O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Magistratura bo’limi
Qo’lyozma huquqida
UDK: 821.512.133
Muxtorova Dildora Istamovna
ALISHER NAVOIY “AYN UL-HAYOT “ QASIDASI :NASHRLAR .ASLIYAT,TARJIMA VA BADIYAT.
Mutaxasislik: 70230301–Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: Filologiya fanlar doktori, (DSc), dotsent N.J.BEKOVA
Buxoro-2023
Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti
Filologiya fakulteti
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan
Ilmiy rahbar: _________ f.f.d., (DSc), dotsent N.Bekova
Kafedra mudiri: _________ f.f.d., (DSc), dotsent H. Eshonqulov
Magistratura bo`limi boshlig`i: ________f-m.f.f.d, (PhD), dotsent A. Turayev
ALISHER NAVOIYNING “AYN UL –HAYOT” QASIDASI : NASHRLAR, ASLIYAT,TARJIMA VA BADIYAT.
ANNOTATSIYASI
Tayanch so`zlar: “Devoni Foniy”, To’la asarlar to’plami, Mukammal asarlar to’plami, Asarlar, 15 tomlik, 20 tomlik, 10 tomlik, qasida, asliy matn, nashr, tafovut, tarjima, qiyosiy tahlil, matniy tafovut.
Tadqiqot obekti Alisher Navoiyning “Devoniy Foniy” asari(15 tomlik to’la asarlar to’plamidan 5-tom 1 va 2-kitoblari, 20 tomlik mukammal asarlar to’plamidan 20-jildlar, “Ayn ul- hayot” qasidasining asliy matni, 10 tomlik asarlardan 5-tom) tadqiqotning obyekti sifatida tanlangan.
Ishning maqsadi: Alisher Navoiyning “Devoni Foniy” asarini 15 tomlik, 20 tomlik va 10 tomlik nashrlaridan “ Ayn ul –hayot “ qasidasining matniy tafovutlarlarini aniqlash, ularning ma’no va badiiyatga ta’sirini ilmiy izohlash.
Tadqiqot metodlari: Dissertatsiyada tarixiy-qiyosiy, tavsifiy, sharhlash metodlaridan foydalanildi.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
Alisher Navoiyning “Devoni Foniy” asarini 15 tomlik, 20 tomlik va 10 tomlik nashrlaridan “ Ayn ul –hayot “ qasidasining matniy tafovutlarlarini aniqlash, ularning ma’no va badiiyatga ta’sirini ilmiy izohlash masalasining ilk bora yaxlit tadqiqot holida o`rganilishi ishning yangiligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |