Botir Zokirov tavallud topgan kuni haqida. Botir Zokirov hayoti Botir Zokirov haqida


Download 29.72 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi29.72 Kb.
#1712760
  1   2   3
Bog'liq
Botir Zokirov


Botir Zokirov
Reja:

  1. Botir Zokirov tavallud topgan kuni haqida.

  2. Botir Zokirov hayoti

  3. Botir Zokirov haqida

Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva – 1985.23.1, Toshkent) – xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. „Yoshlik“ ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978-yildan „Oʻzbekkonsert“ning yakkaxon xonandasi. B. Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov – „Maftun boʻldim“, „Namedonam, chi nom dorad“; I. Akbarov – „Yor kel“, „Raʼno“, „Gazli“, „Seni eslayman“; Sayfi Jalil – „Majnun monologi“, „Kechalar yulduz sanab“ va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind („Nechun xayolga choʻmding?“, „Dil orzusi“, „Meychale“), eron („Maro bebus“, „Ayriliq qoʻshigʻi“), misr („Arabcha tango“, „Uyqum oʻgʻrisi“), suriya („Oʻtmishimga yigʻlayman“), livan („Goʻzal qiz“), meksikan („Alvido muhabbat“), italyan („Yashasin muhabbat“) qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan „Avtoportret“, „Saraton“, „Gumbazlar“, „Bolalik koʻchasi“, „Chor minor“ kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, „Soʻgʻd elining qoploni“ operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. „Kichik shahzoda“ (A. de Sent-Ekzyuperi), „Soya“ (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis („Gullar ochilganda“), Rabindranat Tagor („Olovli yoʻllar“), Abdullo („Dahoning yoshligi“) kabi obrazlar yaratgan. „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bagʻishlangan „Menga qoʻshiq chizib ber“ va „Aytilmay qolgan qushiq“ hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov „Oʻsha, oʻtgan kunlar“ filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994-yil nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi „Oʻzbeknavo“ qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995-yil „Botir Zokirov jamgʻar-masi“ tashkil etidi. 1989-yildan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi. Bugun o‘zbek musiqa san'atida so‘nmas iz qoldirgan Botir Zokirov hayot bo‘lganida 80 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. 1936 yilda Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri artisti Karim Zokirov va Muqumiy nomidagi musiqali drama teatri qo‘shiqchisi Shoista Saidovalar
xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keladi. To‘ng‘ich farzandlariga yaxshi niyatlar bilan Botir deb ism qo‘yishadi. Zokirovlar xonadoniga ko‘plab san'at ahli namoyondalari tashrif buyurgani sababli Botirning ko‘nglida ham musiqaga nisbatan kuchli muxabbat paydo bo‘la boshlaydi. U 1952-1957 yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasida, 1958- 1962 yillarda esa Toshkent Davlat teatr va rassomchilik institutlarida tahsil oladi. U “Yoshlik” ansambli va O‘zbek Davlat estrada orkestrining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat olib borgan.
Botir Zokirovning diltortar taronalari va go‘zal honishi barchani o‘ziga rom etib kelgan. Uning ijrosidagi “Yor kel”, “Arabcha tango”, “Ra'no”, “Majnun monologi”, “Seni eslayman”, “Kechalar yulduz sanab” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari oradan yillar o‘tsa-da, muxlislar hamon sevib tinglashadi.
Botir Zokirov nafaqat hushovoz xonanda, balki mahoratli rassom, yozuvchi va tarjimon ham bo‘lgan. U rassom sifatida “Saraton”, “Gumbazlar”, “Bolalik ko‘chasi” kabi asarlar yaratgan. Ko‘plab ocherk, hikoya, she'rlar muallifi. Shuningdek, Botir Zokirov A.d ye Sent-Ekzyuperining “Kichik shahzoda”, Ye.Shvarsning “Soya” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1984 yilda Botir Zokirovning sog‘lig‘i yomonlashib boradi. Shifokorlar unga jigar sirrozi so‘nggi bosqichi tashhisini qo‘yishadi. 1985 yilning 23 yanvarida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov vafot etadi.
Xonanda vafotidan so‘ng 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov buyrug‘iga asosan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi.

Botir Zokirov taqdirlanishi. Shu kunlarda milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Prezidentimizning 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash tugrisida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
B.Zokirov ijodi yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, san’atni sevish va ardoqlashga undovchi buyuk merosdir.
Toshkent viloyati "TURON" axborot kutubxona markazi tomonidan Zangiota tuman AKM va tuman madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda "O‘zbek estradasi san’atining asoschisi" mavzusida o‘tkazilgan badiiy ma’rifiy tadbirda ham ijodkorning ana shu merosi xususida so‘z bordi.
Tadbirga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Gavxar Zokirova, yozuvchi Ashurali Jo‘rayev, xonanda Nodir Tursunov va boshqa tashkilotlardan mehmonlar, yoshlar qatnashdi.
Mehmonlar Botir Zokirov hayoti va ijodi, kuy-qo‘shiqlari xaqida iliq fikrlar bildirdi. San’atkor ijodi va faoliyatiga bagishlangan videroliklar namoyish etildi.
Xalqimiz orasida "Kitobsiz aql – qanotsiz qush", degan maqol bejizga aytilmagan. Inson har bir ilmni ustoz bilan birga, albatta, kitobdan o‘rganadi. Shu ma’noda bugungi tadbirning ham aynan ziyo maskanida o‘tkazilishi yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, aholining barcha qatlamini kitob o‘qishga jalb qilish, milliy o‘zbek adabiyoti, xususan, hozirgi zamonaviy durdona asarlar bilan tanishtirishga xizmat qildi.
Mazkur xotira kechasida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida eng ko‘p xarid qilingan "Yurak bo‘ronlari" nomli kitobning muallifi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Ashurali Jo‘rayev bilan suhbat ham o‘tkazildi. Kitobi taqdimoti qilindi.
Tadbir kuy-qo‘shiqqa ulanib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi

Download 29.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling