‘lmagan konteynerlar kemaga qabul qilinmaydi.

110. Texnik soz va soz plombada yetkazilgan konteyner ichidagi yukning saqlanishi uchun yuk tashuvchi javobgar hisoblanmaydi.

111. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini beradigan darajada shikast yetkazilgan yoki plombalarining izi aniq bo‘lmagan yoxud plombasi buzilgan konteynerlar yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va konteyner terminali mudiri ishtirokida qo‘shma naryad tomonidan manzil portida ochiladi va tekshiriladi.

112. Tekshirish natijasi bo‘yicha Tijorat dalolatnomasi tuzilib, tegishli yozuvlar konosamentga kiritilgandan keyin yuk boshqa texnik soz konteynerga yuklanadi va bojxona organi xodimi hamda konteyner terminali mudiri tomonidan plombalanadi. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini bermaydigan shikast yetkazilgan konteynerlar ochilmaydi, lekin shikast tavsifi va o‘lchamlari ko‘rsatilgan holda Tijorat dalolatnomasi tuziladi.

113. Plombalarining izi aniq bo‘lmagan yoki plombasi buzilgan konteynerlardagi yuklarni tekshirish ishlari boshqa yuklarga ishlov berish jarayonining pasayishiga olib kelsa, bunda konteynerlar bojxona organi xodimi tomonidan yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va konteyner terminali mudiri ishtirokida vaqtincha muddatga plombalanadi. Qo‘shma naryad vaqtincha muddatga plombalangan konteynerlardagi yuklarni uch kun ichida yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, konteyner terminali mudiri va yuk oluvchi ishtirokida tekshiradi va mazkur konteynerlar bojxona organi xodimi hamda konteyner terminali mudiri tomonidan plombalanadi. Tijorat dalolatnomasining nusxasi yuk oluvchiga beriladi.

5-§. Yuklarni manzil porti tomonidan qabul qilish, saqlash va topshirish

114. Manzil portiga keltirilgan yuklar port omborlarida bojxona nazorati ostida saqlanadi va yuk tashish shartnomasiga muvofiq yuk oluvchiga topshiriladi.

115. Manzil porti tomonidan yuk oluvchiga yuk keltirilgan kuni, yuk belgilangan muddatdan oldin keltirilgan bo‘lsa, keyingi kuni soat 12:00 gacha xabarnoma yuboriladi.

116. Yuk zarur bojxona rasmiylashtiruvlari va to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin yuk oluvchiga topshiriladi.

117. Yuk oluvchi yukni port omboridan yuk tashish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay olib ketishi lozim. Xavfli va tez buziladigan yuklar kema bortidan to‘g‘ridan to‘g‘riyuk oluvchining transportiga tushiriladi va zudlik bilan bojxona nazorati ostida olib ketiladi.

118. Yuk oluvchilar tomonidan o‘z vaqtida olib ketilmaganligi oqibatida manzil portida yuklar yig‘ilib qolganda, yuklar saqlash uchun bojxona organi bilan kelishilgan holda boshqa bojxona omborlariga joylashtirilishi mumkin. Bunda yuklarni boshqa bojxona omboriga joylashtirish yuk oluvchining hisobidan amalga oshiriladi.

119. Yuklar yuk oluvchiga manzil porti tomonidan ularning soni va taralarning holati tekshirib topshiriladi.

120. Yukning vazni standart yoki yuk jo‘natuvchi ko‘rsatgan vaznga yoki haqiqiy vazni yuk o‘rinlarida ko‘rsatilgan vaznga mos kelmasa, shikast yetkazilgan yuk o‘rinlarining vazni tekshiriladi.

121. Sochma va to‘kib solinadigan yuklarning vazni yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, ombor mudiri, manzil bojxona organi xodimi tomonidan yuk oluvchi ishtirokida tekshiriladi. Kamomad tarozilar ko‘rsatkichlaridagi tafovut farqidan, shuningdek tabiiy yo‘qotish me’yorlaridan oshmasa, yuk to‘liq deb hisoblanadi.

122. Yuk oluvchi tomonidan konosament bo‘yicha tashilayotgan yukning kamomadi yoki unga shikast yetkazilganligi to‘g‘risida yuk tashuvchiga o‘z vaqtida xabar berilmagan taqdirda, yuk konosament shartlariga muvofiq to‘liq olingan hisoblanadi. Yuk oluvchi tomonidan yuk tashuvchi ishtirokida ko‘rib chiqilgan va tekshirilgan yuk bo‘yicha yuk tashuvchiga xabar berish talab qilinmaydi.

123. Manzil porti yuk oluvchi tomonidan yuk tashish shartnomasida belgilangan muddatda qabul qilinmagan yoki olib ketilmagan yuk to‘g‘risida yuk jo‘natuvchiga xabar berishi, yuk jo‘natuvchi esa talab qilinmagan yuklar bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi lozim.

124. Yuk oluvchi shikast yetkazilgan (buzilgan) yoki yaroqlilik (saqlash) muddati o‘tgan yuklarni olishdan bosh tortsa, agar yuk tashuvchi bunda o‘zining aybsizligini isbotlab bersa, yukni qaytarib olib ketish bilan bog‘liq xarajatlar yuk jo‘natuvchi hisobidan qoplanadi.

V bob. Yuk tashish munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi

1-§. Yuk tashuvchining javobgarligi

125. Yuk tashuvchi yuklarni tashish davrida yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va yuk tashish shartnomasi talablariga muvofiq javobgar hisoblanadi. Yuk tashuvchining qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilab qo‘yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlar haqiqiy emas.

126. Agar yuk tashuvchi yukning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yukning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki unga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi.

127. Quyidagi hollarda yuk tashuvchi ayni shu holat natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi:

yuk jo‘natuvchi yuklarni nosoz va nozik taralarda topshirganligi to‘g‘risida yozma ravishda ko‘rsatma bergan bo‘lsa;

yo‘qotish kema palubasida tashishga ruxsat berilgan yuklarda tashish natijasida vujudga kelgan tabiiy yo‘qotish me’yorlari doirasida bo‘lsa yoki yuk yo‘lda qaytadan tushirib yuklanmagan, tegishli belgilari mavjud soz taralarda va texnik soz kemada kelgan yoki yuklarning sifatli tashilganligini tasdiqlovchi boshqa alomatlar mavjud bo‘lsa;

tez buziladigan yuklarni belgilangan rejimni ta’minlamaydigan kemalarda tashishga yuk jo‘natuvchi tomonidan yozma rozilik berilgan bo‘lsa;

yuk jo‘natuvchi saqlash yoki tashish davrida saqlanishi alohida shartlar va xavfsizlik choralarini talab qiladigan yuklarning alohida xususiyatlarini transport (tashish) hujjatida ko‘rsatmagan holda tashishga topshirgan bo‘lsa.

128. Yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kemaning halokati yoki boshqa baxtsiz hodisa tufayli tashish davrida yo‘qotilgan yuk uchun tashish haqi undirilmaydi, to‘langan avans yuk jo‘natuvchiga qaytariladi.

Agar kema halokatidan keyin yuk saqlab qolingan bo‘lsa yuk tashuvchiga saqlab qolingan yukni tashiganlik va haqiqiy bosib o‘tilgan masofa uchun haq to‘lanadi.

129. Yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, yuk tashish vaqtida yetkazilgan zarar yuk tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda to‘lanadi:

yuk yo‘qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo‘qolgan yoki kam chiqqan yukning qiymati miqdorida;

yukka shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yukni tiklash mumkin bo‘lmaganida esa, uning qiymati miqdorida;

bahosini transport (tashish) hujjatida ko‘rsatgan holda tashishga topshirilgan yuk yo‘qolgan taqdirda — yukning transport (tashish) hujjatida ko‘rsatilgan qiymati miqdorida.

130. Yuk tashuvchi real zararni to‘lash bilan birga yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan tashish haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, qaytarib beradi.

131. Kema ekipaji va kemada bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan kemadagi yuklardan foydalanishga, istisno tariqasida, inson hayotini, kemani yoki boshqa yuklarni saqlab qolish maqsadidagina yo‘l qo‘yiladi.

132. Yuklarni yetkazib berish muddati kechikkanligi uchun yuk tashuvchi yuk oluvchi oldida qonun hujjatlarida yoki yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.

2-§. Yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchining javobgarligi

133. Yuk jo‘natuvchi yuk to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yetarli emasligi yoki noto‘g‘riligi, muomalada bo‘lishi yoxud daryo transportida tashilishi cheklangan yoki taqiqlangan yukni taqdim etganligi, tashish davrida saqlanishi alohida shartlar va xavfsizlik choralarini talab qiladigan yuklar to‘g‘risida yuk tashuvchini xabardor qilmaganligi uchun qonun hujjatlarida va yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.

Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar natijasida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar uchun yuk jo‘natuvchi tomonidan haq to‘lanadi.

134. Yuk jo‘natuvchi quyidagi hollarda kemaning turib qolishi, shuningdek boshqa zararlar uchun yuk tashuvchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar hisoblanadi:

qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar o‘z vaqtida topshirilmagan, lozim darajada rasmiylashtirilmagan yoki yetarli bo‘lmasa;

transport (tashish) hujjatidagi, yukni yuklash topshiriqnomasidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmasa;

yuklar yuk tashuvchiga o‘z vaqtida taqdim qilinmasa;

yuk jo‘natuvchining vositalari bilan bajariladigan yuklash ishlari kechiksa.

135. Kemaning turib qolganligi uchun aybdor bo‘lgan yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi yuk tashuvchiga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.

136. Tashish haqi o‘zining tabiiy xususiyatlari, xususan, ichki buzilishi, qurib qolishi, sochilishi, to‘kilishi natijasida kamayishi yoki boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadigan yuklar yuk jo‘natuvchi tomonidan yashirilgan, sifatsiz taralarga joylashtirilgan yoki yuk jo‘natuvchiga bog‘liq boshqa sabablar oqibatida shikast yetkazilgan (buzilgan) va saqlanmagan bo‘lsa yuk tashuvchiga to‘liq to‘lanadi.

VI bob. Yakuniy qoidalar

137. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

138. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV


2013-yil 25-aprel

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV


2013-yil 25-aprel

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A. ABDUXAKIMOV


2013-yil 25-aprel
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga1-ILOVA



Umumiy deklaratsiya










1. Kirib kelgan sanasi va vaqti

2. Jo‘nab ketgan sanasi va vaqti

3. Kema to‘xtab turgan joy




4. Kemaning ro‘yxat raqami

5. Kemaning nomi

6. Kemaning milliy mansubligi




7. Kapitanning F.I.O.

8. Qatnov to‘g‘risida ma’lumotlar

9. Jo‘nash porti / kirish porti




10. Ushbu portdagi kema agentining F.I.O. va yashash joyi

11. Ekipaj a’zolarining soni

12. Yo‘lovchilar soni




13. Tovarlarning tavsifi

14. Vazni
















_______________

kemasi kapitani

____________

_______________

(kemaning nomi)

(shkiperi)

(imzo)

(F.I.O.)













20___ yil “____” _____________







Daryo transportida yuk tashish qoidalariga 2-ILOVA








Yuk to‘g‘risidagi

DEKLARATSIYA



























1. Kemaning ro‘yxat raqami

2. Kemaning nomi

3. Kirib kelishi

4. Jo‘nab ketishi










5. Xabarnoma bergan port







6. Kemaning milliy mansubligi

7. Kapitanning F.I.O.

8. Jo‘natish porti / manzil porti




9. Konosamentlar yoki transport hujjatlari raqamlari

10. Yuk turi va raqami

11. Yuk o‘rinlarining soni va o‘ram turi, tavsifi

12. Yukning brutto vazni

13. Yukning o‘lchamlari





























































_________________________kemasi kapitani

__________

____________




(kemaning nomi)

(shkiperi)

(imzo)

(F.I.O.)






















20___ yil “____” _____________




Daryo transportida yuk tashishqoidalariga

3-ILOVA



Kema anjomlari to‘g‘risidagi

DEKLARATSIYA
























T/r

Anjomlarning nomi

Miqdori

Bahosi

Umumiy bahosi










kg

dona















































































Kema bortidagi anjomlarning mavjudligini tasdiqlayman:






















______________________ kemasi kapitani

_________

____________________




(kemaning nomi)

(shkiperi)

(imzo)

(F.I.O.)



















20___ yil “____” _____________




Daryo transportida yuk tashish qoidalariga4-ILOVA








Kema ekipajining shaxsiy buyumlari to‘g‘risidagi

DEKLARATSIYA


















Kemaning nomi:

Kemaning milliy

mansubligi:









T/r

F.I.O.

Lavozimi

Buyumlarning nomi

imzo











































































































































________________________ kemasi kapitani

________

___________




(kemaning nomi)

(shkiperi)

(imzo)

(F.I.O.)






















20___ yil “____” _____________







Daryo transportida yuk tashishqoidalariga



5-ILOVA



Kema xizmati

























Kemaning nomi _____________________________________________




Kemaning egasi _____________________________________________




Kema ro‘yxatdan o‘tkazilgan port ________________________________




Kema turi _________________________________________________




Kapitanning F.I.O. _______________________________________

























T/r

F.I.O.

Tug‘ilgan yili

Fuqaroligi

Lavozimi

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi va tartib raqami

Guvohnoma raqami




















































































































































Port rahbari

____________

_______________________













(imzo)

(F.I.O.)

























Xodimlar bo‘limi boshlig‘i_____________

_______________________













(imzo)

(F.I.O.)










M.O‘.










Daryo transportida yuk tashishqoidalariga

6-ILOVA



Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish

DALOLATNOMASI
























Sana: ________________________




























Yukni oluvchi: ____________________________________________________________






















Yukni jo‘natuvchi: _________________________________________________________










Transport turi: (temir yo‘l, avtotransport, kema) _______________________________






















Avtotransport ____________________-son tirkama _________________________-son






















Vagon, Kema, Konteyner (20F/ 40F) №






















________________________________________________________________________




________________________________________________________________________




________________________________________________________________________




________________________________________________________________________






















Plombalar soni

dona, plomba raqami ______________________________






















Plomba: shikast yetkazilmagani, shikast yetkazilgani ______________________________






















Tovar nomi ______________________________________________________________




________________________________________________________________________






















Hujjat bo‘yicha soni __________________ o‘ram turi ___________________________




Haqiqiy soni _____________________ o‘ram turi ______________________________




Ortiq chiqqani soni _______________________________________________________




Kam chiqqani soni _________________________________________________________




Hujjat bo‘yicha umumiy vazni (jami vazni)_____________kg/tn (sof vazni)______ kg/tn




Shikast yetkazilmagani soni _________________________________________________






















Qo‘shimcha ko‘rsatmalar _____________________________________________________




________________________________________________________________________




________________________________________________________________________






















Bojxona organi xodimi:

___________

_____________________













(imzo)

(F.I.O.)






















Ombor mudiri:




__________

_____________________













(imzo)

(F.I.O.)






















Yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi:

__________

_____________________













(imzo)

(F.I.O.)






















Yuk oluvchi yoki jo‘natuvchi vakili:

___________

______________________













(imzo)

(F.I.O.)






















Avtotransport haydovchisi:

__________

_____________________













(imzo)

(F.I.O.)






















Shkiper:







_________

____________________













(imzo)

(F.I.O.)




Daryo transportida yuk tashish qoidalariga 7-ILOVA








Yuk jo‘natuvchining nomi:

Eksport import tranzit yuklarni yuklash uchun

(keraklisining tagiga chiziladi)

___-sonli topshiriqnoma

20___yil “___” ____________





















Yuk oluvchining nomi, davlat:

_____-sonli ombor mudiriga




Kema nomi:

Jo‘natish porti:

Konosament raqami: ___________




Manzil porti:

Belgilangan punkt:







Vagonlar va yuk xatlari raqamlari

Konteynerlar va plombalar raqamlari

Yuk nomi

O‘ramlar turi

Yuk o‘rinlari soni

Jami vazni

Sof vazni































































































































Jami yuk o‘rinlari soni: _________























































Mansabdor shaxs:




_______________________
















(F.I.O.)




Daryo transportida yuk tashish qoidalariga 8-ILOVA





Konosament ________________-son

























_______________________




________________________




(port nomi)




(faoliyat turi)

























Kemaning nomi: __________________________________________________________

























Shkiperning familiyasi, ismi, otasining ismi: _________________________________

























Jo‘natish porti: __________________________________________________________

























Manzil porti: ___________________________________________________________

























Yuk jo‘natuvchi: ___________________________________________________________

























Yuk oluvchi: ______________________________________________________________

























Vagonlar va yuk xatlari raqamlari

Konteynerlar va plombalar raqamlari

Yuk nomi

O‘ramlar turi

Yuk o‘rinlari soni

Jami vazni

Sof vazni





















































































JAMI: _________________________________________________________________







(yuk o‘rinlari soni, so‘z bilan)

























Yukni yuk jo‘natuvchi ko‘rsatgan vaznda yuk o‘rinlari soni bo‘yicha sifatini tekshirmasdan qabul qildim.

























Shkiper: ______________________ sana: 20___ yil “___” ________________________

























Izoh: Manzil portida yukni qabul qilish davrida nosozliklar aniqlanganda, bu haqda konosamentning orqa tomoniga tegishli yozuv kiritiladi va shkiper, kema agenti va yuk oluvchi vakili tomonidan imzolanadi.

























Izoh: ___________________________________________________________________




_______________________________________________________________




_______________________________________________________________




______________________________________________________________.




Daryo transportida yuk tashish qoidalariga 9-ILOVA




















“TASDIQLAYMAN”
















______________________ rahbari
















(jo‘natish port nomi)
















_____________________________
















(F.I.O.)




























_____-sonli yuklar ro‘yxati




























Kemaning nomi:

Joylashtirish




T/r

yuk jo‘natuvchi

yukning nomi

yuk o‘rni soni

vazni (tonna)

konteyner raqami

joylashgan o‘rni

topshiriqnoma raqami ____




























































































































Jami:



































































Mansabdor shaxs:

_________

______________________













(imzo)

(F.I.O.)




Daryo transportida yuk tashishqoidalariga 10-ILOVA








Tijorat dalolatnomasi











































O‘zbekiston Respublikasi





























































Port shtampi













_____-son seriya

raqami _______

















































Dalolatnomaga ilova qilinadi:



















___________________________



















___________________________



















___________________________





































1. Tuzilgan port, kema _____________________________







2. Tuzilgan sanasi 20___ y. “____” _______________







3. 20___ yil “____” ______________ dagi ___-sonli yuk xati, konosament, bagaj pattasi bo‘yicha kelgan yuk (bagaj) tekshirildi.







4. Jo‘nash porti ___________________________________







5. Manzil porti ___________________________________







6. Jo‘natish porti ___________________________________







7. Yuk jo‘natuvchi ______________________________________________







8. Qabul qiluvchi ______________________________________________







9. Yukni yuk oluvchiga topshirish sanasi 20___ yil “___” _____________







10. Tashish turi _______________________________________________







11. Tekshirish natijalari











































Markalar, belgilar

Yuk o‘rni

O‘ram turi

Yuk nomi

Yuk vazni, kg
















yuk jo‘natuvchi bildirishi bo‘yicha

transportda aniqlangani bo‘yicha







a) hujjat bo‘yicha mavjud







































































































b) aslida mavjudi















































































v) shu jumladan shikast yetkazilgani







































































































12. Yukxatiga, konosamentga yuk jo‘natuvchi, kema kapitani, portning alohida va muhim belgilari mavjud ________________________________________________________







________________________________________________________________________







________________________________________________________________________







13. Yukni tekshirish davrida aniqlangan to‘liq ma’lumot __________________________







________________________________________________________________________







________________________________________________________________________







________________________________________________________________________







14. Taralar va ichki o‘ramlarni amaldagi standartlar va texnik shartlarga mosligi







_______________________________________________________________







_______________________________________________________________







_______________________________________________________________







15. Taralarga shikast yetkazilgani bo‘lganmi ____________________________________







_______________________________________________________________







_______________________________________________________________







16. O‘g‘irlik alomatlari mavjudligi (qanday) ___________________________________







_______________________________________________________________







17. Ichki o‘ram shikastlanganligi (qaysida) _____________________________________







_______________________________________________________________







18. Ochilgan yuk o‘rniga bo‘sh, to‘ldirilmagan bo‘shliq mavjudligi. Agar mavjud bo‘lsa bo‘shliqqa etishmayotgan yuk yoki uning bir qismi joylashishi mumkinmi (qanchasi)_____







_______________________________________________________________







_______________________________________________________________







19. Etishmayotgan yoki buzilgan yuklarning nomi, navi, qanday materialdan tayyorlanganligi, soni aniq ko‘rsatilib to‘liq ro‘yxat keltirilsin __________________







_______________________________________________________________







_______________________________________________________________







20. Yukni berayotgan (topshirayotgan) davrda ekspertiza o‘tkazilganligi (ekspertiza o‘tkazilganligi sanasi va dalolatnoma raqami) __________________________________







_______________________________________________________________







21. Yukni tekshirishda (ochishda) ishtirok etgan va dalolatnoma tuzgan shaxslar imzosi:











































Port vakili










______________














































Port ombori mudiri










______________














































Kema kapitani










______________














































Yuk oluvchi










______________











































Temir yo‘l stansiyasi, port vakili







______________














































Harbiylashtirilgan qo‘riqchilar vakili




______________














































Transport militsiyasi yoki bojxona

idorasi vakili (keraksizi o‘chirilsin)






______________














































22. Ushbu dalolatnoma asosiy dalolatnomalarga qo‘shimcha tuzildi (raqami, sanasi va kim tomondan tuzilganligi ko‘rsatilsin).




Daryo transportida yuk tashish qoidalariga11-ILOVA

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 320-modda; 2016-y., 25-son, 314-modda)29. Ўзбекистон Республикасида чет эл элементи билан мураккаблашган муносабатларда васиятнома тузиш тартиби ва қайси давлат қонуничилигини қўлланилиши тўғрисида муҳокама қилинг

Vorislik huquqi (droit successoral, Erbrecht, law of succession, hereditary law)-fuqarolik huquqining instituti sifatida vafot etgan shaxsning huquq va majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi1 . Vorislik barcha huquq tizimlarida mulkni egallashning alohida usuli hisoblanadi. Vorislik huquqi ikkita asosiy – vasiyat erkinligi va oila manfaatlarini muhofaza qilish tamoyillaridan tashkil topadi. Chet el fuqarosi meros olish-olmasligi qaysi mamlakatning qonuni tatbiq etilishiga bog‘liqdir. Buyuk Britaniya AQSH, Fransiyada ko‘char va ko‘chmas mulkka vorislar orasida farq mavjud. GFRda esa vorislik mulkining birligi tamoyili amaldadir. Vorislik bo‘yicha kolliziya masalalari, odatda, davlatlarning ichki qonunchiliklari tomonidan tartibga solinadi. Ba’zi bir masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama konvensiyalar mavjud. Vasiyatnoma shakli to‘g‘risidagi 1961 yil 5 oktabr qonunlar kolliziyasi to‘g‘risidagi konvensiya; 1973 yil 26 oktabrda Vashingtonda o‘tkazilgan diplomatik konferensiyasida xalqaro vasiyatnomaning shakli to‘g‘risida ko‘p tomonlama Konvensiya qabul qilingan. Fkning 1120-moddasida vorislikka quydagicha tariff berilgan: fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi, va shu modda vasiyotnomani shaxsan tuzish belgilangan bo’lib ,vakil tomonidan vasiyatnoma tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ayrim davlatda vasiyatnoma ikki yoki undan ortiq shaxs manfaatini iroda etadi.FKning 1125 moddasida vafot etgan shaxs vasiyatnoma tuzmagan bo’lsa qonun bo’yicha amal qilishi belgilangan. Masalan vorislik huquqi avvalo vafot etgan shaxsni eng yaqin qarindoshlari kiritiladi, keyin manfaatdor shaxslar. O’zbekiton Respublikasida chetel fuqarolari vasiyat qoldirish yoki meros qabul qilish huquqiga ega bo’lib, O’zbekiston Respublikasi FKning 1197-moddasida quydagicha bayon etilgan b’lib: meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning xuquqini tanlagan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi oxirgi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi. Demak, vorislik doirasida meros qoldiruvchining oxirgi doimiy turar joyi kollizion tamoyili bo‘lib qoladi. Agar meros qoldiruvchi O‘zbekiston Respublikasida oxirgi turar joyiga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu yerda O‘zbekiston qonunchiligi tatbiq etilishi lozim. Agar meros qoldiruvchining oxirgi turar joyi chetelda bo’lsa, o’sha davlat qonuni bo’yicha tuziladi. Ko’chmas mulk bo’yicha quydagicha tartib belgilangan FKning 1199-moddasida ko‘chmas mulkka vorislik mazkur mulk joylashgan mamlakat huquqi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining reestrida qayd etilgan molmulkka vorislik esa O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha belgilanadi .



O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chetelda vasiyotnoma tuzish tartibi ham belgilangan bo’lib, ko‘char mol-mulk to‘g‘risida yuritiladigan bo‘lsa, meros qoldiruvchining mamlakati huquqi bilan aniqlanadi, ko‘chmas mulkka nisbatan esa ushbu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bilan belgilanadi. Shaxsning vasiyatnoma qoldirishi, uni o‘zgartirishi yoki bekor qilish layoqati meros qoldiruvchining qonunchiligi bilan belgilanadi. Vasiyatnomaning shakli ham ushbu qonunchilik bilan belgilanadi. Lekin shuni ham aytib o‘tish lozimki, vasiyatnoma haqiqiy sanalishi uchun u tuzilayotgan davlatning qonuniga rioya qilinishi kifoyadir . yotgan davlatning qonuniga rioya qilinishi kifoyadir. 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 35-moddasiga binoan konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining vafotidan so‘ng undan qolgan mol-mulkni qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘radi. Agar qolgan mol-mulkning hammasi yoki uning bir qismi buzilishi mumkin bo‘lgan narsalardan iborat bo‘lsa, shuningdek ularning saqlanishi o‘ta qimmatga tushadigan bo‘lsa, konsul bu mol-mulkni sotish huquqiga ega vatushgan pulni tegishli shaxsga jo‘natishi shart. Agar o’zbekiston fuqarosi vaqtincha chetelda bo’lib o’sha yerda vafot etsa, uni molk mulki konsulga topshirilishi belgilangan. Chet el davlatida ochilgan vorislik ishi O’zbekiston Respublikasida tan olinishi xam belgilanib o’tilgan. Konsullik ustavining 29-moddasida quydagicha norma keltirilgan: Vorislik ishlari bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslar hozir bo‘lmagan holda va ish yuritishni biron-bir shaxsga topshirmagan bo‘lsalar yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lmasalar, konsullik joylashgan davlat muassasalarida konsul ularning nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakolat ular o‘z vakillarini tayinlagunga qadar yoki o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmalariga olgunga qadar davom etadi.
Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling