1. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni


Download 353.98 Kb.
bet1/28
Sana04.05.2023
Hajmi353.98 Kb.
#1425319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3 Мавзу Ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlar, mulkchilik


3-Мавзу: Ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari VA SAMARADORLIGI. IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI


Reja:

1. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

2. Ishlab chiqarishning natijalari va ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.


3. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari.
4. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’yektlari va sub’yektlari.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qayerda qo‘llanilishini va qanday bo‘lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘lmoqda.


Ushbu mavzuda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Mavzuning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.


1. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.




Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart.

Download 353.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling