Botir Zokirov tavallud topgan kuni haqida. Botir Zokirov hayoti Botir Zokirov haqida
Botir Zokirov haqida MUSIQANI TAShLAShGA MAJBUR BO`LGAN
Download 29.72 Kb.
|
Botir Zokirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONAMGA AKAMNING USTIDAN ShIKOYaT QILARDIM”
- OLIMPIYa”NI ZABT ETGAN YaGONA O`ZBEK SAN`ATKORI
Botir Zokirov haqida MUSIQANI TAShLAShGA MAJBUR BO`LGAN...
— Zokirovlar sulolasining oilasida dunyoga kelganim bu — baxt. Otam opera xonandasi — bariton, O`zbekiston xalq artisti Karim Zokirov Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida faoliyat yuritgan. Onam Shoista Saidova milliy qo`shiqlar ijrochisi sifatida mashhur bo`lgan qo`shiqchilardan edi. Keyinchalik Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatrining solisti bo`lgan. 1936 yili yosh xonandalar guruhini Moskva Konservatoriyasiga o`qishga yuborishgan. O`sha erda, aniqrog`i 1936 yilning 26 aprelida Botir Zokirov dunyoga kelgan. Oilada 5 o`g`il, 1 qizmiz. Mehmondo`st oilada dunyoga kelganmiz, xonadonimizda doim ijodiy muhit hukmron edi, o`z davrining etuk san`atkorlarining qadami uzilmasdi. Bolaligimizda otamning tez-tez Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatriga olib borishi an`anaga aylangandi. Botir akam Italiya operasiga oshiq bo`lgan, ko`pgina ariyalarni yoddan bilardi. Onam esa bizni Muqimiy nomidagi O`zbek Davlat musiqali drama teatriga olib borardi. “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi milliy asarlarimizni ko`rib ulg`ayganmiz. Botir akamning ijodining poydevori “Layli va Majnun” asari asosiga qurilgandi, hatto o`zini Majnundek his qilardi. Qisqasi, bolalikdan ijod bilan “kasallanganmiz”, desam mubolag`a bo`lmaydi. Xonadonimizga mehmon kelsa, Botir akam kichik konsertlar, operadan qisqa chiqishlar qo`yib berardi. Birinchi tomoshabini albatta, O`zbekiston xalq artistlari Tamara Xonim, Halima Nosirova, Nazira Ahmedova, Lutfiyaxonim Sarimsoqova, To`xtasin Jalilov, Mukarrama Turg`unboeva, Shukur Burhonov, Doni Zokirov kabi zabardast san`atkorlar bo`lardi. Boshqa aka-ukalarga nisbatan qiziquvchan bo`lganim bois hech bir ijodiy muloqotni o`tkazib yubormasdim. Bu albatta, yoqimli jarayon edi. Yodimda, Botir akam tinimsiz davolanish, dam olish uchun Yaltadagi sanatoriyga yuborilardi. Yosh bola bo`lishimga qaramay, ota-onamning bezovtaligidan katta akamning jiddiy xastalikka chalinganini fahmlardim. Biroq buni fojiadek qabul qilmaslik uchun o`zlarini hech nima bo`lmagandek, quvnoq tutishga urinishardi. Botir akam har borada peshqadam, hazil-mutoyibaga moyil, quvnoq edi, — deydi Farrux Zokirov o`z xotira “kitob”ini varaqlab. Botir Zokirov hozirgi O`zbekiston Davlat Konservatoriyasining tayyorlov guruhiga qatnagan. Biroq sil kasalligiga chalingani ma`lum bo`lgach, xonanda musiqani tashlashiga to`g`ri keladi. So`ng Botir Zokirov hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutining rejissura fakultetida o`qishni davom ettiradi. Vaqt o`tib, og`ir xastaligiga qaramay, qo`shiq kuylashni davom ettiradi. Va 1956 yili “Yoshlik” ansamblida ishtirok eta boshlaydi. Uning ijrosidagi arab bastakori Farid al-Atrashning “Arab tango”si ko`pgina davlatlardagi muxlislar tiliga tushgan va bu qo`shiq Botir Zokirovning “tashrif qog`ozi”ga aylangan. Shu tariqa xonanda 23 yoshida mashhurlikka erishgan. 1950-yillar Botir Zokirov turli janrlar — opera ariyalari, o`zbek xalq qo`shiqlari, xorijiy “shlyager”larni kuylovchi mashhur xonanda sifatida tilga tushadi. Chunki ijodkor ozarboyjon, eron, afg`on, turk, hind, grek, italyan, ispan, fransuz qo`shiqlarini millat tillarida sof kuylardi. “ONAMGA AKAMNING USTIDAN ShIKOYaT QILARDIM” 1958 yili Botir Zokirov professional estrada orkestri tuzish haqida bosh qotiradi. U nimaga qo`l urmasin, doim oxiriga etkazmay qo`ymagan. Orkestr Aleksandr Dvoskin rahbarligidagi estrada ansambli asosiga qurilgandi. Birinchi badiiy rahbar Sharif Ramazonov, dirijyor Aleksandr Dvoskin bo`ldi. So`ng Botir Zokirovning tashabbusi bilan Toshkentga mashhur bastakor Yan Frenkel chaqirtirilgan. Va u estrada orkestrining musiqa rahbari, qo`shiqlar sayqallovchisiga aylangan. Botir Zokirov estrada orkestrida yakkaxon xonanda edi. “Onamga “Nega akam meni orkestriga ishga olmaydi?”, deb shikoyat qilardim. Katta akam ayniqsa qarindoshlariga nisbatan juda talabchan edi. Doim “Orkestrda kuylash uchun professional darajadagi bilim kerak. Buning uchun avval o`qish zarur”, derdi. Ochig`i, o`sha vaqtda Botir akamdan xafa bo`lganman. Lekin to`g`ri yo`l tutganiga keyin amin bo`ldim. Men, ukalarim Jamshid va Ravshan Zokirovlar san`atda ozmi-ko`pmi yutuqqa erishgan bo`lsak, bari bosh tanqidchi hamda maslaxatgo`yimiz Botir akamning talabchanligi, tanbehlari sabab. Yosh ijodkor sifatida havas bilan kuy bastalay boshlaganman. Albatta ilk urinishlarim ko`ngildagidek chiqmagan. Akam “Izlanishda davom et”, derdi. 1970 yil “Majnuntol” qo`shig`ini bastalaganimdan bir yil o`tib, iste`dodli xonanda Botir Zokirov “Uka, shu qo`shig`ingni kuylasam maylimi?” deb ruxsat so`raganida boshim osmonga etgan. Boisi bu - akamning kamtarona ijodimga bergan yuksak e`tirofi edi. O`sha vaqtdagi sevinchimni so`z bilan ifoda etib berolmayman. Shu sabab ham bu qo`shiq men uchun qadrli. Hozirgi O`zbekiston Davlat Konservatoriyasining xor-dirijyorligi fakultetida o`qiganim bois yo`llanma bilan Moskva Konservatoriyasiga bordim. U erda vokal yo`nalishigina bor edi. Shunda Botir akamning “Bu yo`nalishga hujjat topshirsang, jiddiy tayyorgarlik ko`rishing kerak. O`ylab ko`r!” degan maslahati va “Ovoz imkoniyatim to`g`ri kelmaydi”, degan qo`rquv hissi bilan Toshkentga qaytganman. Otam “Eh, birortang boshqa kasbni tanlamadinglarda. Farrux, sendan yaxshi jarroh chiqardi”, derdi. San`atkor bo`lish oson emasligini nazarda tutib, shunday fikrlaganini keyin tushunganman. Chunki qaysi kasbda bo`lmasin o`rtamiyonalikni yoqtirmasdi”, deydi Farrux Zokirov. “OLIMPIYa”NI ZABT ETGAN YaGONA O`ZBEK SAN`ATKORI 1965 yili O`zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo`lgach, yana konsertlarda ishtirok etishni boshlaydi. “1966 yili Moskvadagi myuzik-xoll asoschisi Konnikov Botir Zokirov, Muslim Magomaev, Galina Miroshnichenko va Nikolay Slichenkoni Fransiyaga gastrolga taklif etdi. Mazkur festival uchun Moskvada juda jiddiy tayyorgarlik ko`rildi. Omadim kelib, bu jarayonning bariga shohid bo`lganman. Konnikov yosh Muslim Magomaevga umid bildirgandi. Biroq ommaning nazari Botir Zokirovga qaratiladi. Botir Zokirov “Yor, kel” qo`shig`ini fransuz tilida kuylaganida akamga “o`zbek Sharl Aznavuri”, deya nom berishadi. Akam olib kelgan fransuz matbuotida “Botir Zokirov Sharl Aznavurdan farqli o`laroq mikrofondan uzoqroq turib kuyladi. Yo`qsa, xonandaning ovoziga mikrofon dosh berolmay, yorilib ketgan bo`lardi”, deb yozishgandi”, deydi xonandaning ukasi Farrux Zokirov. Shu tariqa xonanda Parijdagi dunyo “yulduz”larini chiqishlariga guvoh bo`lgan eng nufuzli “Olimpiya” konsert zalini zabt etgan yagona o`zbek san`atkori bo`ldi. Fransuz ommasi o`zbek “bulbul”ini tik turib olqishlashgan. Download 29.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling