Ayn ul-hayot


I BOB. “Ayn ul -hayot”ning g‘oyaviy-badiiy asoslari va o‘ziga xosligi


Download 202.37 Kb.
bet6/20
Sana18.06.2023
Hajmi202.37 Kb.
#1560297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH

I BOB. “Ayn ul -hayot”ning g‘oyaviy-badiiy asoslari va o‘ziga xosligi.


1.1. Na’t yo‘nalishidagi asarlarning tarixiy asoslari va ularning badiiy tafakkurga ta’siri.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Sittayi zaruriya” qasidasi O’rta Osiyo , arab va eron xalqlari she’riyatida katta o’rin tutgan .Qasida janri lirikaning rivojida muhim rol o’ynagan . Qasidago’ylik XIV –XV asrlarga kelib o’zbek shoirlari orasida keng tarqalgan edi. Sharq adabiyotida qadimgi davrlardan beri mavjud bo’lgan qasida ,ayniqsa Navoiy va uning zamondoshlari ijodida yuqori pag’onaga ko’tarildi. Shuning uchun bu davr qasidago’yligi va uning an’analarini o’rganmay turib ,O’zbek adabiyotining rivoji haqida ,ayniqsa ,Navoiy ijodi haqida tugal bir fikr aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ,hozirgacha o’zbek klassik adabiyotida ham bu masala durustroq o’rganilmagan.
XIV-XV –asrlar o’zbek adabiyotida asida va qasidago’ylikka bag’ishlangan maxsus ilmiy asar bo’lmasada , antologiyalarda ko’rish mumkin.
“Devoni Foniy”da muhim o’rin tutuvchi janrlardan yana biri qasidalardir.


Ularning soni 10 ta bo’lib, ikki turkumni: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va

“Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) qasidalar majmuasini o’z ichiga oladi.


“Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo’lib, Alisher Navoiy ularning mavzusi haqida “Muhokamatu-l-lug’atayn”da shunday yozadi: “Bu olti qasida hamd va na’t va sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat”. Mazkur majmua 1497 yilda tartib berilgan bo’lib, uni tuzishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, uning vafotidan so’ng esa Sulton Husayn Boyqaro ilhomlantirgan.


Bu haqda majmuaga yozilgan debochada ma’lumot keltirib o’tiladi.
Majmuadagi birinchi qasida “Ruhu-l-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o’z ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta’rix yo’li bilan hijriy 895, melodiy 1491 yil deb ko’rsatib o’tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi madh etiladi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy ba xomai qudrat musavviri ashyo,
Hazor naqshi aҷib har zamon az o’ paydo.
(Mazmuni:Ashyolarga surat beruvchi (Allohning) qudratiga tasannokim,
Har zamon undan minglab ajoyib naqshlar paydo bo’lgay).
Ushbu qasida aruz tizimining mujtassi musammani maxbuni maqtu’ (runklari va taqti’i mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V – – / V – V –/ – –) vaznida yozilgan.
Majmuadagi ikkinchi qasida hajman 106 bayt bo’lib, “Aynu-l-hayot” (“Hayot chashmasi”) deb ataladi. Qasidaning yaratilgan yili noma’lum. “Aynul hayot” olam sarvari, payg’ambarimiz Muhammad (SAV)ning muborak me’rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh, arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg’ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari tasviriga bag’ishlangan. Qasida shunday boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Ҷilva dar xayli butoni mohsimo afganad.
(Mazmuni:Tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog’larida
Oy yuzli butlar to’dasi (yulduzlar)ga jilva qiladilar). 
Ushbu qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun foilon ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ / ˗ V~ ) vaznida yozilgan.
Komil inson – bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi Mutloq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, surati saranjom, qalbi ezgu
17
tuyg‘ularga limmo-lim pokaza zot, NavFoniyvasheki, ham so‘zidur pok, ham o‘zi

Hush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko‘zi.


Tasavvuf ahli sig‘ingan ideal – Komil Inson aslida xalq ideali, adabiyot ideali edi. Bu hayotbaxsh ta’limotning peshvolari yozib qoldirgan asarlar, so‘fiyona ruhdagi she’ru dostonlarni mutolaa qilar ekanmiz, yorug‘likning zulmga, xayrning sharrga, fayzu kamolning nuqsu noqislik, kaltafahmlik va nodonlikka qarshi omonsiz jangiga guvoh bo‘lamiz. Voqean, tasavvuf shayxlari, zulm va qorong‘ulik lashkariga qarshi ma’rifatni qurol qilib olib jangga kirgan pahlavonlarga o‘xshab ketadilar (Tustariy: «Ma’rifat jahl nodonlikka qarshi jangdir»). Ular Ka’ba deb ko‘ngilni tan oladilar, ko‘ngil ra’yiga yuradigan, dunyoni ko‘ngil oraqli biladigan va ko‘ngilga sig‘ina-digan odam Allohning sevgani deb chiqdilar. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asaridan: «Ismoil Dabbos dedikim, haj niyati qilib, borurda SHerozga yetishdim. Bir masjidga kirdim. Shayx Mo‘minni ko‘rdimki, o‘lturib xirqasini yamaydur erdi, salom qildim va o‘lturdim. Mendan so‘rdikim, ne niyating bor? Dedim: haj niyatim bor.
Dedi: onang bor? Dedim: bor. Dedi: yonib onang mulozamatiga bor… Men ellik haj qilibmen – bosh yalang, oyoq yalang va zodu hamrohsiz. Barchasin senga berdim, sen onang ko‘ngli shodligin menga ber!»
Bu odamlar – jamiyatning tirik vijdoni edilar. Kishilar ularga qarab hushyor tortar, dunyo bexudligidan o‘ziga kelib, o‘z qalbiga, qilayotgan ishlariga razm solardilar, tavba-tazarru’ qilardilar. Ularning af’olu a’moli insonlar diliga quvvat, ko‘ziga nur bag‘ishlagan.
Mohiyatan olganda, komil inson haqidagi tushunchalarning muxtasar mag‘zi shundan iborat. Ammo bu haqda ulug‘ allomalarning qiymat va ahamiyatini yo‘qotmagan qarashlari, fikrlari bor. Komil inson tasavvuf adabiyotida ko‘p marta tilga olinib, munozaralarga sabab bo‘lgan va bu haqda maxsus kitoblar yozilgan.
Shulardan Sayyid Abdulkarim Geloniy va Aziziddin Nasafiy (XIII asr)larning «Insoni komil» nomli risolalarini maxsus tilga olib o‘tish mumkin. Aslida esa komil inson tushunchasi birinchi marta Shayxi Kabir nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhyiddin Ibn Arabiy (1165–1240) tomonidan muomalaga kiritilganini qayd etmoq joiz. Ibn Arabiy nazdida komil inson – bu aqli avval yoki nafsi avval, aqli kull tushunchalari bilan ma’nodoshdir. Chunki Tangri taolo ilohiy nurdan ilk marta Aqli avvalni yaratdi va uning suratu shakli Komil Inson qiyofasida zuhur etdi. Shuning uchun «Xalaqollohu adama ala’ suratar Rahmanu» (Alloh odamni Rahmon suratida yaratdi) degan hadis mavjud. Komil inson, shu tariqa, Alloh-ning Rahmonu Rahim sifatlariga ega bo‘ldi, deydilar (Sayyid Sodiq Guharin. Sharhi istilohoti tasavvuf, 1-jild, 125-bet).
Ibn Arabiyning fikricha, komil insonning yerdagi timsoli hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alahi vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Payg‘ambarimiz xalq va Haq muqobi-lida turardilar va orada vosita edilar. Shunday bo‘lgach, hamma odamlarni ham va hatto anbiyo va avliyolarni, donishmandlarni komil inson deb atash joiz emas. Va agar Payg‘ambardan o‘zga zotlarga nisbatan bu sifat aytilar ekan, buni shartli ta’rif yoinki shu ulug‘ martabaga hurmat-ehtirom belgisi sifatida qabul qilish kerak. Sayyid Abdulkarim Geloniy fikriga ko‘ra, har bir inson ikkinchisining o‘rnini bosadigan nusxadir va bir-birining qarshisida turgan ko‘zgu kabidir. Bitta odamdagi xislat va sifat ikkinchisida aks etib turadi. Ammo farqi shundaki, bu akslanish ba’zilarda fe’l-harakat bo‘yicha bo‘lsa, ba’zilarida esa quvva, ya’ni xislat-xususiyatlar bilan namoyon bo‘ladi. Demak, iste’dod va qobiliyat, xususiyat va sifatiga ko‘ra, bir-biriga o‘xshash odamlar behad ko‘p. Bularni umumiy nom bilan xalq, odamlar, kishilar deb qo‘ya qolamiz. Biriga qarab ikkinchisining xulqu atvori, darajasiga baho bera olamiz. Ammo shunday komil va akmal kishilar borki, ular kamolotda nafaqat o‘zga odamlardan, balki bir-biridan farqlanib turadilar. Bularni anbiyo va avliyo deb ataymiz. Bularning ham darajalari bor: ba’zilari komil, ba’zilari akmal, bir qismi fozil, yana bir qismi afzal, yana bir guruhi esa afzalu akmaldirlar. Sayyid Abdulkarim Geloniy mazkur tasnifni aytib, yana qo‘shib qo‘yadi: «Komil inson, voqean, Muhammad sallallohu alayhi vasallamdir va qolgan anbiyoyu avliyoning kamoloti unga nisbatandir, xuddi fozilning afzalga nisbatiday».
Shayx Omiliy deydikim, haqgo‘y olimlarning fikriga qaraganda, olam Komil inson haqiqati tufayli barqarordir, zero falaklar uning nafasi bilan aylanurlar, mulku malakut undan ta’lim olurlar. Shunday martabada Komil insonni Haqning ko‘zgusi deydilar. Haq taolo O‘z ismi va sifatlarini faqat komil insonda ko‘radi. Shuni ham ta’kidlaydilarki, komil insongina Haq qudratining buyukligi, cheksizligiga guvoh bo‘la oladi.
Ibn Arabiy, Shayx Omiliy va Abdulkarim Geloniy qarashlariga diqqat qilinsa, Komil inson bir kayhoniy vujud bo‘lib ko‘rinadi, uning sifatlari yerdagi foniy odamlar sifatiga, aniq shaxslar xislatiga o‘xshamaydi. Unda biz jamiki g‘ayritabiiy kuchlarning majmuini mushohada etganday bo‘lamiz. Bu yerda albatta jismoniy kuch haqida gap bormaydi, zotan ilohiyot haqida gap borganda jismoniy kuch e’tibor emas. Chunki Xoliqiyat yaratgan jismlar ilohiy qudrat oldida arzimas va ojiz suratlardir. Komil inson bular nazarida olamlarni egallagan, olamlarga, barcha jonzotlar va insonlarga ta’sir eta oladigan, insoniyatni boshqaradigan bir Buyuk ruhdir. Ma’naviy – Aqliy qudratdir.
Ammo Shayx Aziziddin Nasafiyning «Komil inson», «Maqsadi aqso», «Zubdatul haqoyiq» nomli va boshqa risolalarida komil inson masalasi bir muncha boshqacha yoritilgan. Unda bu tushuncha insonning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, martabalar topishi bilan bog‘liq holda olib qaraladi. Natijada biz Aziziddin ta’riflarida aynan hayotiy odamga xos belgilar, axloqiy sifatlarni ham ko‘ramiz. Yana shuni ham aytish kerakki, Nasafiy islomdagi bir nechta ilmning isnonga bo‘lgan qarashlari va munosabatini chog‘ishtiradi, insonni kayhoniy vujud sifatida ham, yer maxluqoti sifatida ham tahqiq va tadqiq etadi. Nasafiyda komil inson ruh tushunchasi bilan zich aloqada tekshiriladi. Inson martabalari ruh martabalari sifatida olib qaraladi. Shu uchun umumiy tushunchlardan aniq tushunchalarga o‘tib turish bor. Buning sabablaridan yana biri Aziziddin Nasafiyning kamolotni uruj (ko‘tarilish) va nuzul (tushish) nazariyasi asosida tushunishidir. Bu nazariya o‘z navbatida ulug‘ olam va kichik olam tushunchalari bilan bog‘lanib ketadi. Chunki Nasafiy Ibn Arabiyga qo‘shilib, insonni olami sag‘ir (kichik olam), ilohiy olam va moddiy olamni birgalikda olami kabir (ulug‘ olam) deb ataydi. - Ulug‘ olamdagi jamiki narsa va xususiyatlar kichik olamda mavjud, deydi u. Shu tariqa inson yuqori olam-olami kabirning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib hisoblanadi.
Aziziddin Nasafiy komil insonga ta’rif berib yozadi: «Bilgilki, Komil inson deb shariat va tariqat va hakqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘lsin: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif».
Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht kitobi «Avesto»dan olingandir («Guftori nek, kirdori nek, raftori nek»). Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tayyor turadi. Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zardusht so‘zi yoniga «maorif», ya’ni tasavvufiy poklanish talabini qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan soliklar vazifa-maqsadi ushbu to‘rt fazilatni egallashdir. Kimki «o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi».
Nasafiyning mazkur ta’rifidan ikkita xulosa kelib chiqadi. Biri shuki, olim nazarida komil inson hayotdan taqari bo‘lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam shunday martabaga ko‘tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, Nasafiyga ko‘ra, komil inson martabasi tariqat va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir.
Komil inson haqida yuqorida bayon etilgan fikrlarni o‘zaro jamlasak, quiydagi xulosalar kelib chiqadi:
- Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi.
- Komil inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilo-hiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug‘ homiydir.
- Komil inson martabada Aqli kull (Aqli avval)ga teng. Alloh avval Aqli kullni, ya’ni Komil insonni yaratdi, keyin u tufayli boshqa maxluqotlar yaratildi.
- Komil inson ruhi azaldan ma’lum, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir.
- Komil inson shu sifatlari bilan mutloq ilohiy xislatlarni jamlagan kayhoniy mavjudlikdir, u agar oddiy inson suratida ko‘rinsa ham, lekin ma’nan koinotni qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bir zotdir.
- Shu martabada u Allohning xalifasi bo‘la oladi.
- Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
- Shu uchun har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin.
- Komillikning oliy belgisi Haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komildir.
Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da aslida mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqindir. Ya’ni bu yerda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat tushunchasiga ko‘ra, insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori olamda ma’lum edi, bu ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat ahli.
Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga yetishi mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli risolasida yozadi: «Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi».
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – hamida axloq bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratgan. Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi – uchinchi toifa odamlar komil insonlardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z-o‘zini tanish bilan amalga oshadi».
Shu tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bo‘ladiki, o‘rta asarlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu cho‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan.
Asarning asosiy g„oyasi komillik sirlari, Qur‟oni karimning umuminsoniy-umumbashariy ahamiyatga ega bo„lgan ilmiga, Rasululloh hadislariga amal qilish sunnati ma‟rifatiga undashdan iboratdir. Hazrati Navoiy uchun tom ma‟nodagi komil inson Muhammad alayhissalomdir. “Xamsa”ning barcha dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni, diniy va tasavvufiy, tarixiy va ma‟rifiy asarlarining muqaddima boblari hamddan so„ng Rasululloh (s.a.v.) madhi bilan boshlanadi.
“Mahbub ul-qulub” muqaddimasida an‟anaviy basmala va hamddan so’ng, na’t qismida islom payg’ambari, koinot sarvari va barcha payg’ambarlardan afzal, insoniyatning eng yaxshisi deyiladi va buning vositasida islom dinining asl mohiyatini tashkil qiluvchi g’oya - barcha dinlar o’z mohiyatiga ko’ra bitta, barcha odamlar bir ota-onaning farzandi, payg’ambarlar birbirlariga birodardirlar, degan fikr salavotlar zamiriga singdiriladi va iqtibos, talmeh hamda tashbih san’atlari orqali rasuli akram vasf qilinadi.
“Va durudi noma‟dud ul mahbubi oqibat mahmudgakim, Haq taolo anga qurb va manzilat berdikim, olam va odam vujudidan maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va farxunda xilqati anosir tarkibidan pok erkani zohir. Ansorining yeli Masih anfosi va tufrog’i Yaqub ko’zining to’tiyosi va suyi Xizr chashmasining zuloli va oti Kalim daraxtining nori ishtioli. Bu anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhiga ruhi fido demak sazovor” [2. 450]. Kalomi sha’ni (Qur’on)da u haqda shunday deyilgan: “Va mo yantiqu anil havo” (U sizlarga keltirayotgan Qur’onni o’z havoyi xohishi bilan so’zlamaydi) va nutqi bayonida “In –huva illo vahyun yuho”- U (Qur’on) faqat Olloh tomonidan Payg’ambarga tushirilayotgan vahiydir [1.404]. Payg’ambarimiz madhidan so’ng quyidagi 8 misralik masnaviy keltiriladi:
“Ikki gisusi iki laylat ul-qadr,
Bu yanglig iki layl ichra yuzi badr,
Layl-u badr o’lub sham’i shabiston,
Uzoridin xoy anda kavkabiston.
Bu kavkablardin aylab Tengri mavjud,
Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma’lum,
Musohiblari sha’nida ashobi kan-nujum [2.451]. Na’t masnaviyda ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.) olam va odamning murodi sifatida ta’riflanadilar. Unda Payg’ambarimiz (s.a.v.) zoti unsuri pokligi to’rt unsur (havo, tuproq, suv, olov) talqinida ta‟riflanib yeli Masih anfosiga, tuprog’i bani Isroildan bo’lib Baytul hazanga, suvi tiriklik chashmasi Xizr suviga, o’ti esa Isro va Me‟roj
_____________________
O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 o‘rganish masalalari 227 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

tafsilotlarining dalili bo’lgan daraxt nuridan shu’lalangan Kalomda keltirilgan daraxtga tashbeh etiladi. Na’t ikki olam rahmati Payg’ambarimiz (s.a.v) va me’roj kechasi bilan bog’liq barcha ta’rif-u tafsilotlari ma’naviy san’atlar bilan ifodalanadi. Muhammad (s.a.v.)ning ikki kokili ikki qadr kechasiga, yuzi to’lin oyga o’xshatiladi. Payg’ambarimiz quyoshga, sahobalari yulduzlarga qiyoslanadi hamda “Sahobalarim yulduzlar kabidirlar” deb boshlanadigan hadisga ishora qilinadi. “O’zbek adabiyotida Muhammad alayhissalom xususida Alisher Navoiy kabi “ko’b” va “xo’b” yozgan shoir bo’lmasa kerak. Navoiy uchun Muhammad (s.a.v.) maqomi – inson zotining qo’li yetmas yuksaklik, lekin kamolotning Haqdan jazba orqali inson sa’y-harakati bilan erishsa bo’ladigan martabalari ham mavjud. Bu – valiylar va oriflar maqomi. Shunday rutbaga erishgan kishilarni shoir komil insonlar sifatida o’z asarlarida alohida hurmat va ehtirom bilan tasvirlaydi va Xudodan o’zini ham o’sha buyuk zotlarga nasib bo’lgan poyaga ko’tarishni so’raydi. Navoiyning hayotida naqshbandiya tariqatining uch buyuk siymosi – Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylar katta o’rin tutgan. Shoir ularni bir umr hassos muhabbat bilan sevdi, bu najib insonlarga yuksak e’tiqodini deyarli har bir asarida u yoki bu darajada ta’kidlab o’tdi, alohida bob va fasllarda ta‟rif – tavsif etdi. Navoiy idealidagi komil insonlar birinchi navbatda xuddi shu uch buyuk avliyo edi” Alisher Navoiy o’zining «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida forsiy tildagi qasidalari, ularning nomlari va javobiya bo’lsa, qaysi shoirlar qasidalariga tatabbu’ tarzida yozilgani haqida juda teran ma’lumot beradi.(MAT, 20 tomlik, 16-tom, 28-31-betlar). Bu ma’lumotlar hamda «Devoni forsiy» da nashr ettirilgan qasidalarni o’rganish shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy olti qasidadan iborat bir turkumni «Sittayi zaruriya»(Zaruriy oltilik) deb atagan bo’lsa, to’rt qasidadan iborat ikkinchi turkumga esa «Fusuli arbaa»(to’rt fasl) deb nom qo’ygan ekan. Bu ikki turkum o’nta qasidani o’z ichiga oladi. Shuning bilan birga Alisher Navoiy Xoja Salmon qasidasiga javoban yana bir qasida boshlagani haqida ham xabar beradi. Agar bularning hammasi


umumlashtirilsa, unda Alisher Navoiy-Foniyning forsiy tilda o’n bitta qasida yozgani ma’lum bo’ladi.
«Sittayi zaruriya». Alisher Navoiy turli yillarda yozgan qasidalarini Sulton Husayn Boyqaro ko’rsatmasi asosida 902 hijriy-1497 melodiy yilda qasidalar turkumi sifatida tartib berib, uni «Sittayi zaruriya»deb ataydi.
«Sittayi zaruriya» debocha va oltita qasidadan iborat. Alisher Navoiy-Foniy tomonidan yozilgan nasriy debocha bir necha jihatdan ahamiyatga ega. Birinchidan, unda «Sittayi zaruriya»ning tuzilish sababi va yili ko’rsatilgan, ikkinchidan esa qasidalarning joylashtirish tartibi va har birining mavzusi aniq ko’rsatilgan. Ana shuning uchun debochaning ikkinchi qismi, ya’ni har bir qasida haqida berilgan ma’lumotni o’zbek tilida bayon etish ma’qul ko’rinadi.
1.«Ruh ul-quds» — Muqaddas ruh bo’lib, unda Alloh taolo hamdi berilgan.
2. «Ayn ul-hayot» — Hayot chashmasi bo’lib , Rasululloh Muhammad na’tidir.
32. «Tuhfat ul afkor»-fikrlar tuhfasi, Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror»iga javobiya bo’lib, Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan.
4. «Quvvat ul-qulub» — qalblarga quvvat bo’lib, pand-nasihat va foydali mulohazalar bayonidan iborat.
5. «Minhoj un-najot»-najot yo’llari bo’lib, Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan.
6.«Nasim ul-xuld»-jannat shabbodalari bo’lib, «Mir’ot us-safo» — pokizalik ko’zgusi qasidasiga javobiyadir.
«Sittayi zaruriya» debochasidagi bu ma’lumot Alisher Navoiy tomonidan «Muhokamat ul-lug’atayn»da yanada kengaytirilgan va shunday yakunlangan: «Bu olti qasida hamd va na’t va sano va ma’vizatdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat».
Alisher Navoiyning « Ayn ul -hayot» qasidasi o’zining falsafiy, ijtimoiy- axloqiy va badiiy ko’lamining kengligi , ularning a’lo darajada idrok etilib, amalga oshirilgani jihatidan nazirai benazir, ya’ni o’xshash-o’xshamas bir badiiy kashfiyotdir. Bunda shoirning shohlik va uning fazilatlari, jamiyatdagi turli toifa sifatlari, faqr va faqirlikning naqshbandiya suluki nuqtayi nazaridan talqini va
uning zabardast murshidi Abdurahmon Jomiyning olijanob fazilatlari haqidagi kuzatishlari falsafiy va badiiy uslubda bayon etilgan.
« Ayn ul hayot» qasidasining o’zi Alisher Navoiy-Foniyning forsiygo’ylikdagi ulkan imkoniyat va mahoratlarini namoyish etganidan ulug’ shoirning bu tildagi asarlaridan so’z yuritgan Sharq alloma va tazkiranavislari uni namuna va ibrat darajasida ekanini mamnuniyat bilan e’tirof etadilar.
Xulosa: Ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy g’azal mulkininggina emas, balki she’riyat mulkining sultoni, sohibqironi sifatida o’zining ko’p qirrali va barakali asarlari bilan o’zbek va Sharq mumtoz adabiyoti xazinasini noyob badiiyat durdonalari bilan boyitdi.


Shuning uchun XV asrdan so’ng faoliyat ko’rsatgan o’zbek, ozarboyjon, turk, turkman, totor, uyg’ur adabiyotlarining namoyandalari hamda forsiygo’ylar ham uni ustoz deb e’zozlab, an’analarini davom ettirib kelmoqdalar.
Alisher Navoiy ustozi va piri Abdurahmon Jomiy (1414— 1492) vafotiga bir yil to`lganda, uning qabri boshida katta maqbara qurdiradi, shoh ishtirokida yana ulkan marosim o`tkazadi. Shu marosimda ustozi Jomiy vafotiga bag`ishlab yozgan marsiyasini o`sha davrning mashhur olimi va notiqi Mavlono Husayn Voiz Koshifiy o`qib beradi.
Har biri o`n baytdan iborat 7 bandli (140 misra) bu tarkibband marsiya «Xamsat ul-mutahayyirin» asarning xotimasida keltirilgan va ma`lum ma`noda unga yakun yasagan. Marsiyada Jomiyning ilmu axloqi va fazilatlari ta`riflanib, vafoti barchani qayg`uga solganligi, dunyoning foniyligi, shuningdek hayot, o`lim, oxirat bilan bog`liq o`y-mushohadalar ilgari suriladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan”nashriyoti Alisher Navoiyning “Sittai zaruriya ” (Olti zaruriy qasida) kitobining nasriy tarjimasini nashrdan chiqardi. “Foniy” taxallusi bilan fors tilida yozilgan qasidalarga mutafakkir shoir “Ruhul quds” (Muqaddas ruh), “Aynul hayot” (Hayot bulog‘i), “Tuhfatul afkor ” (Fikrlar tuhfasi), “Kutul qulub” (Qalblar ozuqasi), “Tuhfatun najot” (Najot tuhfasi), “Nasimul xuld” (Jannat shabadasi) deb nom bergan. Qasidalarni Sayfiddin Sayfulloh, Sodir Erkinov, Nazzora Bekova, Halima Muxtorova tarjima qilishgan.
Majmuadagi ikkinchi qasida bo’lmish “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”) deb nomlangan. Hajman 106 bayt bo‘lib, mazmuniga ko‘ra na’t qasida hisoblanadi. Qasidaning yaratilgan yili noma'lum. “Ayn ul-hayot” olam sarvari, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak me'rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh, arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg‘ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari tasviriga bag‘ishlangan.
“Ruh ul-quds” kabi “Ayn ul-hayot” qasidasi ham “tab'i xud”, ya'ni mustaqil ravishda yozilgan asarlardan hisoblanadi. Bu asarda Foniy an'anaviy me'roj mavzusini yangi, toza tasvirlar bilan yoritadi, aql qudratidan xorij bo‘lgan bu mo‘jiza vasfida so‘zning qudratidan foydalanadi.
Qasida muraddaf bo‘lib, “afganand” (tushirishar) radif vazifasini bajargan. Me'rojning lug‘aviy ma'nosi esa, “ko‘tarilmoq”, “Haq taolo huzuriga yuksalmoq”dir. Ham jismoniy, ham ruhiy uruj (yuksalish) tasviri va tavsifiga bag‘ishlangan baytlarni “tushirmoq” ma'nosini anglatuvchi radifning mantiqiy mehvari atrofiga birlashtirish katta san'atkorlik talab qiladi. Bir yuz-u olti baytda “tushirmoq” so‘zini qo‘llab, sarvari koinotning ma'naviy kamoloti, koinot gultojining yuksak maqomi va martabasini belgilovchi, kufr va imon ahli o‘rtasidagi farqni uzil-kesil belgilab beruvchi mo‘jiza – me'roj kechasini ta'riflash orqali Foniy forsiy she'riyatda ham zabardast shoir ekanligini isbotlab bergan.
Qasida quyidagi matla' bilan boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Jilva dar xayli butoni mohsiymo afganand.
(Mazmuni: Tun hojib – pardadorlari qora chodirlarini tushirgan paytda
Oy yuzli sanamlar xayliga jilva – nur tushiradilar).
Bu baytdagi har bir istiora bir necha ma'noni ifoda etadi. “Tun hojiblari” istiorasi qo‘riqchi farishtalar ma'nosini ifodalaydi. “Savdo” so‘zi qoralik ma'nosidan tashqari, “muhabbat, shaydolik, tayyorgarlik, faol harakat” ma'nolarini ham ifodalaydi. “Butoni mohsiymo” – osmondagi sobit-u sayyoralar. Demak, tun farishtalari Payg‘ambarimiz (s.a.v.) me'rojining taraddudiga muhabbat bilan kirishib, osmonga qora chodir tushirdilar, oy tal'atli sayyoralarni bezatdilar, demoqchi shoir. Shu tariqa, 40 bayt davomida tashxis, istiora, tashbeh, iyhom kabi mushtarak va ma'naviy san'atlar vositasida me'roj kechasi tasvirga tortiladi. Bu baytlarda osmon jismlari va tungi manzara ham badiiy obraz, ham moddiy mavjud ashyo kabi taassurot uyg‘otadi. Qasidada osmon faqat sayyora va yulduzlar makoni emas, balki farishtalar maskani, ruhlar olami, pok va ulug‘vor manzil, tiriklik sarchashmasi, hayot ko‘zgusi sifatida tasvirlangan. Me'roj kechasining tasviriga bag‘ishlangan yana bir xususiyat – baytlar yuqori ko‘tarinki ruh, farahbaxshlik bag‘ishlovchi, ohangdor so‘zlar tizimidan tarkib topgan. Chiroyli o‘xshatishlar va tashxis unsurlari yordamida Yetti sayyora va o‘n ikki burjning asosiy xususiyatlari qalamga olinadi.
Qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (afoyili va taqti'i: foilotun foilotun foilon – V– – /– V– – / – V~ ) vaznida yozilgan.


Ayn ul-hayot qo`lyozma sarlavhasida Qasidai «Ayn ul-hayot dar na`ti Rasul alayhis-salavot» («Ayn ul-hayot» qasidasi Muhammad alayhis-salavot na`ti haqidadir).
«Ayn ul-hayot» «Sittai zaruriya»ning ikkinchi qasidasya (qasidai soniy) bo`lib, yozilgan yili noma`lum. Qasidaning matnida uning baytlar miqdoriga
ishora qiluvchi ta`rix usulida yozilgan bir bayt mavjud. Ushbu baytda «Ayi ul-
hayot» qasidasining baytlar miqdori «Obi baqo» so`zining harflaridan kelib chiqadigan sonlar yig`indisiga yashiringanligi ma`lum bo`ladi.
Dar adad yoband baytash tav`ami «Obi baqo»,
Dar hisobi u nazar gar so`i imlo afganand.
«Obi baqo» —1+2+2+100+1 = 106. Shunga ko`ra qasidadagi baytlar miqdori 106 tadir.
Batho — Makka vodiysining qadimgi nomi.
Bo niyozu achz az regi biyobon beshtar,
Ro`di sayli ashk so`i regi Batho afganand.
Bu misralarda Navony biyobon qumlaridan ham ziyoda imon e`tiqodli kishilarning Allohga munojot bilan ko`zlaridan yosh seliii oqizib, Makka vodiysiga — dinu dunyo qiblagohiga yurib boradilar degan fikrni bayon qiladi. Bu o`rinlarda ziyoratchilarning son jihatidan ko`pligi biyobon qumlarining chekchegara bilmasligi bilan qiyos qilinmoqda; Ayni paytda ushbu tashbihda mubolag`ai g`ulu ham ifodalangan.
Yahyo — Sulaymon payg`ambar naslidan bo`lgan payg`ambarlardandir. U o`z qavmi va yaqinlaridan bo`lgan Imron qizi Maryamga tug`ishgandek mehribon edi. Toat-ibodat va ismatda ustuvor Yahyo alayhis-salom olam ahliga rasul ham edi.
Najmiddin Kubro — XII asrda yashab ijod etgan so`fiy-likning ko`zga ko`ringan namoyandalaridan. U Qur`onning tafsiri sifatida mashhur bo`lgan «Ayn ul-hayot» asarining muallifi. Naql qilinishicha, Najmiddin Kubroning karomatlaridan biri, u agar ko`z o`ngida turgan itga nazar tashlasa, it beixtiyor jazavaga to`shib ketar edi. Qasidadagi Najmiddin Kubro haqidagi baytda shu holatga ishora bor.

Inno fatahno... — Kur`onning qirq sakkizinchi «Fath» surasidagi «Inno fatahno laka fathan mubinan» (Biz senga ochiq-ravshan g`alaba ato qildik)
oyatidan. Muhammad payg`ambar va uning qo`shini haqida so`z borayotgan ushbu oyat asosida Navoiy «Tangrining tikuvchilari sening qo`shining bayrog`ini tikar ekanlar, uning etagiga g`oliblikka erishish oyatidan zeb yozib qo`yganlar», degan mazmunni ifodalamoqda.
Quyidagi baytda esa:
Az ahodisat sahihiro ravot andar raqam,
Boru bob az haddi Batho to Buxoro afganand.
Qasidaning bu baytidagi «Az ahodisat sahihiro» iborasi uning mazmuniga ishora qilib turibdi. Unda Navoiyning Buxoroga islom markazlaridan biri sifatidagi katta rag`bati anglashiladi. Ma`lumki, islom olamining yirik namoyandalaridan Imom Buxoriy Muhammad payg`ambarning muallifligi tasdiq etilgan hadislarini jam qilib, «Sahihi Buxoriy» («Al-Jomi` as-sahph») kitobini tartib bergan. Shu munosabat bilan Imom Buxoriy kitobiga bo`lgan e`tiqod kuchaygan edi. Navoiy yuqoridagi baytda shu holni qalamga olib, «Hikmat egalari sening asl hadislaring miqdori haqida so`z borganda — ular Batho (Makka) eshigidan Buxorogacha yozilgudekdir deb aytadilar» tarzida g`oyat nazokatli bir fikrni ifodalaydi.
«Sittai zaruriya»dagi ikkinchi qasidasi bo’lmish “ Ayn ul hayot “ qasidasi Muhammad Mus- tafo (SAV) na'tiga bag‘ishlangan bo‘lib, u «Aynul hayot» («Hayot chashmasi» yoki «Hayot manbai») deb nomlangan.

Download 202.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling