1. Issiqlik va elektr energiyasiga tarifllar. Yoqilg’i energetika resurslarini me’yorlash bo’yicha texnik-iqtisodiy korsatkichlar
Download 286.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMaruza. 9 (1)
Maruza: Elektr taminoti tizimida energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari. Reja: 1.Issiqlik va elektr energiyasiga tarifllar. 2. Yoqilg’i energetika resurslarini me’yorlash bo’yicha texnik-iqtisodiy korsatkichlar. Issiqlik va elektr energiyasining iste`molchilari va yetkazuvchilari orasidagi iqtisodiy o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda issiqlik va elektr energiyasiga tariflar quyidagilar bilan aniqlanadi ular: elektr energiyasini ishlab-chiqarishda, uni uzoq leniyalarga uzatish va taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajat turlarini, hamda rejada ko‘zda tutilgan chegirma va jamg‘armalarni aks ettirishi; energiyani ishlab-chiqarish va istemol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha halq xo‘jaligi xarajatlarini pasaytirish yo‘lini ishlab chiqib va ularga tubdan yordam berish; issiqlik va elektr energiyasining sifatini barqaror holatda oshirish va hisobga olish; iloji boricha elektr energiyani o‘lchashning va iste`molchilar bilan hisob- kitobning soddaroq yani oddiy variantlarini ishlab chiqib ularni bu usul bilan ta`minlashidir. Yashil energetikani rivojlantirish uchun esa katta miqdorda moliyaviy sarmoya talab etiladi. Bu boradagi loyihalarni ro’yobga chiqarish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish elektr energiyasiga iqtisodiy jihatdan jozibador tariflarni joriy etish evazigagina mumkin bo’ladi bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim: energiya tejamlovchi va ularni istemolini nazorat qiluvchi tashkilotlarni ishlashi uchun normal iqtisodiy sharoitlar yaratish. yuridik shaxslar va aholini issiqlik energetikasi bilan ustuvor ta`minlash; issiqlik energiya iste`molchilarini energiya ta`minlovchi tashkilotlarning tabiiy monopoliyasidan himoya qilish; Bug‘ va issiq suvdan iborat issiqlik energiyasining narxi qozonlarning pasport ko‘rsatkichlari yoki IEM kollektoridan turbina olayotgan joydagi 1Gkal uchun bo‘lgan tarif bilan aniqlanadi. Bunda iste`molchilarga kelib tushayotgan bug‘dagi issiqlik energiya soni, shartnomada ko‘rsatilgan bug‘ning o‘rnatilgan parametrlari bo‘yicha bug‘ning og‘irlik sonini uning issiqlik qiymatiga ko‘paytirish bilan aniqlanadi va energiya ta`minlovchi tashkilot va iste`molchilarni bo‘lib turgan issiqlik tarmog‘i chegarasida hisobga olinadi. Bo‘lish chegarasi issiqlik tarmoqlarining balans belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Issiqlik energiyasiga tariflar kondensatorning ko‘paytirishini hisobga olgan holda o‘rnatiladi. Qaytarilmagan kondensat uchun iste`molchi qo‘shimcha (10-20%ga ko‘p) to‘lashi kerak. Kondensatni qaytarganligi uchun iste`molchilarni rag‘batlantirish energiya tejash masalasini echishning yana bir yo‘llaridan hisoblanadi. Iste`molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun to‘lov (aholidan tashqari) tasdiqlangan tariflarni indeksatsiya kilish mexanizimini qo‘llagan holda qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. AQSH dollariga nisbatan qiymati (yoki issiqlik energiyasining iste`molchilarini to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish); K d - tariflarni dollar ekvivalentiga o‘tkazish koeffitsienti, bu koeffitsient ularni o‘rnaltilgan vaqtida aniqlanadi (K d – 1/ K b , bu erda K b – amaldagi tarif o‘rnaltilgan kunida o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursi qiymati). O‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan bazaviy (asosiy) tarifning tashkil etuvchilariga quyidagilar kiradi: yoqilg‘i mahsulotlari (gaz, mazut, dizel, yoqilg‘i va h.k.); sotib olinadigan energiyaga ketadigan barcha xarajatlar; respublikada ishlab-chiqarilmaydigan, texnalogik asbob-uskunalarni tamirlashdagi xizmatlar uchun ketgan qo‘shimcha mablag‘lar; rezident bo‘lmaganlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab-chiqarish harakteriga ega bo‘lgan xizmatlar. Bazaviy tariflarni hisoblaganda, qolgan xarajatlarni tashkil etuvchilari (ish haki, amortizatsion chegirma, boshqa pul sarflari va h.k.) bilan birga, tariflarning indeksatsiya qilinmaydigan ulushini aniqlaydigan, o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan bo‘lgan kursini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan, bu esa tashkil etuvchilarning rejaviy ulushini aniqlaydilar. Elektr energiyaga bo‘lgan tariflar tizimining asosiy ko‘rinishlari qo‘yidagilardir: elektr energiya hisoblashi bo‘yicha bir stavkali tarif; tirkalgan elektr qabul qiluvchilar quvvati uchun asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif; maksimal yuklanishni to‘laydigan ikki stavkali tarif; energiya tizimining maksimumda ishtirok etadigan iste`molchining quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif; kecha – kunduz, hafta kunlari, yil fasllari vaqti bo‘yicha differentsiallangan, bir stavkali tarif. Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko’r-ko’rona foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo’llash amaliyoti qonunchilikda belgilab qo’yilmagani bebaho ne'matning iste'molchilar tomonidan huda-behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi chiroq yoqib qo’yish, televizorning ko’rilsa- korilmasa muntazam yoniq turishi va hokazo... Hozirgi kunda Respublikamizda elektr energiyasi uchun o’rnatilgan tariflar yaqin va uzoq xorijdagi davlatlarga nisbatan ancha pastdir. Masalan, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi Qozog‗istonda 5,1 sent, Rossiyada 5,8 sent, Hindistonda 5 sent, Xitoyda 5,6 sent, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 9-14 yevrosent bo’lgani holda yurtimizda 2,8 sentdir. Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko’r-ko’rona foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo’llash amaliyoti qonunchilikda belgilab qo’yilmagani bebaho ne'matning iste'molchilar tomonidan huda-behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi chiroq yoqib qo’yish, televizorning ko’rilsa- ko’rilmasa muntazam yoniq turishi va hokazo... Elektr energiyaga bir stavkali tarif bo‘yicha berilgan elektr energiya miqdoriga to‘lash bilan, iste`molchidan elektr energiya tizimi (EET) uchun birmuncha o‘rtacha narx bo‘yicha hisoblagichda hisobga olinib, iste`mol qilingan elektr energiya uchun to‘lov olinadi. Elektr energiyani kelajak yillik iste`moli yetarli darajada aniq bashorat qilingani uchun, elektr energiyadan foydalanganligi uchun barcha to‘lovlar, EET barcha sarflarni yopadi va rejali tushumlarni ta`minlaydi. Bir stavkali tarif, iste`molchini elektr energiyani ishlab-chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan narxlarga sarfini qisqartirishni, elektr qabul qiluvchilarni ishlash rejimini va elektr ta`minotini rasional tizimini yaratishni rag‘batlantiradi, chunki ushbu korxona xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Lekin elektr energiya narxini kecha – kunduz vaqti bo‘yicha differentsiallashning bo‘lmaganligi, iste`molchini maksimum soatlarda yuklamani tushirish va kechasida pasayish soatlarida yuklamani ko‘tarishni rag‘batlantirmaydi, ya`ni EET yuklama grafigini tekislashga ta`sir qilmaydi, va natijada elektr energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatni pasaytirmaydi. Tirkalgan elektr qabul qiluvchi quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif, tirkalgan elektr energiya qabul qiluvchilarning ja`mi quvvati uchun to‘lovni va hisoblagich hisobga olgan iste`mol qilingan elektr energiya (W), kVt.s uchun to‘lovni ko‘zda tutadi. Bunday tarifni amal qilishining zarurligi, zamonaviy yirik sanoat korxonalarining o‘rnalgan quvvati yuz va ming megavolt – amperni tashkil etganligi bilan bog‘liq, qator hollarda elektr jihozlar va elektr ta`minotiga bo‘lgan xarajatlar korxona narxining 50% ni tashkil etadi. Elektr ta`minoti tizimini qurish uchun katta miqdordagi kabel mahsuloti va qurilmalar sarf bo‘ladi. Sanoat sohalaridagi elektr jihozlarning o‘rnalgan quvvati elektr stansiyalarining o‘rnalgan quvvatidan ortiq va yildan-yilga o‘sib bormoqda. Bu texnologik jarayonlarni keng elektrlashtirish, shaxsiy elektr yuritmalardan foydalanish bilan aniqlanadi. Elektr ta`minoti tizimini rasionalizatsiya qilish va ularni energiya sarfini pasaytirish uchun ularda bevosita elektr qabul qiluvchilar oldida energiyani ishchi kuchlanishga aylantirish va uzatishni amalga oshiradigan ta`minot liniyalarining chuqur kirishlarini qo‘llab amalga oshiradigan elektr energiyani taqsimlash, transformatsiyalashni o‘zgartirish va kommutatsiyalashni markazlashtir-maslik qabul qilingan. Bunda transformatsiyalash zinalari qisqartiriladi. Nimstantsiyalarni yiriklashtirmaslik toklarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, elektr yo‘qotishlarni pasaytirishga olib keladi. Lekin transformatsiyani markazlashtirmaslik, odatda markazlashgan transformatsiyadagi zarur bo‘lgan transformator quvvatiga nisbatan chuqur qirishli nimstantsiyalarda o‘rnatilgan trasformatorlarning ja`mi quvvatini ortishiga olib keladi. Bunday tarifda iste`molchi korxona elektr ta`minotining eng ratsional sxemasini tanlash xuquqiga ega bo‘ladi, EET maksimumida ishtirok etuvchi quvvatni pasaytirishga manfaatdor (chunki shunga mos ravishda uning xarajatlari kamayadi) va elektr energiyani noishlab chiqarishga sarfini qisqartirishga harakat qiladi. Yuklama maksimumining kamaytirish va iste`mol grafigining boshqa tomonga surish, grafikni tekislaydi va natijada ishlab chiqarilayotgan elektr energiya sarfini pasaytiradi. YoER lardan ratsional foydalanish tabiiy gazga mavsumiy narxlarni va issiqlik hamda elektr energiyalarga mavsumiy tariflarni o‘rnatish bilan rag‘batlantiriladi. Qishloq va shahar aholisi uchun elektr energiyaga differentsiyalangan tarmoqlar mavjud. Elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi shahar aholisi uchun elektr energiyaga bo‘lgan tariflar, boshqa hamma shahar aholisi uchun bo‘lgan tariflardan pastdir. Gaz hisoblagichi mavjud bo‘lgan yashash uylarida 1m3 iste`mol etilayotgan gaz uchun tarif o‘rnatilgan bo‘lib, isitish mavsumida bu tarif past (agar gaz bilan isitish mavjud bo‘lsa) va yozgi davrda yuqori bo‘ladi. Agar gaz bilan isitish mavjud bo‘lmasa tarif barcha vaqtda bir xil bo‘ladi. Gaz hisoblagich bo‘lmagan uylarda to‘lov har oyga kishi boshiga tarif o‘rnatiladi. Bunda bu tarif xonada gaz plitalari mavjudligiga bog‘liq holda differentsatsiya qilinadi va: issiq suvlarning markazlashgan hududiy ta‘minotida; tabiiy gaz yordamida suv isitgich moslamalari (markazlashgan issiq suv ta`minoti mavjud bo‘lmaganda); issiq suvlarning markazlashgan hududiy ta‘minotida va tabiiy gaz yordamida suv isitkich moslamalari bo‘lmaganda; Aholining yashamaydigan xonalarini teplitsa (issiqxona), texnikani ta`mirlaydigan ustaxona, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish xonalari va h.k.) isitish uchun gaz berish sanoat iste`molchilari uchun o‘rnatilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda bu imoratlarda gaz hisoblagichi bo‘lsa to‘lov hisoblagichni ko‘rsatkichi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi, agar gaz hisoblagich bo‘lmasa isitilayotgan xonaning 1 kv.m ga gaz ketishining tasdiqlangan normasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 286.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling