Ayn ul-hayot
Download 202.37 Kb.
|
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH
I bob yuzasidan xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Navoiy “Sittai zaruriya” to`plamiga kirgan qasidalarda Qur’onga, Muhammad payg`ambarga nisbat berilgan shariat qonun-qoidalariga amal qilishga, odil, faqirona hayot kechirishga chaqiradi. U faqirona hayotni adolatsizlikka, zulmga, jaholat dunyosiga qarshi qo`yadi.”Ayn ul hayot sidasida ham Muhammad S.A.V ning Me’rojga chiqishlari va butun koinotning bus afar uchun tayyorgarlik ko’rgani, koinotda Oy ,yulduz va sayyoralar farishtalar makoni sifatida tasvirlanadi.Alisher Navoiy go’zal misralar bilan bu jarayonni tasvirlab , Allohning habibi , yer yuzidagi barcha musulmon ummatlarining mag’firat aylanishini Alloh taolodan so’ragan zotga o’z sevgisini ifodalagandek go’yo. Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy Me’roj voqeasini tasvirlashda har bir asarda o‘zgacha o‘xshatish, boshqacha tasvirlardan foydalangan. Ularning eng mukammali hisoblangan, biz yuqorida o‘rgangan bob ham badiiy adabiyotdagi Me’roj voqeasi tasvirining go‘zal namunasi hisoblanadi. Me’rojnoma boblarda Navoiy o‘zining ham diniy, ham falsafiy, ham kosmogonik qarashlarini badiiy ifodalab bergan. Me’roj voqeasi inson kamolotining cho‘qqisi sifatida doim Navoiyni hayratlantirib, zavqlantirib kelgan. Me’rojnoma boblar va me’rojnoma g‘azallar orqali komillikka intilish g‘oyasini ilgari surgan. Bunday boblar va asarlarni o‘rganish biz uchun har taraflama foydalidir 2-bob. “Ayn ul -hayot”: asliyat, tarjima va badiiyat. 2.1. Qasidada qo’llangan qofiyalarning badiiy talqini “Sittayi zaruriya”ning ikkinchi qasidasi “Ayn ul –hayot “ dir .Shoirning nbu qasidasi “Ruh ul-quds “da ifodalamoqchi bo’lgan falsafiy qarashlarini yanada chuqurroq ochishga xizmat qiladi . U so’fiyona mazmun bilan sug’orilgan. “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”) deb nomlangan. Hajman 106 bayt bo‘lib, mazmuniga ko‘ra na’t qasida hisoblanadi. Qasidaning yaratilgan yili noma'lum. “Ayn ul-hayot” olam sarvari, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak me'rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh, arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg‘ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari tasviriga bag‘ishlangan. “Ruh ul-quds” kabi “Ayn ul-hayot” qasidasi ham “tab'i xud”, ya'ni mustaqil ravishda yozilgan asarlardan hisoblanadi. Bu asarda Foniy an'anaviy me'roj mavzusini yangi, toza tasvirlar bilan yoritadi, aql qudratidan xorij bo‘lgan bu mo‘jiza vasfida so‘zning qudratidan foydalanadi. Qasida muraddaf bo‘lib, “afganand” (tushirishar) radif vazifasini bajargan. Me'rojning lug‘aviy ma'nosi esa, “ko‘tarilmoq”, “Haq taolo huzuriga yuksalmoq”dir. Ham jismoniy, ham ruhiy uruj (yuksalish) tasviri va tavsifiga bag‘ishlangan baytlarni “tushirmoq” ma'nosini anglatuvchi radifning mantiqiy mehvari atrofiga birlashtirish katta san'atkorlik talab qiladi. Bir yuz-u olti baytda “tushirmoq” so‘zini qo‘llab, sarvari koinotning ma'naviy kamoloti, koinot gultojining yuksak maqomi va martabasini belgilovchi, kufr va iymon ahli o‘rtasidagi farqni uzil-kesil belgilab beruvchi mo‘jiza – me'roj kechasini ta'riflash orqali Foniy forsiy she'riyatda ham zabardast shoir ekanligini isbotlab bergan. Qasida quyidagi matla' bilan boshlanadi: Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand, Jilva dar xayli butoni mohsiymo afganand. (Mazmuni: Tun hojib – pardadorlari qora chodirlarini tushirgan paytda Oy yuzli sanamlar xayliga jilva – nur tushiradilar). Bu baytdagi har bir istiora bir necha ma'noni ifoda etadi. “Tun hojiblari” istiorasi qo‘riqchi farishtalar ma'nosini ifodalaydi. “Savdo” so‘zi qoralik ma'nosidan tashqari, “muhabbat, shaydolik, tayyorgarlik, faol harakat” ma'nolarini ham ifodalaydi. “Butoni mohsiymo” – osmondagi sobit-u sayyoralar. Demak, tun farishtalari Payg‘ambarimiz (s.a.v.) me'rojining taraddudiga muhabbat bilan kirishib, osmonga qora chodir tushirdilar, oy tal'atli sayyoralarni bezatdilar, demoqchi shoir. Shu tariqa, 40 bayt davomida tashxis, istiora, tashbeh, iyhom kabi mushtarak va ma'naviy san'atlar vositasida me'roj kechasi tasvirga tortiladi. Bu baytlarda osmon jismlari va tungi manzara ham badiiy obraz, ham moddiy mavjud ashyo kabi taassurot uyg‘otadi. Qasidada osmon faqat sayyora va yulduzlar makoni emas, balki farishtalar maskani, ruhlar olami, pok va ulug‘vor manzil, tiriklik sarchashmasi, hayot ko‘zgusi sifatida tasvirlangan. Me'roj kechasining tasviriga bag‘ishlangan yana bir xususiyat – baytlar yuqori ko‘tarinki ruh, farahbaxshlik bag‘ishlovchi, ohangdor so‘zlar tizimidan tarkib topgan. Chiroyli o‘shatishlar va tashxis unsurlari yordamida yetti sayyora va o‘n ikki burjning asosiy xususiyatlari qalamga olinadi. Qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (afoyili va taqti'i: foilotun foilotun foilon – V– – /– V– – / – V~ ) vaznida yozilgan. “Navoiy ijodi - hikmat va tamsillar, har zamon, har davr uchun ham saboqbo‘ladigan o‘lmas g‘oyalar, fikr-qarash- lar ummoni. Shoirning ehtirosli yoniqkalomi hamon qal- bimizga nur sochib, yuksakliklarga chorlaydi, insoniy- lik mulkiga yetaklaydi. U o‘z zamoni dardini qalamga oldi, adolat va insof tantanasi uchun kurashdi. Gohtarixni ib- rat qilib, goh valisifat zamondoshlari obrazini yara- tib, goh ulug‘ ideallarga havola qilib, insonlarga ta'- sir etish, ularni xayr va savob ishlarga da'vat qilish bilan jamiyatni o‘nglash, inson zotini sharaflash uchun qayg‘urdi, butun iste'dodi, ilmini shunga sarfladi. Ammo, agar Navoiy dunyoqarashini yaxlit bir tizim sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, uning markazida, shub- hasiz, islom ahkomi va tasavvuf ta'limoti yotadi. Zero, shoirning otashin gumanizmi, odamiylik kontseptsiya- si, adlu insof, saxovat va muhabbat haqidagi fikr-o‘yla- ri, ezgulikka payvast buyuk tafakkur olami shu ta'li- mot negizida shakllandi. Tasavvufga mehr unda bolalik- dan boshlangan; ko‘proq faqr ahli bilan do‘stlashgani, so‘fiyona asarlar mutolaasiga berilishi (chunonchi, «Man- tiqut tayr»ni yod olgani), «soliki majzub»ni orzu qil- gani shundan. U naqshbandiya sulukini tanlab, Abdurah- mon Jomiyni pir deb qabul qilib, uning huzurida vah- dat ul-vujud falsafasidan saboq oldi, shayx Muhammad Tabodgoniy suhbatlarini qozonib, «iltifotlar» ko‘rdi. Jomiy Navoiy iltimosi bilan orif shayxlar tazkira- si «Nafahotul-uns» kitobini yozdi va Faxriddin Iro- qiyning «Lamaot» asarini sharhladi. Navoiy «Nafahot ul-uns»ni qisqartirib, o‘zbek tiliga tarjima qildi, turk mashoyixidan ko‘pini va zamondosh darveshlarni kiritdi. Natijada, Navoiy qalban va botinan «faqru fano jodasida iqbol topgan» ()£omiy) odamga aylandi. Azaliy va abadiy Tangri taoloni Haq va haqiqat hisob lab, nafs talablarini o‘ldira borib, dilni poklash, o‘zni tanib, o‘zlikni fido etish orqali ilohiy ma'ri- fat topgan orif so‘fiylar maslagi Navoiy maslagiga aylanadi. Natijada tasavvuf g‘oyalari uning ijodining mag‘z-mag‘ziga singib ketadi. So‘fiyona ishq olamini ilo- hiy nur tajallisida ko‘rish, hol mastonaligi shoirning valiylarcha iste'dodiga quvvat bag‘ishlar, romantik ta- xayyulini yashnatardi. Ayni vaqgda, shuni ham bilamizki, Navoiy real dunyo go‘ealligini kuylagan otashqalb shoir. U ijtimoiy-siyo- siy voqealarga faol ishtirok etdi, davlat arbobi sifa- tida turli mansablarni egallab, o‘z ideallarini hayotga tatbiq etishga intildi. Navoiy hayotni butun murakkab- ligi bilan qalamga oladi, yoniq so‘z vositasida kishilar qalbiga ta'sir etish, ularni yomon ishlardan qaytarib, ezgu amallar sari safarbar etishga chog‘lanadi. Xullas, Navoiy ijodida ilohiylik va dunyoviylik uyg‘unlashib ketgan. Ilohiy g‘oyalar, timsollar uning uchun inson hami- sha intiladigan ideal olam bo‘lsa, dunyo shu ideal olam- ning ko‘zgusi, ibrat va saboq maydoni. Zero, insonda koi- notning, ilohiy olamning hikmatlari, mohiyati aks et- gan. «Neki olami kubroda bor - olami sug‘roda bor», deydi Navoiy. Olami kubro — katta olam, ya'ni koinot, borliq. Olami sug‘ro - kichik olam, ya'ni inson. Bunday qarash aslida Odam Atoning yaratilishi haqidagi rivoyatga bo- rib taqaladi. Odam Ato, Qur'oni karimda aytilishicha, tuproqdan yaratilib, keyin unga Alloh o‘z ruhini yubo- rib, jon ato etadi. Demak, inson modda va ruhyoki tabiat va ilohdan vujudga kelgan. Shu bois inson tiynatining o‘eida majoz va haqiqat, ilohiylik va dunyoviylik mu- jassam. Bu olam yagonaligi haqidagi vahdat ul-vujud ta'- limotiga muvofiqdir. Ya'ni: O‘z vujudungg‘a tafakkur aypagil, Har ne istarsan, o‘zungdin istagil. Shunga ko‘ra, inson avvalo o‘zini, keyin Alloh yaratgan jamiki ilmu hikmat, ma'rifat-ma'naviyotini bilib, o‘z Xoliqini tanib, musaffo ruh holida qayta vahdoniyatga qo‘shilmog‘i darkor. Shu yo‘lda inson axloqi poklanadi va u komillik darajasiga ko‘tariladi. Komil inson siyrati, bu yo‘lga kirgan solikning ishqi va shavqi, dard-iztiroblari Alisher Navoiy asarlarida turli timsollar, obradlarda har xil uslubda tas- virlanadi. Navoiy ijodi - bamisoli bir obihayot — Xizr chash- masi. Undan ichgan sari qalbingiz toealanib, nurlanib boradi, ma'nan va ruhan ulg‘ayadi, kuch olasiz. Shunday, buyuk shoirni bizga ato etgan Parvardigorga ming bora shukr qilib, bu zoti mukarramdan bir umr ibrat olib yashash biz uchun ham qarz, ham farzdir.” Qasidalar she'r nav'larining ichida ilk paydo bo‘lgan nazmiy janrlardan biri bo‘lib, keyinchalik u arab adabiyotida keng rivoj topgan va o‘ziga xos badiiy-tarixiy taraqqiyotni boshdan kechirgan she'riy shakldir. Qasida Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan she'r shakli sifatida mashhurdir. Qasida eng ko‘hna she'r turi hisoblanib, u boshqa she'riy navlarning paydo bo‘lishiga ham zamin hozirlagan ona janrlardan biri hisoblanadi. Aslida mumtoz she'riyat shakllarining barcha turlari qasidadan unib chiqqan degan nazariya mavjudligini va bu undan g‘azal, qit'a, va boshqa Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 ~ 32 ~ mumtoz janrlarni dunyoga kelishiga fundament yaratganligini o‘zbek allomalaridan Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy o‘zining “Funun ul-balog‘a” (XV asr) asarida qasidani mumtoz she'riy janrlarning ro‘yxatida birinchi o‘rinda keltirganligi ham va boshqa qator ilk salaf shoirlarimiz devonlarida qasidani avval boshda keltirilishlari ham fikrimizni tasdiqlaydi4 . Qasida – arabcha so‘z bo‘lib, u qasd, niyat, istak, tilak, intilish, orzu, maqsad, matlab, murod, azmi qaror ma'nolarini anglatadi. Adabiyotshunoslik atamasi sifatida unga “biror shaxs (shoh, arbob, qahramon), biror muhim voqea, tabiat va shu kabilarni madh etish, ularning yuksak fazilat va xususiyatlarini e'tirof etish maqsadida yoziladigan she'r”,5 deya ta'rif berilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotida qasidaning eng yaxshi namunalarini Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Gadoyi va Navoiylar yaratgan, shuningdek, Nishotiy, Munis va Ogahiylar ijodida ham qasidalar uchraydi. Aruz o‘lchov tizimi keng joriy bo‘lgan davrlarda yaratilgan o‘zbek mumtoz qasidalari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan. XX asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida qasida o‘z rivojining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan qasidalar badiiy balog‘ati jihatidan alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta qasida bo‘lib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan. Alisher Navoiyning ijodida 11ta qasida bo‘lib, undan 1 tasi turkiy tilda yozilgan “Hiloliya” qasidasidir. Keyingi davrda o‘zbek adabiyotida Munis va boshqa shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar. Hozirgi o‘zbek adabiyotida ham qasida janrida bir qancha asarlar yaratilgan bo‘lib, bu borada G‘. G‘ulom, H. Olimjon, T. To‘la, E. Vohidov, A. Oripov va boshqalarni ko‘rishimiz mumkin. Qasidalar xilma xil mavzuda yozilganidek ularning yaratilishidagi vazniy jihatlari ham turlicha. Ularning vazn xussiyatlarini tekshirar ekanmiz qasidalar aruz bahrlarining asliy bahrlarida ham, furu' bahrlarida ham birdek yozilganiga guvoh bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda qasidalarning, asosan, vazn xususiyatlarini tadqiq etishni ko‘zlaganimiz holda quyida mumtoz shoirlarimizning ijodidan bir nechta qasidalarini vaznlarini tekshirib o‘tamiz. Amir Xusrav Dehlaviyning qasidalaridan “Dilim ishqingda ko‘p avvoradur...” matla'si bilan boshlanuvchi qasidasi hazaj bahrining hazaji musammani solim yoki musabbag‘ vaznida yozilganligini ko‘rishimiz mumkin. Keltirilgan baytning taqte'si esa quyidagicha ko‘rinishda: Dilim ishqingda ko‘p avvoradur avvoraroq bo‘lsin, 4 Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 377 b 5 D. Quronov, Z. Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 377 b Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 ~ 33 ~ Tanam dilsiz hazin bechoradur bechoraroq bo‘lsin.6 V – – – / V – – – / V – – – / V – – – mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Qasidalar yozish bilan bu janrning rivojiga katta hissa qo‘shgan Sakkokiyning Mirzo Ulug‘bek madhida yozgan qasidasi ham hazaj bahrining hazaji musammani solim yoki musabbag‘ vaznida yozilgan. Ushbu qasidaning vazniy taqte'si quyidagicha hosil bo‘ladi: Jahondin ketti tashvishu mabodoyi amon keldi, Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.7 V – – – / V – – – / V – – – / V – – – mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Gadoiyning “Zamone subhidam andesha birla hamnishin bo‘ldum” matla'si bilan boshlanuvchi mana bu qasidasi ham hazaj bahrining hazaji musammani solim yoki musabbag‘ vaznida yozilganligi hazaj bahri qasidalar yaratishda qulay va musiqaga esh ekanligini ko‘rsatadi: Zamone subhidam andesha birla hamnishin bo‘ldum, Ki, muddatlar aningla bo‘lmish erdim har qayon hamroh.8 V – – – / V – – – / V – – – / V – – – mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Alisher Navoiyning “Hiloliya” va “Sittai zaruriya”dagi qasidalari ham o‘zbek adabiyoti tarixida yaratilgan qasidalarning go‘zal va betakror namunalaridan hisoblanadi. Chunonchi, buyuk shoirning Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlangan “Hiloliya” qasidasining vazniga e'tibor qaratadigan bo‘lsak ushbu ash'or ramal bahrining ramali musammani mahzuf yoki maqsur vaznida yozilganligi ko‘rinadi: Chun nihon qildi turunji mehr raxshon tal'atin, Oshkor etti falak bir tavqi g‘abg‘ab hay'atin.9 –V – – / –V – – / –V – – / –V – foilotun foilotun foilotun foilun (foilon) Shoirning “Devoni foniy”sidan o‘rin olgan 10 ta qasidasi ham aruz bahrlarining turli vaznlarida yaratilgan. “Sittai zarurriya” dagi birinchi qasida bo‘lmish “Ruhul quds” qasidasi Navoiyning o‘zi aytganidek Bori ta'oloning hamdu sanosiga bag‘ishlangan. Qasida fors tilida yaratilib, u tarmoq bahrlardan mujtas bahrida yozilgan bo‘lib, vazni mujtassi musammani maxbuni maqtu' yoki maqtu'i musabbag‘ o‘lchovidadir. Uning taqte'i quyidagicha ko‘rinishni kasb etgan: Zihi ba xomai qudrat – musavviri ashyo, Hazor naqshi achib har zamon az o‘ paydo.10 V – V – / V V – – / V – V – /– – mafoilun failotun mafoilun fa'lun (fa'lon) Buyuk shoirning “Aynul hayot” dar na'ti rasul alayhis-salovot” qasidasi payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v)ning na'tiga bag‘ishlangan bo‘lib, u ramal bahrining ramali musammani mahzuf yoki maqsur vaznida yozilganligini ko‘rishimiz mumkin. Hochiboni shab chu shodurvoni savdo afganand, Chilva dar xayli butoni mohsimo afganand 11 –V – – / –V – – / –V – – / –V – foilotun foilotun foilotun foilun (foilon) Shoirning “Tuhfatul afkor” qasidasini ham ramal bahrida bo‘lib, ramali musammani mahzuf yoki maqsur vaznida yozilganligini ko‘rishimiz mumkin. Otashin la'le, ki tochi xusravonro zevar ast, Axgare bahri xali xom puxtan dar sar ast.12 –V – – / –V – – / –V – – / –V – foilotun foilotun foilotun foilun (foilon) Turkumdagi “Qutul qulub” tatabbu'i Hakim Anvary” qasidasi esa ikki xil vaznda, ya'ni mujtassi musammani maxbuni mahzuf yoki maqsur hamda mujtassi musammani maxbuni maqtu' yoki maqtu'i musabbag‘ vaznida yozilgan. 4 Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 377 b 5 D. Quronov Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 5-jild. 488 b. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 6 Sharq klassiklari merosidan. Xusrav Dehlaviy she'riyatidan. – Toshkent: O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining nashriti. 1979 27 b . 7 Hayot vasfi. To‘plam. Hofiz Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988. 283 b 8 Hayot vasfi. To‘plam. Hofiz Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988. 679 b. 9 www.ziyouz.com kutubxonasi. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 5-jild. 488 b. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 ~ 34. Download 202.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling