1. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi


Download 23.46 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi23.46 Kb.
#259863
Bog'liq
1808-1 15.03.2012




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;

2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING

buyrug‘i

ShAHAR VA BOShQA AHOLI PUNKTLARI KO‘ChALARINI, ShUNINGDEK XO‘JALIKLARARO QIShLOQ AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh MANZILLI RO‘YXATLARINI ShAKLLANTIRISh HAMDA XARAJATLARINI MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIDAN MOLIYALAShTIRISh (TO‘LOVLARNI AMALGA OShIRISh) TARTIBI BO‘YIChA NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1808-1]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-son “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 566-modda) muvofiq buyuraman:



1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808, 2008-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda) bilan tasdiqlangan Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Vazir R. AZIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 1-mart,

24-son

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘iga


ILOVA

Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

1. 2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.



2. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Avtomobil yo‘llari joriy ta’mirlash texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar vedomostlari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi”.

4. 7-banddan “o‘rta” degan so‘z chiqarib tashlansin.

5. 11-bandda:

birinchi xatboshidan “va o‘rta” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“Joriy ta’mirlash bo‘yicha ish hajmlari texnik hisob-kitob va muhandislik izlanishlar olib borishni talab etadigan alohida qiyin ishlarni bajarishda avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash texnik tekshirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijasi asosida ishlab chiqilgan, soha va davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.

6. 17-banddagi “va o‘rta ta’mirlashni” degan so‘zlar “ta’mirlashni, shuningdek avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

7. 20-banddagi “o‘rta” degan so‘z “joriy” degan so‘z bilan almashtirilsin.

8. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23. Avtoyo‘llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) qat’iy ravishda tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida, Buyurtmachi xarajatlari smetasining 4-guruhida shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti xarajatlari funksional tasnifiga muvofiq quyidagi bo‘lim, kichik bo‘lim va boblar orqali amalga oshiriladi:

7 045 201 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining shahar avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;

7 045 202 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;

7 045 203 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining tuman markazlari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;

7 045 204 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;

7 045 205 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining shahar posyolkalari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari”.

9. 26-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan mukammal ta’mirlash, shuningdek obyektlar bo‘yicha joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlari) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi:”

10. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“27. Avtoyo‘llarni joriy ta’mirlashni moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) (mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan obyektlardan tashqari) joriy yil ish hajmining 15 foiz miqdorida bo‘nak berish yo‘li bilan, keyinchalik ajratilgan bo‘nak to‘lovlarini mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda oyma-oy moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi”.

11. 32-banddagi “va avtoyo‘llarni o‘rta ta’mirlash” degan so‘zlar “ta’mirlashda, shuningdek avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

12. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” DAK bilan kelishilgan.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV

2012-yil 1-mart



“O‘zavtoyo‘l” DAK raisi M. ABDULLAYEV

2012-yil 1-mart


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 123-modda)

Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling