1. IX asrda "Qaroviyun" ilm dargohi qaysi shaharda tashkil etiladi
Download 28.41 Kb.
|
jahon t 7 may
1. IX asrda “Qaroviyun” ilm dargohi qaysi shaharda tashkil etiladi. A) Tunisda B) Qohirada C) Buxoroda D) Fesda (Marokash) 2. Yerning kattaligini oʻlchashda yangi usul qoʻllab, bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblab, shu asosda Yerning meridian aylanasining uzunligini hisoblab chiqargan alloma? A) Beruniy B) Farobiy C) Al-Ma’sudiy D) Al-Farg‘oniy 3. Kimlar Xitoydan choy yetishtirishni, qimmat pergament o‘rniga arzon qog‘oz tayyorlashni, porox va kompasdan foydalanishni o‘rganganlar? A) xitoy B) arab C) hind D) okeaniya 4. Mo‘g‘ullar Koryo qirolligini bosib olganidan 176 yil oldin ……. A) sharqdan mo‘g‘ullarning bostirib kelishi Koʻnya sultonligini ancha zaiflashtirib qo‘yadi. B) Chingizxonning nabirasi Botuxon Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari boshladi. C) Xitoy mo‘g‘ullar hukmdori Xubilay tomonidan butunlay bosib olinadi. D) Saljuqiy turklar Bag‘dodni egallab, xalifani dunyoviy vazifalardan chetlatadi. 5. Xalifalikdan ilk mustaqil amirlik qayerda 756-yili ajralib chiqadi? A) Ispaniya B) Italiya C) Liviya D) Misr 6. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan saljuqiylar o‘z harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Ular Saljuqning nevarasi kimni hukmdor deb e’lon qiladilar? A) Alp Arslon B) Chagʻirbek C) Malikshoh D) To‘g‘rulbek 7. Kimlar boshqa qabilalar yerlarini bosib olib, And tog‘laridan Tinch okeanigacha bo‘lgan ulkan hududda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatadilar? A) asteklar B) mayya C) ink D) barbar 8. Tarixiy taraqqiyot davrida kimlarda dastlab qabila ittifoqlari, keyinchalik ilk davlatlar vujudga keladi? A) german B) slavyan C) arab D) mayya 9. German imperatori Genrix IV Rim papasiga qarshi kurashdagi yordami uchun qaysi davlat knyaziga qirollik tojini in’om etgan? A) Chexiya B) Polsha C) Kiyev Rusi D) Bolgariya 10. Yevropada birinchi universitetlar nechanchi asrlarda paydo bo‘lgan? A) IX–XI B) IX–XII C) X–XI D) XI–XII 11. Qurdoba xalifasi kutubxonasida 400 ming qo‘lyozma saqlangan asrda vujudga kelgan davlatni toping? A) Koryo B) Buyuk Moraviya C) Saljuqiylar davlati D) Vizantiya 12. Oʻrta asarlarda qaysi davlatda shaharliklar orasida shoirlar talaygina bo‘lgan, hatto ularning musobaqalari ham o‘tkazilgan? A) Xitoy B) Koreya C) Hindiston D) Yaponiya 13. Islom dinining qaysi davlat zaminiga kirib kelishi VII–X asrlarda arab savdogarlarining dengiz yo‘llari orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish davriga to‘g‘ri keladi? A) Xitoy B) Koreya C) Hindiston D) Yaponiya 14. Karlning otliq qo‘shini arablarning hujumini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan jang necha kun davom etgan? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 15. Toʻgʻri mulohazalarni toping: 1. Olimlarning fikricha, Amerika qit’asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil avval o‘ta boshlagan. 2. Hozirgi Polsha davlati o‘rnida IX asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati paydo bo‘ladi. 3. X asr oxirida Anatoliyani to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar u yerda Ko‘niya sultonligini tuzishadi. 4. "Changcheng" so‘zi xitoy tilida "uzun devor" degan ma'noni anglatadi. Bu devor sayyoramizdagi eng uzun devor. 5. Asosiy qo‘shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida “kejim”deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar shay holatda turar edi. 6. Yaponlarning ajdodlari orollarga qit’adan ko‘chib o‘tganlar va shimoldagi Xokkaydo orolida yashovchi aynlar kabi mahalliy qabilalarni surib chiqarganlar. A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 2, 4, 6 16. Shirkuh vafot etgach, uning jiyani Salohiddin Misrda hokimiyatni to‘liq qo‘lga olib, qanday davlatni tuzadi? A) Ismoiliylar B) Fotimiylar C) Xulokiylar D) Ayyubiylar 17. Janubiy slavyanlarga mansub boʻlmaganini toping? A) serblar B) xorvatlar C) chernogorlar D) slovaklar 18. Buyuk Xitoy devori sayyoramizdagi eng uzun devor bo‘lib, uning qurilishi miloddan avvalgi IV asrdan boshlanib, ko‘p asrlar davomida, ya'ni ……-yilga qadar qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilgan. A) 1441 B) 1644 C) 1649 D) 1689 19. Pecheneglar bu …… A) vengerlar B) xunnlar C) bijanaklar D) avarlar 20. Xuloku Eronni qachon bosib oldi? A) 1055 B) 1250 C) 1256 D) 1258 21. Qaysi davlat sollarda “suzuvchi dalalar” ham yaratganlar? A) asteklar B) mayya C) ink D) barbar 22. 1055-yil Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qiladi, Abbosiylar saljuqiylarga tobe bo‘lib qolishadi. Xalifa …..(22) (1031–1075) hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni …….(23) hamda “Sharq va G‘arb podshohi” deb tan olishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa saljuqiylar Amudaryodan Frot daryosigacha bo‘lgan hududda o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar. A) Al-Qoim B) Mustasim C) Al Mansur D) Horun ar Rashid 23. A) xon B) imperator C) sulton D) amir 24. U Perudagi balandlikda joylashgan bo‘lib, inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Bu ….. A) Kusko B) Tenochtitlan C) Kusko D) Machu-Pikchu 25. O‘rta asrlarda Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda hinduiylik, buddaviylik va islom dinlari o‘rtasidagi kurashda qanday sivilizatsiya shakllangan? A) xitoy B) arab C) hind D) okeaniya 26. Al-Hamro saroyi qaysi shaharda joylashgan? A) Granada B) Seviliya C) Neopol D) Kardova 27. Qaysi alloma yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning “Yulduzlar jadvali“ asarida berilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning geografik koordinatalarini yangidan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etadi? A) Beruniy B) Farobiy C) Al-Ma’sudiy D) Al-Farg‘oniy 28. Hukmdor libosining rangi u hukmdor bo‘lgan yerning ramzi bo‘lgan, kashtalardagi ajdarholar osmon va zaminni ifodalagan davlatni toping? A) Moʻgʻullar davlati B) Saljuqiy turklar C) Xitoy D) Yaponiya 29. XII asrda yuz bergan jangni toping? A) Valiyon B) Kalka C) Lenyano D) Ayn-Jalut 30. Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo qirolligiga asos solingan asrda ….. A) anglosaks davlatlari birlashtirilib, mamlakat umumiy nom bilan “Angliya”deb atala boshlandi. B) Fransiyaning deyarli butun hududida Filipp II ning hukmronligi o‘rnatilib, qirol hokimiyati ancha mustahkamlanadi. C) Otton I Muqaddas Rim imperiyasiga asos soldi. D) Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, saljuqiylar Mahmud Gʻaznaviyning roziligi bilan Xuroson yerlariga ko‘chib o‘tadilar. Download 28.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling