Ayn ul-hayot


Download 202.37 Kb.
bet8/20
Sana18.06.2023
Hajmi202.37 Kb.
#1560297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH

I bob yuzasidan xulosa
. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Navoiy “Sittai zaruriya” to`plamiga kirgan qasidalarda Qur’onga, Muhammad payg`ambarga nisbat berilgan shariat qonun-qoidalariga amal qilishga, odil, faqirona hayot kechirishga chaqiradi. U faqirona hayotni adolatsizlikka, zulmga, jaholat dunyosiga qarshi qo`yadi.”Ayn ul hayot sidasida ham Muhammad S.A.V ning Me’rojga chiqishlari va butun koinotning bus afar uchun tayyorgarlik ko’rgani, koinotda Oy ,yulduz va sayyoralar farishtalar makoni sifatida tasvirlanadi.Alisher Navoiy go’zal misralar bilan bu jarayonni tasvirlab , Allohning habibi , yer yuzidagi barcha musulmon ummatlarining mag’firat aylanishini Alloh taolodan so’ragan zotga o’z sevgisini ifodalagandek go’yo. Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy Me’roj voqeasini tasvirlashda har bir asarda o‘zgacha o‘xshatish, boshqacha tasvirlardan foydalangan. Ularning eng mukammali hisoblangan, biz yuqorida o‘rgangan bob ham badiiy adabiyotdagi Me’roj voqeasi tasvirining go‘zal namunasi hisoblanadi. Me’rojnoma boblarda Navoiy o‘zining ham diniy, ham falsafiy, ham kosmogonik qarashlarini badiiy ifodalab bergan. Me’roj voqeasi inson kamolotining cho‘qqisi sifatida doim Navoiyni hayratlantirib, zavqlantirib kelgan. Me’rojnoma boblar va me’rojnoma g‘azallar orqali komillikka intilish g‘oyasini ilgari surgan. Bunday boblar va asarlarni o‘rganish biz uchun har taraflama foydalidir.


2-bob. “Ayn ul -hayot”: asliyat, tarjima va badiiyat.
2.1. Qasidada qo’llangan qofiyalarning badiiy talqini
Ruh ul-quds” kabi “Ayn ul-hayot” qasidasi ham “tab'i xud”, ya'ni mustaqil ravishda yozilgan asarlardan hisoblanadi. Bu asarda Foniy an'anaviy me'roj mavzusini yangi, toza tasvirlar bilan yoritadi, aql qudratidan xorij bo‘lgan bu mo‘jiza vasfida so‘zning qudratidan foydalanadi.
Qasida muraddaf bo‘lib, “afganand” (tushirishar) radif vazifasini bajargan. Me'rojning lug‘aviy ma'nosi esa, “ko‘tarilmoq”, “Haq taolo huzuriga yuksalmoq”dir. Ham jismoniy, ham ruhiy uruj (yuksalish) tasviri va tavsifiga bag‘ishlangan baytlarni “tushirmoq” ma'nosini anglatuvchi radifning mantiqiy mehvari atrofiga birlashtirish katta san'atkorlik talab qiladi. Bir yuz-u olti baytda “tushirmoq” so‘zini qo‘llab, sarvari koinotning ma'naviy kamoloti, koinot gultojining yuksak maqomi va martabasini belgilovchi, kufr va imon ahli o‘rtasidagi farqni uzil-kesil belgilab beruvchi mo‘jiza – me'roj kechasini ta'riflash orqali Foniy forsiy she'riyatda ham zabardast shoir ekanligini isbotlab bergan.
Qasida quyidagi matla' bilan boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Jilva dar xayli butoni mohsiymo afganand.
(Mazmuni: Tun hojib – pardadorlari qora chodirlarini tushirgan paytda
Oy yuzli sanamlar xayliga jilva – nur tushiradilar).
Bu baytdagi har bir istiora bir necha ma'noni ifoda etadi. “Tun hojiblari” istiorasi qo‘riqchi farishtalar ma'nosini ifodalaydi. “Savdo” so‘zi qoralik ma'nosidan tashqari, “muhabbat, shaydolik, tayyorgarlik, faol harakat” ma'nolarini ham ifodalaydi. “Butoni mohsiymo” – osmondagi sobit-u sayyoralar. Demak, tun farishtalari Payg‘ambarimiz (s.a.v.) me'rojining taraddudiga muhabbat bilan kirishib, osmonga qora chodir tushirdilar, oy tal'atli sayyoralarni bezatdilar, demoqchi shoir. Shu tariqa, 40 bayt davomida tashxis, istiora, tashbeh, iyhom kabi mushtarak va ma'naviy san'atlar vositasida me'roj kechasi tasvirga tortiladi. Bu baytlarda osmon jismlari va tungi manzara ham badiiy obraz, ham moddiy mavjud 4ashyo kabi taassurot uyg‘otadi. Qasidada osmon faqat sayyora va yulduzlar makoni emas, balki farishtalar maskani, ruhlar olami, pok va ulug‘vor manzil, tiriklik sarchashmasi, hayot ko‘zgusi sifatida tasvirlangan. Me'roj kechasining tasviriga bag‘ishlangan yana bir xususiyat – baytlar yuqori ko‘tarinki ruh, farahbaxshlik bag‘ishlovchi, ohangdor so‘zlar tizimidan tarkib topgan. Chiroyli o‘shatishlar va tashxis unsurlari yordamida yetti sayyora va o‘n ikki burjning asosiy xususiyatlari qalamga olinadi.
Qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (afoyili va taqti'i: foilotun foilotun foilon – V– – /– V– – / – V~ ) vaznida yozilgan.
Qur’oni karimning umuminsoniy-umumbashariy ahamiyatga ega bo„lgan ilmiga, Rasululloh hadislariga amal qilish sunnati ma‟rifatiga undashdan iboratdir. Hazrati Navoiy uchun tom ma‟nodagi komil inson Muhammad alayhissalomdir. “Xamsa”ning barcha dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni, diniy va tasavvufiy, tarixiy va ma‟rifiy asarlarining muqaddima boblari hamddan so’ng Rasululloh (s.a.v.) madhi bilan boshlanadi. “Mahbub ul-qulub” muqaddimasida an‟anaviy basmala va hamddan so’ng, na‟t qismida islom payg„ambari koinot sarvari va barcha payg„ambarlardan afzal, insoniyatning eng yaxshisi deyiladi va buning vositasida islom dinining asl mohiyatini tashkil qiluvchi g„oya - barcha dinlar o„z mohiyatiga ko„ra bitta, barcha odamlar bir ota-onaning farzandi, payg„ambarlar birbirlariga birodardirlar, degan fikr salavotlar zamiriga singdiriladi va iqtibos, talmih hamda tashbih san‟atlari orqali rasuli akram vasf qilinadi. “Va durudi noma‟dud ul mahbubi oqibat mahmudg„akim, Haq taolo anga qurb va manzilat berdikim, olam va odam vujudidan maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va farxunda xilqati anosir tarkibidan pok erkani zohir. Ansorining yeli Masih anfosi va tufrog„i Yaqub ko„zining to„tiyosi va suyi Xizr chashmasining zuloli va o„ti Kalim daraxtining nori ishti‟oli. Bu anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhig„a ruhi fidok demak sazovor” [2. 450]. Kalomi sha‟ni (Qur‟on)da u haqda shunday deyilgan: “Va mo yantiqu anil havo” (U sizlarga keltirayotgan Qur‟onni o„z havoyi xohishi bilan so„zlamaydi) va nutqi bayonida “In –huva illo vahyun yuho”- U (Qur‟on) faqat Olloh tomonidan Payg„ambarga tushirilayotgan vahiydir [1.404]. Payg„ambarimiz madhidan so„ng quyidagi 8 misralik masnaviy keltiriladi: Ikki gisusi iki laylat ul-qadr.
Bu yanglig’ iki layl ichra yuzi badr, Layl-u badr o„lub sham‟i shabiston, Uzoridin xo„y anda kavkabiston. Bu kavkablardin aylab Tengri mavjud, Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma‟lum, Musohiblari sha‟nida ashobi kan-nujum [2.451]
Musohiblari sha‟nida ashobi kan-nujum [2.451]. Na‟t masnaviyda ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.) olam va odamning murodi sifatida ta‟riflanadilar. Unda Payg„ambarimiz (s.a.v.) zoti unsuri pokligi to„rt unsur (havo, tuproq, suv, olov) talqinida ta‟riflanib yeli Masih anfosiga, tuprog„i bani Isroildan bo„lib Baytul hazanga, suvi tiriklik chashmasi Xizr suviga, o„ti esa Isro va Me‟roj tafsilotlarining dalili bo„lgan daraxt nuridan sho„lalangan Kalomda keltirilgan daraxtga tashbih etiladi. Na‟t ikki olam rahmati Payg„ambarimiz (s.a.v) va me‟roj kechasi bilan bog„liq barcha ta‟rif-u tafsilotlari ma‟naviy san‟atlar bilan ifodalanadi. Muhammad (s.a.v.)ning ikki kokili ikki qadr kechasiga, yuzi to„lin oyga o„xshatiladi. Payg„ambarimiz quyoshga, sahobalari yulduzlarga qiyoslanadi hamda “Sahobalarim yulduzlar kabidirlar” deb boshlanadigan hadisga ishora qilinadi. “O„zbek adabiyotida Muhammad alayhissalom xususida Alisher Navoiy kabi “ko„b” va “xo„b” yozgan shoir bo„lmasa kerak. Navoiy uchun Muhammad (s.a.v.) maqomi – inson zotining qo„li yetmas yuksaklik, lekin kamolotning Haqdan jazba orqali inson sa‟y-harakati bilan erishsa bo„ladigan martabalari ham mavjud. Bu – valiylar va oriflar maqomi. Shunday rutbaga erishgan kishilarni shoir komil insonlar sifatida o„z asarlarida alohida hurmat va ehtirom bilan tasvirlaydi va Xudodan o„zini ham o„sha buyuk zotlarga nasib bo„lgan poyaga ko„tarishni so„raydi. Navoiyning hayotida naqshbandiya tariqatining uch buyuk siymosi – Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylar katta o„rin tutgan. Shoir ularni bir umr hassos muhabbat bilan sevdi, bu najib insonlarga yuksak e‟tiqodini deyarli har bir asarida u yoki bu darajada ta‟kidlab o„tdi, alohida bob va fasllarda ta‟rif – tavsif etdi. Navoiy idealidagi komil insonlar birinchi navbatda xuddi shu uch buyuk avliyo edi” [6.7].
So‘ngra shu kechada Me’rojdin qaytib, Payg‘ambarimiz o‘z joylariga keldilar. Ertalab Ka’ba oldidagi Quraysh majlisiga kelib o‘ltirdilar. Shu orada Abu Jahl ham paydo bo‘lib, Payg‘ambarimiz oldiga keldi. Ko‘ngliga tavfiq tushgan bo‘lsa ajab emas, deb Me’roj voqeasini anga bayon qildilar. Bu so‘zni eshitgan zamon Abu Jahl o‘rnidan irg‘ib turib: «Ey Quraysh bolalari, tezlikda buyon kelinglar», deb borliq tovushi bilan qichqirdi. Buning nidosini eshitgan kofirlar har tomondin yugurishib keldilar. «Hoy, bu nima xabardur?», deb har yoqdin so‘rashgani turdi. «O‘zidan so‘ranglar», deb Abu Jahl payg‘ambarimizga ishorat qildi. Anda Rasululloh: «Shu o‘tgan kechasi men shundoq ulug‘ bir voqea ko‘rdim», deb ko‘rganlarini bayon qildilar. Buni eshitib, bularning boshlariga qiyomat turdi. Ba’zilari ersa: «mana endi yolg‘oni ochildi», deb suyunganidin chapak chaldilar. Iymonlari ko‘ngillariga o‘rnashmagan bir necha yangi musulmonlar murtad bo‘ldilar. Quraysh kofirlari bu voqeani o‘zlari uchun katta hujjat bilib, «boribkelishi ikki oylik yo‘lga Muhammad, kechaning bir qismida borib keldim, deydur. Bu so‘zga kim ishonsa bo‘lur. Bu ochiq yolg‘on emasmu?» deb mo’minlarga ta’na qildilar. Yana bir nechalari yugurganlaricha hazrati Abu Bakr qoshlariga kelishib: — Ey Abu Bakr, do‘sting Muhammad so‘zini ongladingmu, yana bir yangi yolg‘on chiqardi. Ikki oylik yo‘l— Quddus shahriga kechaning bir qismida borib keldim, deydur. Endi sen bunga ham ishona olurmisan? — dedilar. Anda Abu Bakr: — Agar shu so‘zni aning aytgani rost bo‘lsa, u to‘g‘ri aytgan, albatta, unga ishonurman. Chunki yetti qat osmon ustidan, kecha-kunduz soatlar ichida unga kelgan vahiy xabarlariga ishonib, uni tasdiq qilurman. Endi buni nechuk tasdiq qilmagayman, — dedilar. Mana shu kundan boshlab Payg‘ambarimiz Abu Bakrga «Siddiq» laqabini qo‘ydilar. Shuning bilan mo’min-kofirlar ichida Me’roj voqeasi bilan shov-shuv so‘zlar ko‘paygani turdi. Quraysh kofirlari ichida Quddus shahrini ko‘rganlari ko‘p edi. Payg‘ambarimiz bo‘lsalar bu shaharga kelmagan va ani ko‘rmagan edilar. Imtihon uchun shahar belgilarini, Masjidul Aqso sifatlarini Payg‘ambarimizdin so‘ragani turdilar. Ma’lumdurki, bu shaharga kirgan kishi, birinchi navbat ko‘rishida u shaharning hamma joylarini qaydin bila olur. Payg‘ambarimiz shu fikrni qilib turgan chog‘larida Jabroil alayhissalom bir ko‘zgu ko‘targandek, Quddus shahrini ko‘tarib, Payg‘ambarimizning qarshilariga qo‘ydi. Quraysh mushriklari Quddusning qaysi joyidan so‘rasalar, Jabroil alayhissalom ishoratlari ila, alarga aniqlab aytib turdilar. Bu haqdagi qilgan imtihonlari to‘g‘ri topilganlikdin, hammalari hayron bo‘lishib qoldi. Bu ishga bek taajjublanib: — Ey Muhammad, ko‘rgan kishidek bergan javoblaringning barchasi to‘g‘ridur. Endi bizning Shomdin kelayotgan karvonlarimizni qaysi o‘rinda uchratding?,— dedilar. Anda Payg‘ambarimiz karvonga uchragan joylarini va alarning hol-ahvollaridin xabar berdilar. So‘ngra: — Falon kuni, kun chiqar chog‘ida karvon yetib kelur. Eng oldida kelgan tuyaning tusi qora bo‘zdur. Ketishda bu karvonni falon soyda uchratgan edim. Buroqning savlatini ko‘rib, tuyalar cho‘chishib hurkidilar. Hurkib qochgan tuyalardan birisini yo‘qotib, topolmay qoldilar. U yerdan o‘tib, Zajnon degan joyga kelganimda karvonning bir bo‘limini ko‘rdim. Tushgan manzillarida barchalarini topdim. Usti o‘ralgan bir idishda suv ko‘rib, uni olib ichdim. Ichida suv qolmadi. Ilgarigidek qilib o‘rab qo‘ydim. Karvon xalqidin shu alomatlarni so‘ranglar. Agar shunga ham ishonmasanglar, mana shu hozirda karvon qofilasi (bo‘lagi) Tan’im tog‘idan tubanroq tusha boshladi. Eng oldida qora bo‘z ranglik tuya bordur. Aning ustida ikki dona somon solingan qoplari bor, uning Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 53 biri oq, biri qoradur, — dedilar. Payg‘ambarimizdan bu xabarni onglab turgan kishilar shoshilinch ravishda karvonni qarshi olish uchun shahar tashqarisiga qarab jo‘nadilar. Shu chog‘da bir kishi: «Mana, kun chiqdi», yana birlari: «Mana, karvon keldi», dedi. Qarasalar, qofila qorasi yiroqdin ko‘rinmish edi. Makka mushriklari karvonga yetishlari hamon, alarning birinchi qilgan ishlari Payg‘ambarimizning bergan xabarlarini tekshirish bo‘ldi. Qarasalar, aytganlaridek, hamma so‘zlari to‘ppa-to‘g‘ri chiqdi. Karvon haqida keltirgan xabarlaridan hech qanchalik xilof topmadilar. Payg‘ambarimiz deganlaridek, eng oldida qora bo‘z tuya ustida somon tiqqan oq-qora qoplari bilan kelmoqda edi. Endi shu qadar qudrat ko‘rsatish bilan ulug‘ mo’jizalarni ko‘zlari bilan ko‘rib tursalar ham, yana haqiqatga egilmadilar. «Hoy, Muhammadga so‘z yo‘q, shunchalik ko‘z bog‘lovchi sehrchilikni kimdin o‘rganmish ekan?», deb ilgarigidan ham ortiqroq dushmanliklari kuchaydi. Yana shu Me’roj kechasi ertalab Jabroil alayhissalom kelib, besh namozning vaqtlarini, rakatlarini, namoz o‘qish tartiblarini Payg‘ambarimizga o‘rgatdilar. Namoz farz bo‘lishidin burun erta-kech ikki rakatdin, to‘rt rakat namoz o‘qir edilar. Bu esa Ibrohim alayhissalomning namozlari edi. Buni birovdan ko‘rmasdin, hech kimdin o‘rganmasdin, Allohning ilhomi ila o‘qib yurgan edilar. Endi bu ulug‘ mo‘jiza — Me’roj voqeasi o‘tgandin keyin, Quraysh qabilasidin Payg‘ambarimiz umidlari uzildi.
“Ruh ul-quds” kabi “Ayn ul-hayot” qasidasi ham “tab'i xud”, ya'ni mustaqil ravishda yozilgan asarlardan hisoblanadi. Bu asarda Foniy an'anaviy me'roj mavzusini yangi, toza tasvirlar bilan yoritadi, aql qudratidan xorij bo‘lgan bu mo‘jiza vasfida so‘zning qudratidan foydalanadi.
Qasida muraddaf bo‘lib, “afganand” (tushirishar) radif vazifasini bajargan. Me'rojning lug‘aviy ma'nosi esa, “ko‘tarilmoq”, “Haq taolo huzuriga yuksalmoq”dir. Ham jismoniy, ham ruhiy uruj (yuksalish) tasviri va tavsifiga bag‘ishlangan baytlarni “tushirmoq” ma'nosini anglatuvchi radifning mantiqiy mehvari atrofiga birlashtirish katta san'atkorlik talab qiladi. Bir yuz-u olti baytda “tushirmoq” so‘zini qo‘llab, sarvari koinotning ma'naviy kamoloti, koinot gultojining yuksak maqomi va martabasini belgilovchi, kufr va imon ahli o‘rtasidagi farqni uzil-kesil belgilab beruvchi mo‘jiza – me'roj kechasini ta'riflash orqali Foniy forsiy she'riyatda ham zabardast shoir ekanligini isbotlab bergan.
Qasida quyidagi matla' bilan boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Jilva dar xayli butoni mohsiymo afganand.
(Mazmuni: Tun hojib – pardadorlari qora chodirlarini tushirgan paytda
Oy yuzli sanamlar xayliga jilva – nur tushiradilar).
Bu baytdagi har bir istiora bir necha ma'noni ifoda etadi. “Tun hojiblari” istiorasi qo‘riqchi farishtalar ma'nosini ifodalaydi. “Savdo” so‘zi qoralik ma'nosidan tashqari, “muhabbat, shaydolik, tayyorgarlik, faol harakat” ma'nolarini ham ifodalaydi. “Butoni mohsiymo” – osmondagi sobit-u sayyoralar. Demak, tun farishtalari Payg‘ambarimiz (s.a.v.) me'rojining taraddudiga muhabbat bilan kirishib, osmonga qora chodir tushirdilar, oy tal'atli sayyoralarni bezatdilar, demoqchi shoir. Shu tariqa, 40 bayt davomida tashxis, istiora, tashbeh, iyhom kabi mushtarak va ma'naviy san'atlar vositasida me'roj kechasi tasvirga tortiladi. Bu baytlarda osmon jismlari va tungi manzara ham badiiy obraz, ham moddiy mavjud ashyo kabi taassurot uyg‘otadi. Qasidada osmon faqat sayyora va yulduzlar makoni emas, balki farishtalar maskani, ruhlar olami, pok va ulug‘vor manzil, tiriklik sarchashmasi, hayot ko‘zgusi sifatida tasvirlangan. Me'roj kechasining tasviriga bag‘ishlangan yana bir xususiyat – baytlar yuqori ko‘tarinki ruh, farahbaxshlik bag‘ishlovchi, ohangdor so‘zlar tizimidan tarkib topgan. Chiroyli o‘shatishlar va tashxis unsurlari yordamida yetti sayyora va o‘n ikki burjning asosiy xususiyatlari qalamga olinadi.
Qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (afoyili va taqti'i: foilotun foilotun foilon – V– – /– V– – / – V~ ) vaznida yozilgan.

Download 202.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling