1. Islom dini 10. Islom dini birinchi bo'lib qabul qilgan inson kim?


Download 10.82 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi10.82 Kb.
#1109534
Bog'liq
5 -sinf. Svoya igra


5 -sinf
1. ISLOM DINI
10. Islom dini birinchi bo'lib qabul qilgan inson kim?
J: Xadicha onamiz
20. Qur'ondagi eng uzun sura aynan shu sura hisoblanadi. Qaysi sura?
J: Baqara surasi
30. Ushbu sura ochuvchi sura ham deb ataladi. Islom dini mafkurasi va axkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun "Ummul- Qur'on" ya'ni "Qur'onning onasi" deb nom berishgan. Qaysi sura?
J: Fotiha surasi
40. Fil voqeasida Kabani buzishga kelgan Yaman hukmdorini yengishda yordam bergan qushlarning nomi qanday edi?
J: Abobil qushlari
50. Madinani himoya qilishda payg'ambarimiz xandaqdan foydalanadi. Qaysi sahoba Payg'ambarimizga xandaq qazish kerakligi haqida aytgan edi?
J: Salmon Al -Forsiy
2. Islom Dini 2
10. Qur'ondan keyingi muqaddas kitob U hisoblanadi. Qaysi kitob?
J: Hadis
20. Uni to'plash dastlab Abu Bakr davrida boshlangan. Xalifa Usmon davrida yagona xolga keltirilgan. Uni ayting.
J: Qur'oni Karim
30. Islomdagi Xanafiylik mazhabi ushbu inson nomiga borib taqaladi. Qaysi inson?
J: Imomi Azam
40. U iymondan boshlanib, sayohat bilan tugaydi. Uni ayting.
J: Islomdagi 5 ta farz.
50. Payg'ambarimizga tegishli bo'lgan eng mashhur qilich Ushbu qilich hisoblanadi. Uni Badr jangida qo'lga kiritgan. Qaysi qilich?
J: Zulfiqor
3. Mashhur sayyohlar, dengizchilar
10. 1492-yili asli italiyalik bo'lgan bu inson Hindistonni topish uchun yo'lga chiqqan. Lekin boshqa Hindistonni emas boshqa joyni kashf etgan. Bu inson Kim?
J: Xristofer Kolumb
20. Jyul Vernning bir mashhur asari qahramoni Filias Foks London boylari bilan garov o'ynab dunyoni shuncha kunda aylanib chiqishga va'da beradi. Necha kunda?
J: 80 ( Dunyo boylab 80 kun)
30. X Kolumb ochgan yerlar Hindiston emas Yangi qit'a degan xulosaga kelgan mashhur inson kim?
J: Amerigo Vespucci
40. U o'z sayohatini 1519-1522-yillarda amalga oshiradi va dunyoni aylanib chiqqan birinchi inson sifatida tarixda qoladi. Uning kimligini ayting.
J: Ferdinand Magellan
50. Ushbu italiyalik sayyoh 1271-1295-yillari sayohat qiladi. Sayohatining 18 yilini Xitoyda o'tkazadi. Ushbu sayyoh kimligini ayting.
J: Marko Polo
4. ALLOMALAR
10. Bu alloma 783-yili tug'ilgan. Uning asari nomidan matematikaga oid bir fan nomi kelib chiqqan. Qaysi alloma?
J: Muso al-Xorazmiy
20. Ushbu alloma 797-yili Quva shahrida tug'ilgan. 2007-yili esa Nil sathini o'lchaydigan asbob qurgani uchun unga Misrda haykal o'rnatishgan. Qaysi alloma?
J: Ahmad al-Farg'oniy
30. Bu olimning "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlari bor. U X.Kolumbdan 5 asr oldin Amerika qit'asi mavjudligini taxmin qilgan. Uning kimligini ayting.
J: Abu Rahyon Beruniy
40. Bu inson 980-yili Buxoroning Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Uning Tibbiyot sohasidagi asari XVII asrgacha Yevropa universitetlarida darslik sifatida qo'llanilgan. Bu inson Kim?
J: Abu Ali Ibn Sino
50. 873-yili tug'ilgan bu olim 70 ga yaqin tilni bilgan. Arastudan keyin Muallim us soniy ya'ni Ikkinchi Muallim nomiga sazovor bo'lgan. Bu qaysi alloma?
J: Abu Nasr Farobiy
5. ALLOMALAR 2
10. Qabri Samarqand viloyatida joylashgan bu alloma umri davomida 7 mingdan ziyod Sahih hadislarni to'plagan. Bu insonning kimligini ayting.
J: Imom al-Buxoriy
20. XV asr o'rtalarida tug'ilgan bu bobomiz Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydan keyin bu asarni turkiy tilda yaratgan birinchi inson hisoblanadi. Uning kimligini ayting.
J: Alisher Navoiy
30. 1394-yili Ozarbayjonning Sultoniya shahrida tug'ilgan bu bobomizning asl ismi Muhammad Tarag'ay bo'lgan. Munajjimlar yulduzlarga qarab uning ULUG'ishlar qilishini bashorat qilishganidan keyin biz bilgan nom bilan atashgan. Bu inson kim.
40. Bu bobomiz 12 yoshida taxtga o'tirgan. Janglarda SHERday olishgani uchun shunday nom olgan. 1530-yili o'zga yurtda vafot etgan.
50. Islomdagi eng mashhur tariqatlardan biriga asos solgan bu insonning qabri Buxoroda joylashgan bo'lib, uning tariqatining asosini Dilbayoru dastba kor ya'ni Kongling Allohda bo'lsin qo'ling mehnatda so'zlari tashkil etadi. Bu inson Kim?
J: Boxovuddin Naqshband
6. Poytaxtlar
10. Bu shahar qadimda Tarkan, Binkat, Choch, Shosh kabi nomlar bilan atalgan. Qaysi shahar?
J: Toshkent
20. Bu shaharga 753-yili aka-ukalar tomonidan asos solingan. Uning ramzi ona bo'ri hisoblanadi. Qaysi shahar?
J: Rim
30.Ushbu shaharga XVIII asrda o'sha davlatining birinchi prezidenti nomi qo'yilgan. Qaysi shahar?
J: Washington
40. Osiyodagi ushbu shaharning bunday atalishiga sabab sifatida shahar joylashgan yerda haftaning birinchi kuni katta bozor ochiladigan qishloq bo'lganligi aytiladi. Qaysi shahar?
J: Dushanbe
50. Ushbu shahar Rossiya hududidagi bir davlatning poytaxti bo'lib, 1-mingyillik oxirida Qozon daryosi bo'yida bulg'or tomonidan asos solingan. Siz bu shaharni olmaganingiz aniq. Qaysi shahar?
J: Qozon
7. Kelendarlar
10. Qadimgi Misrliklar taqvimni aynan Unga qarab aniqlashgan. Uning bir marta sodir bo'lishidan 2-marta sodir bo'lishigacha ketgan vaqt 365 kun bo'lgan. Uni ayting.
J: Nil, Nil toshqini
20. Yuliy Sezar Misrliklar kalendaridagi 4 yilda 1 kun ortib qolganligi tufayli o'z kalendarida Uni joriy qiladi. Nimani?
J: 29-fevral
30. Bu kalendarda yil davomiyligi 354 kun bo'lib, 622-yildan boshlanadi. Qaysi kalendar?
J: Hijriy kalendar
40. Bu kalendarni italiyalik o'qituvchi Luidjo Lulio taklif etgan bo'lib, 1582-yili joriy qilingan. Biz bu kalendarni hozirda boshqa nom bilan bilamiz. O'zbekiston 1918-yili bu kalendarni qabul qilgan. Qaysi kalendar?
J: Grigory kalendari
50. Ushbu kalendar dunyodagi eng aniq kalendar hisoblanadi. Lekin deyarli foydalanilmaydi. Uning muallifi 1048-1131-yillarda yashagan mashhur fors matematik olimi hisoblanadi. Biz bu olimni ruboiylari bilan ko'proq taniymiz. Bu qaysi kalendar?
J: Umar Xayyom kalendari
8. Ixtirolar
10. U 1876-yili Aleksandr Bell tomonidan ixtiro qilingan. Unda aytilgan birinchi so'z "Hello" bo'lgan. Qaysi ixtiro?
J: Telefon
20. Uni 1895-yili rus olimi Aleksandr Popov ixtiro qilgan. Yangi chiqqan jentra avtomobillari tufayli hatto uni ham eshita olmaysiz. Uni ayting.
J: Radio
30. Uning muallifi Robert Fulton hisoblanib, Atlantika okeanini 26 kunda suzib o'tgan. Kemalardan farqi Unda bug' dvigatellari mavjudlida edi. Qaysi ixtiro?
J: Poroxod
40. U birinchi marta italiyalik olim Galileo Galiley tomonidan ixtiro qilingan. Lekin Mirzo Ulug'bek uchun uning keragi ham bo'lmagan, usiz ham o'z izlanishlarini olib olib borgan. Qaysi ixtiro?
J: Teleskop
50. Amerikalik sog'liqni saqlash mutaxassislari bu ixtironi inson uchun xavfli deb hisoblashgan. Sababi bu ixtiro insonni kamharakat bo'lishga, uzoq vaqt bir joyda o'tirishga va ortiqcha vazn to'plashga olib kelishini isbotlashgan. Qaysi ixtiro?
J: Televizor pulti
Download 10.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling