12-MAVZU. ODAM O‘TIRGAN HOLATDA BAJARILADIGAN ISHLAR BIOMEXANIKASI.
Reja:
1. Ish muhiti. Ish muhitining hajmi.
2. Boshqaruv organlarining joylashishi. Tananing holati.
3. Vizual talablar.Ish holati va ish mebellari.
4. Odam - O‘tirgan holda, bajariladigan ishlar biomexanikasi.
Eng yaxshi ish joyi bu-o’tirib yoki turib ishlash imkoniyati mavjud bo’lgan joydir. Biroq, bu-juda ham kam uchraydigan holat. Bunday holatda tanlash mumkin bo’lganda ushbu qoida doimo ko’ndalang turadi: o’tirib qilinishi mumkin bo’lgan harakatni turib bajarma.
O’tirib bajariladigan ishlaming ijobiy tomonlari qo’yidagilardir: energiyaning kam sarflanishi (ular yotgan holatdan ko’ra 5-15% ko’proq; hattoki, qo’lay vaziyatda turib ishlash jarayonidan ko’ra 15 30% ortiqroq ); qo’lning pastki qismida qonning
sust harakatlanishi (bu ayniqsa ishlayotgan ayollar uchun juda ham muhimdir); nozik va aniq ishlami bajarish uchun eng yaxshi qo’laylik; oyoq-qo’lning pastki qismini boshqarish imkoniyatidan foydalanish demakdir.
Ammo, o’tirib ishlash ham kamchiliklardan holi emas. Hammaga ayonki, kasalliklar aynan o’tirib ishlaydigan ishchilarda nomoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, o’tirib ishlaydigan ishjoylari hartomonlamato’g’ritashkillashtirilishi lozim.
Ish joyi, boshqaruv organining aniq joyini va uning joylashuv ko’rinishini ta’riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |