Ayn ul-hayot


“Ayn ul -hayot” –na’t qasida


Download 202.37 Kb.
bet7/20
Sana18.06.2023
Hajmi202.37 Kb.
#1560297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Dissertatsiya — копия111WERGHGRTHTRHRTH

1.2. “Ayn ul -hayot” –na’t qasida.
Ma'lumki, Navoiy ijodida Payg‘ambar(SAV)ga ba- g‘ishlangan na'tlar ko‘p. Har bir devon avvalida Parvardigor hamdidan keyin Payg‘ambari Akramga atalgan na't g‘azallar keltiriladi. Ba'zi devonlarning o‘rtalarida ham na't g‘azal bor. Dostonlar ham avval Xudovand hamdi, so‘ngra Payg‘ambar na'ti bilan ochiladi. Bu — an'ana. Xuddi shu singari «Sittai zaruriya» yaxlit bir asar deb qaralgani uchun birinchi qasida tavhidi Bori taoloni talqin etsa, ikkinchi qasida Payg‘ambar Me'roj tasviriga bag‘ishlangan. Me'roj Navoiy Foniyning alohida sevgan mavzuidir.
Chunki Navoiy ham, boshqa so‘fiy yoki mutasavvif shoirlar ham Payg‘ambar Me'rojida tasavvuf g‘oyalariga yaqin narsani va so‘fiylarning ruh uruji (ko‘tarilishi), tariqat maqomlarini egallab, Parvardigor huzuriga musharraf bo‘lish g‘oyasining isbotini ko‘radilar Shu bois Me'roj kechasi Rasuli akramning Koinot bo‘ylab sayri, Buroq otida Jabroil(AS) jilovdorligida yetti qavat osmondan oshishi va Arshga yaqinlashib, Olloh bilan suhbatlashishi katta shavq-u zavq, qaynoq ilhom bilan tasvirlanadi. Bu tabiiy, chunki ushbu mavzu o‘z xususiyati va mohiyati bilan shoironadir. Shu bois u buyuk shoirlar ilhomini qanotlantirgan Va, e'tiborlisi shuki, Navoiy dostonlari, xoh g‘azal, xoh qasidalarida bo‘lsin, har g’oya ushbu mavzuni yangi, toza tasvirlar bilan yoritadi, aynan takrorlamay, yangi-yangi usullar qo‘llaydi.
«Aynul hayot» qasidasida ham asosan Me'roj tuni tasvirlangan va alohida yo‘l tanlangan. Qasida 106 baytdan iborat, ammo shundan 40- bayti bevosita Payg‘ambar(SAV) ning Arsh tomon ko‘tarilishlariga bag‘ishlangan, xolos. 66- bayt she'r esa ana shu Me'roj kechasining tasviri, ya'ni Rasululloh yo‘lga chiqqunlarigacha bo‘lgan osmon holati, sobit va sayyora yulduzlar, yer ashyolari bir-bir tasvirlanadi. Go‘yo butun Koinot, falak Muhammad Mustafo (SAV) ning Me'rojiga tayyorgarlik ko‘rayotgani, rostlanib, bezanib, shukuhlanib, intizorlik bilan kutayotgani bayon etilgan. Zero, bu alohida Tun, Parvardigor o‘z Rasuli, habibi bilan diydor ko‘rishgan fayzli, jozibali Tun edi.
Buni asarning birinchi baytidayoq sezish mumkin:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Jilva lar xayli butoni mohsiymo afganand.
(Tun hojib — pardadorlari savdo chodirlarini ko‘rganda oy yuzli go‘zalpari xayliga jilva - nur tushiradilar).
Tashbih va tasvirning go‘zalligini qarang:
Bu o‘rinda savdo tayyorgarlik, faol harakat ma'nosini anglatadi. Hojib so‘zi pardadordan tashqari, qo‘riqchi farishtalar ma'nosini ham ifodalaydi. Oy yuzli go‘zallar — sayyoralar. Demak, tun farishtalari taraddudga tushib, shohona chodirlar qurib, sayyoralarni bezatdilar, demoqchi shoir.
Keyingi bayt:
Sad hazoron kirmi shabtob az shabistoni sipehr,
Lam'aho bar pardai shabguni g‘abro afganand.
(Osmonning toqilan yuz minglab yaltiroq qurtlar — yulduzlar yerning qorong‘i pardasiga yog‘dular to‘kadilar).
Shu tariqa, tasvir boya «Ruh-ul quds» qasidasida bo‘lganidek ikki yoqlama davom etadi: bir tomondan, g‘oyat original tashbeh va istiora, iyhomlar bilan osmon jismlarini ta'rif etish;
ikkinchi tarafdan, osmon jismlari, yerdagi ashyolarni inson idrokiga, hayotga yaqinlash- tirib, jonlantirib baytlar tuzish. Go‘yo samoviy jism- lar ham obraz va ham moddiy mavjud ashyoday taassurot qoldiradi o‘quvchida. Bilamizki, qadimda osmon jismlari — sayyoralar, yulduz turkumlari, burjlar turli xislat va xususiyatlarga ega deb qaralgan. Ular inson taqdiri hamda hayot hodisalari bilan vobasta qilib tushuntirilgan va ko‘pining nomlanishi hayvonlarning nomi (qis- qichbaqa, ho‘kiz, chayon, baliq kabi) yoki insonga kerak ashyo- asboblar (dalv, tarozi) yoinki inson kasb-kori (kamon otuvchi kabi) bilan bog‘liqdir. Navoiyda osmon jismlari ruhlar makoni, farishtalar joyi, ular go‘yo tirikday etib tasvirlanadi. Ushbu qasidaning umumiy ruhi bir xush- nudlik, farahbaxshlik bo‘lgani uchun har bayt mazmunida ham bu seziladi. Koinot, borliqni Alloh yaratgan, jamiki hammasi Allohga tasbeh aytadi. Biroq Me'roj kechasida ular Alloh habibining tashrifidan junbishga kelgan va xuddi jonli olamday bu hodisadan sarafrozdirlar.
Mana bu tasvirga diqqat qiling:
Ashkrezon na'sh bar do‘shi banot ae so‘gi mehr,
Jumla bar sarho parandi anbaroso afganand.
(Etti og‘ayni yulduzlarning har biri mehr-u muhabbat yig‘isidan bir-birining quchog‘iga bosh qo‘yib ko‘z yoshi to‘kadilar; hammasining boshida anbar hidli harir yopilgan). Qadimgi ilmi nujumda Yetti og‘aynini Dubbi akbar (Katta ayiq) yoki Banotunna'sh deganlar. Banotunna'sh — o‘lik birodarlar degani aslida Ammo ana shu o‘lik jism- lar ham Me'roj tuni jon hosil qilib, shodlikdan mehr yoshi oqizib, anbar hidli harirga o‘ranib, Rasulullohni kutmoqdalar, deydi Navoiy.
Yoki mana bu baytni olaylik:
Kutb chun pire ba tamkin v-axtaru anjum samo',
Chun muridon girdi pire poybarjo afganand
(Qutb yultsuzi xudtsi vazmin lir kabi, yulduzlar esa uni eshitish uchun muridlarday o‘rtadagi pirni o‘rab olganlar).
Bu tasvir tariqat ahli xonaqohlaridagi majlislarga ishoradir: pir vazmin va tamkin bilan o‘rtada o‘tiradi, muridlari uning atrofida tavoze bilan o‘tirib suhbatini tinglaydilar yoxud raqsu samo' uyushtirib, ilohiy jazba nasibasini topadilar.
Shunaqa chiroyli tashbehdar bilan osmon jismlaridan Mirrix, Mushtariy, Oy, Zuhra, Nasri voqe' (Burgut), Savr (Ho‘kiz), Surayyo, Qavs (Yoy otuvchi)larning xususiyatlari qalamga olinadi. Zuhraning cholg‘uvchiligi, mutrib va mug‘anniylarni atrofida jamlagani, kamonchining nayza bilan Echki (burj nomi)ni sahroga quvgani va boshqa jonli tasvirlar, shu kabi yulduzlar, falak posboni sifatida Yerda odamlar orom olib uxlasin uchun uyg‘oq turishi haqida so‘z boradi, ammo odamlar orasida shundaylari ham borki, tunlarni bedor o‘tkazadilar:
G‘ayri ushshoqi balokash, k-az g‘ami hijron chu man,
Na'rai «vohasrato» bar charxi mino afganand.
(Faqat men kabi balokash oshiqlar bundan mustasno, chunki ular hijron g‘amidan «vohasrato» na'rasini charx- ning nilgun gumbazidan o‘tkazadilar).
Ha, Iloh oshiqlari tunlarni nola chekib o’tkazadilar, ma'shuqa - Xudovand yodida yonadilar. Navoiy o‘zini ana shu balokash oshiqlar eumrasiga qo‘shgan, zero, shunday bo‘lmaganida Navoiy bunday otashin hislar og‘ushida qaynab, o‘lmas asarlar bitmagan bo‘lardi.
Alisher Navoiy bunday «ishqu vafo» ahli bo‘lgan oshiqlar tavsifini davom ettiradi:
Z-obi chashmi hasrat avval doda eohirro vuzu,
Otash az botin ba joni noshikebo afganand.
Z-ohi hasrat parda bar ruxsorai axtar kashand,
Z-ashki mahjuriy xalal dar toqi haero afganand.
Chun ba tavfi raveai xilvatgahi dil ro‘ nihand,
Burqai nomahrami bar ro‘yi huro afganand.
(Zohir tanani avval hasrat ko‘z yoshlari bilan tahorat qilib, poklaydilar, sabrsie jonga botin olovini yuboradilar. Ohu hasrat bilan yulduz yuziga parda tortadilar, ayriliq azobi yoshlari bilan osmon gumbazini teshadi- lar; agar ko‘ngilning xilaatxonasi tavofiga yuz bursa- lar, hurlar yuziga nomahramlik pardasini soladilar)
Demak, shoir tungi osmon tasviridan yerga ko‘char ekan, gapni tunlari bedor oshiqlar ahvolini bayon etishdan boshlaydi. Oshiq soliklar ahvoli yana bir necha baytda davom etib, so‘ngra tong saharda shoh mulozimlarining nog‘ora chalishi,
g‘aflatda yotgan ulus, nasroniylarning kalisolarga ibodat uchun borishi, rohiblarning monastir — dayrda uyg‘onib butparastlikka mashg’ul bo‘lishi, muazzinlarning «Allohu akbar» deb bong urishi tilga olinadi.
Ya'ni yerdagi turli e'tiqodli odamlar hayotining boshlanishi ko‘z
oldimizga kelaveradi. Shoir hatto mayparast rindlar, yorini kutgan yigit-qizlar holatini ham chiroyli qilib chizadi. El uyg’onganda, har biri o‘z maqsad yo‘lida ishga kirishib ketadi. Ammo shu o‘rinda ham Navoiy ikki toifa odamlar — haqparast soliklar va shahvatparastlarni ajratib ko‘rsatishni lozim topadi: shahvat va gunoh ahli ojiz, ular gunohlarini yashirish uchun o‘zlarini suvga uradilar, shoshib yuvinadilar, holbuki, haqparast poklar masjidga yo‘l olib, joynamoz ustida toat qiladilar. Qoziyu mufti va boshqa isbot-u isnodga o‘rgangan eohirbin olimlar harifni mot qilish uchun yuzni yuvmasdan kitob juevla- riga tashlanadilar. Qozilar dargohidagi kofir xodimlar bir qism kumush uchun yue musulmonning uyini buzishga fatvo chiqaradilar.
Shu tariqa har xil toifadagi odamlarning nomunosib va nodurust xatti-harakati bayon etiladi. Savdogarlarni Alisher Navoiy «devmardum» (devsifat odamlar) deb ta'riflaydi. Chunki, deydi u, bu toifa qaroqchilar guruhidan qolishmaydi, ular bozorga firib va aldov uchun uya qurib olganlar.
Savdogarlar:
Devmardum ,ya’ni ahli bay’ bahri rahzani ,
Har yake xudro ba so’q andar ba ma’vo afganand.
Dar zamoni bay' chun tug‘yon kunaa «insofashon»,
Buryoro tuhmati zarbaft kolo afganand.
(Savdo vaqtida «insoflari» tug‘yon etganda, bo‘yrani zarbof mato deb pullaydilar).
Qanchalik zaharxanda, kinoyali kesatiq bor bu baytda!
Qasidaning bu qismida yana pok tiynatli taqvodor insonlarning ajzu niyozi,
yolg‘iz Allohga pok dil bilan intilishlari bayon etilib, shundan so‘ng Payg‘ambar Me'roji tasviriga o‘tiladi:
Xojai kavnaynu faxri anbiyo, k-ashobi o‘,
Soya bar xurshid, bal Arshi muallo afganand.
Gardi rohash axtaron dar didai ravshan kashand,
Xoki poyash ravshanon dar chashmi bino afganand.
(Ikki dunyo Xojasi, anbiyolar faxrikim, uning suhbatdoshlari Quyoshga, balki baland Arshga soya soladilar. Uning yo‘lini g‘uborini yulduzlar ravshan ko‘zga surtadilar, oyog‘i tuprog‘ini ravshan ko‘zlilar ko‘ruvchi ko‘zga qo‘yadilar).
Jannat hurlari peshvoz chiqib, bihisht eshigini supuradilar va mushki anbar sepadilar, bezanib qarshi oladilar. Me'roj kechasi Arsh ahdi Payg‘ambar otining poyandoz qilib yulduz durlarini sochadilar. Falakni kezuvchi Buroqini yetaklab borarkanlar, egarini javzou, egarpo‘shini mehr (quyoshdan) qilganlar. Bir emas, yuz ming quyosh uning quyoshi oldida so‘nadi, chunki u ham risolat (rasullik), ham nubuvvat (payg‘ambarlik) sohibidir.
Osmon jismlari yana tilga olinadi. Endi ular Me'roj bilan, Muhammad Mustafo (SAV)ning sayri bilan bog‘lab tasvirlanadi.
Mana bu bayt xarakterli:
Az ahodisat «sahihe»ro ravot andar raqam,
Bo rubob ae haddi Batho to Buxoro afganand.
(Agar hadislaring sahih yo‘l bilan raqam qilinsa, durust yo‘ldan Makkadan Buxorogacha yetib keladi).
Bunda Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va uning shoh kitobi «Jome'us sahih»ga ishora bor. Imom Buxoriy orqali Buxoro Makka kabi sharif bo‘ldi,
Payg‘ambar hadislari makoniga aylandi, demoqchi hazrat Navoiy.
«Aynul hayot» qasidasida Payg‘ambar sifatlari madh etilib, oxirida Navoiy o‘zini umidvor ummatlardan ekanligini aytib, u kishidan shafoat etishlarini tilaydi va qasida 106 baytdan iborat ekanligini yozuv orqali ishora qiladi. Ya'ni «obi baqo» so‘zining harflari abjad hisobida bir yuz olti bo‘ladi.
Qasidada Navoiyning san'atkorligi, keng qamrovli shoirona nigoh bilan qalam surishi kishini lol qoldiradi va u qalbga huzur bag‘ishlaydi.
«Aynul hayot» qasidasi «Ruhul quds» qasidasining davomiday yangraydi. «Ruh ul quds»dagi vahdatul vujud g‘oyasi, koinotni keng olib tasvirlash bunda ham mavjud. Faqat bunda sayyora va yulduzlarning xossalarini qo‘shib tasvirlash, yerdagi insonlarga tanqidiy munosabat alohidalik kasb etgan.
Navoiy Komil inson Muhammad rasululloh (SAV)ni otashin muhabbat bilan alqaydi, shoirning Xudoga muhabbati Payg‘ambarga bo‘lgan muhabbatida davom etadi. So‘fiyona tuyg‘ular, qarashlar nabi na'tining ichiga singdirilib, shu nigoh mavqeidan «gunohkor» Yer bandalarining nojoiz xulq-u atvori tanqid qilingan.
Qasida shu uchun ham o‘quvchiga kuchli ta'sir etadi.
Najmiddin Komilov o’zining “Xizr chashmasi “ asarida Alisher Navoiyning ijodiga baho berar ekan shunday so’zlarni keltiradi:
“Navoiy ijodi - hikmat va tamsillar, har zamon, har davr uchun ham saboqbo‘ladigan o‘lmas g‘oyalar, fikr-qarash- lar ummoni. Shoirning ehtirosli yoniqkalomi hamon qal- bimizga nur sochib, yuksakliklarga chorlaydi, insoniy- lik mulkiga yetaklaydi. U o‘z zamoni dardini qalamga oldi, adolat va insof tantanasi uchun kurashdi. Goh tarixni ibrat qilib, goh valisifat zamondoshlari obrazini yaratib, goh ulug‘ ideallarga havola qilib, insonlarga ta' sir etish, ularni xayr va savob ishlarga da'vat qilish bilan jamiyatni o‘nglash, inson zotini sharaflash uchun qayg‘urdi, butun iste'dodi, ilmini shunga sarfladi. Ammo, agar Navoiy dunyoqarashini yaxlit bir tizim sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, uning markazida, shubhasiz, islom ahkomi va tasavvuf ta'limoti yotadi. Zero, shoirning otashin gumanizmi, odamiylik kontseptsiyasi, adlu insof, saxovat va muhabbat haqidagi fikr-o‘ylari, ezgulikka payvasta buyuk tafakkur olami shu ta'limot negizida shakllandi. Tasavvufga mehr unda bolalikdan boshlangan; ko‘proq faqr ahli bilan do‘stlashgani, so‘fiyona asarlar mutolaasiga berilishi (chunonchi, «Mantiq-ut tayr»ni yod olgani), «soliki majzub»ni orzu qilgani shundan. U naqshbandiya sulukini tanlab, Abdurahmon Jomiyni pir deb qabul qilib, uning huzurida vahdat ul-vujud falsafasidan saboq oldi, shayx Muhammad Tabodgoniy suhbatlarini qozonib, «iltifotlar» ko‘rdi. Jomiy Navoiy iltimosi bilan orif shayxlar tazkirasi «Nafahotul-uns» kitobini yozdi va Faxriddin Iroqiyning «Lamaot» asarini sharhladi. Navoiy «Nafahot ul-uns»ni qisqartirib, o‘zbek tiliga tarjima qildi, turk mashoyixidan ko‘pini va zamondosh darveshlarni kiritdi. Natijada, Navoiy qalban va botinan «faqru fano jodasida iqbol topgan» ()£omiy) odamga aylandi. Azaliy va abadiy Tangri taoloni Haq va haqiqat hisoblab, nafs talablarini o‘ldira borib, dilni poklash, o‘zni tanib, o‘zlikni fido etish orqali ilohiy ma'rifat topgan orif so‘fiylar maslagi Navoiy maslagiga aylanadi. Natijada tasavvuf g‘oyalari uning ijodining mag‘z-mag‘ziga singib ketadi. So‘fiyona ishq olamini ilohiy nur tajallisida ko‘rish, hol mastonaligi shoirning valiylarcha iste'dodiga quvvat bag‘ishlar, romantik ta- xayyulini yashnatardi. Ayni vaqtda, shuni ham bilamizki, Navoiy real dunyo go‘zalligini kuylagan otashqalb shoir. U ijtimoiy-siyosiy voqealarga faol ishtirok etdi, davlat arbobi sifatida turli mansablarni egallab, o‘z ideallarini hayotga tatbiq etishga intildi. Navoiy hayotni butun murakkabligi bilan qalamga oladi, yoniq so‘z vositasida kishilar qalbiga ta'sir etish, ularni yomon ishlardan qaytarib, ezgu amallar sari safarbar etishga chog‘lanadi.
Xullas, Navoiy ijodida ilohiylik va dunyoviylik uyg‘unlashib ketgan. Ilohiy g‘oyalar, timsollar uning uchun inson hamisha intiladigan ideal olam bo‘lsa, dunyo shu ideal olamning ko‘zgusi, ibrat va saboq maydoni. Zero, insonda koinotning, ilohiy olamning hikmatlari, mohiyati aks etgan. «Neki olami kubroda bor olami sug‘roda bor», deydi Navoiy. Olami kubro — katta olam, ya'ni koinot, borliq. Olami sug‘ro - kichik olam, ya'ni inson. Bunday qarash aslida Odam Atoning yaratilishi haqidagi rivoyatga borib taqaladi. Odam Ato, Qur'oni karimda aytilishicha, tuproqdan yaratilib, keyin unga Alloh o‘z ruhini yuborib, jon ato etadi. Demak, inson 3modda va ruh yoki tabiat va ilohdan vujudga kelgan. Shu bois inson tiynatining negizida majoz va haqiqat, ilohiylik va dunyoviylik mujassam. Bu olam yagonaligi haqidagi vahdat ul-vujud ta' limotiga muvofiqdir. Ya'ni:
O‘z vujudungg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istarsan, o‘zungdin istagil.
Shunga ko‘ra, inson avvalo o‘zini, keyin Alloh yaratgan jamiki ilm-u hikmat, ma'rifat-ma'naviyotini bilib, o‘z Xoliqini tanib, musaffo ruh holida qayta vahdoniyatga qo‘shilmog‘i darkor. Shu yo‘lda inson axloqi poklanadi va u komillik darajasiga ko‘tariladi. Komil inson siyrati, bu yo‘lga kirgan solikning ishqi va shavqi, dard-iztiroblari Alisher Navoiy asarlarida turli timsollar, obrazlarda har xil uslubda tasvirlanadi. Navoiy ijodi - bamisoli bir obi hayot — Xizr chashmasi. Undan ichgan sari qalbingiz tolelanib, nurlanib boradi, ma'nan va ruhan ulg‘ayadi, kuch olasiz. Shunday, buyuk shoirni bizga ato etgan Parvardigorga ming bora shukr qilib, bu zoti mukarramdan bir umr ibrat olib yashash biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Mumtoz adabiyotda “na’t “ yo’nalishida juda ko’p asarlar yozilgan . Na’t - mumtoz adabiyotimizda Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning madhiga bag’ishlangan asarlar tushuniladi.
«Ayn ul-hayot» — Hayot chashmasi bo’lib , Rasululloh Muhammad na’tidir. QasidadA Muhammad payg’ambarning Me’roj ga ko’tarilish tasviri juda go’zal tarzda berilgan.
Alisher Navoiyning «Ayn ul hayot» qasidasi o’zining falsafiy, ijtimoiy- axloqiy va badiiy ko’lamining kengligi , ularning a’lo darajada idrok etilib, amalga oshirilgani jihatidan nazirai benazir, ya’ni o’xshash-o’xshamas bir badiiy kashfiyotdir. Bunda shoirning shohlik va uning fazilatlari, jamiyatdagi turli toifa sifatlari, faqr va faqirlikning naqshbandiya suluki nuqtayi nazaridan talqini va uning zabardast murshidi Abdurahmon Jomiyning olijanob fazilatlari haqidagi kuzatishlari falsafiy va badiiy uslubda bayon etilgan.


«Ayn ul hayot» qasidasining o’zi Alisher Navoiy-Foniyning forsiygo’ylikdagi ulkan imkoniyat va mahoratlarini namoyish etganidan ulug’ shoirning bu tildagi asarlaridan so’z yuritgan Sharq alloma va tazkiranavislari uni namuna va ibrat darajasida ekanini mamnuniyat bilan e’tirof etadilar.
Ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy g’azal mulkininggina emas, balki she’riyat mulkining sultoni, sohibqironi sifatida o’zining ko’p qirrali va barakali asarlari bilan o’zbek va Sharq mumtoz adabiyoti xazinasini noyob badiiyat durdonalari bilan boyitdi.
Shuning uchun XV asrdan so’ng faoliyat ko’rsatgan o’zbek, ozarboyjon, turk, turkman, totor, uyg’ur adabiyotlarining namoyandalari hamda forsiygo’ylar ham uni ustoz deb e’zozlab, an’analarini davom ettirib kelmoqdalar.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan”nashriyoti Alisher Navoiyning “Sittai zaruriya” (Olti zaruriy qasida) kitobining nasriy tarjimasini nashrdan chiqardi. “Foniy”
taxallusi bilan fors tilida yozilgan qasidalarga mutafakkir shoir “Ruhul quds” (Muqaddas ruh), “Aynul hayot” (Hayot bulog‘i), “Tuhfatul afkor ” (Fikrlar tuhfasi), “Kutul qulub” (Qalblar ozuqasi), “Tuhfatun najot” (Najot tuhfasi), “Nasimul xuld” (Jannat shabadasi) deb nom bergan. Qasidalarni Sayfiddin Sayfulloh, Sodir Erkinov, Nazzora Bekova, Halima Muxtorova tarjima qilishgan.
Navoiy “Muhokamatul – lug`atayn”da fors tilida bir qancha qasida yozganini aytadi. Hamid Sulaymon qayd qilishicha, “Devoni Foniy” ning uch
qo`lyozmasi(Parij Milliy kutubxonasi qo`lyozmasi, 285 raqam va Turkiya kutubxonasi qo`lyozmalari,1952,3850 raqamlar) muqaddimasida “Sittai zaruriya”(“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“To`rt fasl”) sarlavhali ikki to`plam bo`lib, birinchisi olti, ikkinchisi to`rt qasidani o`z ichiga olgan.
“Sittai zaruriya” to`plamidagi qasidalarda Navoiyning diniy, falsafiy qarashlari aks etgan.Majmuadagi birinchi qasida “Ruh ul-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o‘z ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta'rix yo‘li bilan hijriy 895, milodiy 1491-yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi madh etiladi. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi vahdat ul-vujud ta'limoti asosida talqin etilgan. Unda olam yaxlit holda yakka-yu yagona Parvardigor qudrati bilan yaratilganligi va ana shu Ruhi mutlaqning tajalliysi tufayli mavjudlik topishi va uzluksiz harakatda bo‘lishi ta'kidlangan. Qasida dasturiy-muqaddimaviy xarakterga ega. Unda Olloh – olam aloqadorligining barcha sabablari ruhning olti
quvvasi bilan bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi. “Ruh ul-quds” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, mazmun-mohiyatiga ko‘ra uni shartli ravishda o‘n ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi qism nasib (kirish)dan iborat bo‘lib, 9 baytni o‘z ichiga oladi. Unda Ilohiy qudratga umumiy ta'rif beriladi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy ba xomai qudrat musavviri ashyo,
Hazor naqshi ajib har zamon az o‘ paydo.
(Ashyolarga surat beruvchi (Allohning) qudrat qalamiga tasannokim,
Har zamon undan minglab ajoyib naqshlar paydo bo‘lgay).
Bu dunyo usta naqqoshi bo’lgan Olloh qalami ostida paydo bo’lgan ajoyib manzara kabi ifodalanar ekan, o’ziga xos she’riy iborada shoir moddiy olamni muhabbat manbaiga aylantirishga harakat qiladi. Bu tasvir bir-biriga o’xshamaydigan ming xil rang bilan tovlanib turadi. Zukko muallif ana shunday rang (naqsh)larning biri inson, tabiat, fazo, osmon tuzilishi ekanligini qasidaning
asosiy qismida ochib, takomillashtirib boradi. Bu naqshlar kasrat olami-Vahdat olamining behisob suratlaridir.
Hamdning “xomai qudrat” (qudrat qalami) iborasi bilan boshlanishi bejiz emas. Hadisda keltirilishicha, Muhammad alayhissalomga nozil bo‘lgan ilk surada “O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatdi” mazmunidagi oyatlar bor (“Alaq” surasi, 3–4-oyatlar). “Musavvir” so‘zi ham Allohning go‘zal ismlaridan biri bo‘lib, dastlabki misradayoq Parvardigorning uch sifati – Ilmi, Qudrati va Yaratuvchanligi hamd etilgan. Ko‘rinadiki, shoirning so‘z tanlashi asl manba – Qur'oni karim oyatlari asosida bo‘lsa ham, qo‘llanilishida shoirona mahorat imonli insonning kechinmalari va irfoniy dunyoqarash asoslari bilan omuxta bo‘lib, ajoyib so‘z san'ati namunasini vujudga keltirgan. Alisher Navoiy to’qqiz falak tasviridan so’ng o’n ikki burjni ham xuddi yuqoridagi singari Haq ilmi aks etgan Mutlaq Vujudning bir qismi sifatida tilga oladi. Quyoshning osmon qubbasidagi yo’lida joylashgan yulduzlar turkumi burjlardir. Ular o’n ikkita yulduz turkumidan tashkil topib, quyidagicha nomlanadi: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jady, Dalv, Hut-ya’ni bular hijriy-shamsiy taqvimining oy nomlaridir. Shoir ularning shakllari, samodagi joylashuvi, yil fasllarining almashinuvidagi ishtiroki, mifologik xususiyatlari hamda ular bilan bog’liq tabiiy hodisalarni qalamga oladi.
Zi bahri on ki hame kaxravist shevai charx,
Chu charx rutbai xarchang soxti volo.
Charxning hamma qilmishlari kajravlikdan iborat bo’lgani uchun falakda qisqichbaqa (burjlardan to’rtinchisi) maqomini baland yasading. Hayotda, inson taqdirida ham shunday hodisa kuzatiladi, turmushda kajrav insonlar qo’lining baland kelishi mumkin..
Mazkur qismda tashxis san’ati vositasida ajoyib lavhalar chiziladi va burjlarning o’ziga xos noyob xususiyatlarini tasvirlash bilan qasidaning badiiy qimmati yanada oshadi.
“Ruh ul-quds”ning ikkinchi qismida (10–28-baytlar) aytilishicha, Alloh olamni yaratgach, odamni ham yaratdi va ulug‘ martaba berdi. Odam jismi mo‘jizaviy
mukammal qilib yaratildi, odam jismining tuzilishi bilan olam tuzilishi orasida yaqinlik bor. Odamdagi har a'zo – asab, qon aylanishi, yurak, hissiy a'zolar barchasi Alloh qudrati mo‘jizasi, ammo bular orasida ikki narsa: aql va ko‘ngil insonni mumtoz etadigan ulug‘ mo‘jizalardir. Uchinchi qismdan yettinchi qismgacha yilning to‘rt fasli ta'riflanadi (29–74-baytlar). Unda zamon va makon tushunchalari, fasllarning almashinib turish qonuniyati, olamning turfa tovlanishlarida Ilohiy qudrat sir-u sinoatining namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi. Sakkizinchi qism bahor faslining qaytalanishi tasviridan boshlanib, sobit-u sayyoralar ta'rifi, Sharq ilmi nujumiga ko‘ra sayyoralarning joylashish o‘rni va ularga xos xususiyatlar tasviri bilan davom etadi (75–92-baytlar). “Ruh ul-quds”ning to‘qqizinchi qismida so‘z o‘yini vositasida o‘n ikki burjning nomlari inson taqdiri va hayot hodisalariga uyg‘un holda tasvirlangan (93–106 baytlar). Keyingi qism Arsh, kursi, maloikalar tasviridan boshlanib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning Me'roj tunida Alloh huzuriga ko‘tarilganlari tasviri bilan davom etadi.
Rasullulloh Alloh vasliga erishib, to‘qson ming ilohiy kalomni tinglab qaytib
kelganlarida, yotgan o‘rinlari sovumaganligi Parvardigor ko‘rsatgan bemisl mo‘jiza ekanligi aytiladi (107–115-baytlar). Qasidaning so‘nggi ikki qismi qasd (xotima)ni o‘z ichiga oladi. Undan Ollohga munojot va asarning yozilish ta'rixi sanasi, nomlanishi haqidagi ma'lumotlar o‘rin olgan.
Qasida aruz tizimining mujtassi musammani maxbuni maqtu' (afoyili va taqti'i mafoilun failotun mafoilun fa'lun V – V – / V V – – / V – V –/ – –) vaznida yozilgan. Unda badiiy san'atlardan tashxis eng ko‘p qo‘llanilgan bo‘lib, odam va olam sirlari ushbu san'at vositasida talqin etilgan. Jumladan, quyidagi baytlarda inson jismi – butun olamni o‘zida aks ettirgan g‘aroyib mamlakat, ko‘ngil – bu mamlakatning shohi, aql – vaziri sifatida tasvirlangan:
G‘arib kishvare orosti ba mulki badan,
Zi mulk to malakut on chi hast, hast on jo.
Dar o‘ nishondi dilro ba taxti sultoni,
Ki shud ba rasmi salotin xidevi mulkoro.
Xirad vazorati on shohro muayyan shud,
Gadoy – shohu vaziron – kamina banda turo.
(Mazmuni:
Badan mulkida g‘aroyib bir mamlakat tuzding,
Mulk olamidan malakut olamigacha neki bor, unda mavjud.
Bu mamlakatda ko‘ngilni sultonlik taxtiga o‘tqazding,
U sultonlardek badan mulkini obod qildi.
Aql bu shohning vazirligiga tayinlandi,
Shohlar – gadoying, vazirlar – kamtarin bandangdir)
Majmuadagi ikkinchi qasida “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”) deb nomlangan. Hajman 106 bayt bo‘lib, mazmuniga ko‘ra na’t qasida hisoblanadi. Qasidaning yaratilgan yili noma'lum. “Ayn ul-hayot” olam sarvari, payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ning muborak me'rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh, arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg‘ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari tasviriga bag‘ishlangan. ). Alixonto’ra Sog’uniyning “ Tarixi Muhammadiy “ asarida Me’roj tuni quyidagicha keltiriladi : “Endi bu o‘rinda haqiqatga muvofiq ravishda, qisqacha qilib Me’roj voqeasini bayon qilib o‘tamiz. Bu haqda uzun-qisqa so‘zlar yozilgan kitoblar ko‘p bo‘lsa ham, ammo haqiqati ila yozuvchilar ozdur. Shuning uchun Islom olamida Qur’ondin so‘ngra ishonimlik kitobimiz «Sahih Buxoriy» so‘zlariga qanoat qilib, aning Me’roj haqida keltirgan hadislarini bu o‘rinda tarjima qildim. Alloh o‘zi madad berishini so‘rayman. Endi bilmak kerakkim, Payg‘ambarimizning bir kechada Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga kelganlari Qur’on oyatlari bilan sobitdur. Bunga iymon keltirmaklik mo’minlarga farzdur. Masjidul Harom deb Makka shahridagi Baytulloh masjidini ayturlar. Butun yer ustida tamom musulmonlarning qiblasi shu Baytullohdur. Har namozimizda yuzimizni shu qiblaga qaratamiz. Yana o‘z o‘rni kelganda, Ka’batulloh va qibla haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz, inshaalloh! Masjidul Aqso bo‘lsa Falastin o‘lkasida Quddusi sharif shahrining masjididur. Bu masjid ersa, o‘tgan barcha payg‘ambarlarning qiblasi edi. Payg‘ambarimiz ham Makkada turgan vaqtlarida, o‘qigan namozlarini Masjidul Aqsoga qarab o‘qir edilar. Qachon Madinaga hijrat qilib borib, o‘n sakkiz oy o‘tgandin so‘ngra Qibla yo‘tkaldi (o‘zgardi). Ana shu kundin boshlab, barcha ahli Islomning qiblasi Makka shahrida, Baytullohni ichiga olgan Masjidul Harom bo‘ldi. Haqiqiy qiblamiz esa, shu masjid ichidagi Ibrohim Xalilulloh yasagan o‘ng burchagiga hajarul Asvad toshi qo‘yilgan qutlug‘ bir o‘rindur. Yuzimizni shu tomonga qaratib, Allohga ibodat qilamiz. Yana maqsadga kelaylik. Payg‘ambarimizning Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga kelganlari ushbu oyat bilan sobit bo‘ldi:«Subhanallaziy asro, bi abdihi laylamminal Masjidil Haromi ilal Masjidil Aqsollaziy barakna havlahu, linuriyahu min oyatina, innahu huvassamiul basir».
Ma’nosi: «Arig‘ zotlik (ya’ni, toza) ul Xudokim, quli Muhammadni, Masjidul Haromdin, 50 kechalab, xayru-baraka bilan o‘ralgan Masjidul Aqsoga eltdi. Bu eltishda ulug‘ qudratimizning alomatlarini unga ko‘rsatamiz». Mana shu oyatning ochiq mazmunicha, Payg‘ambarimiz kechaning bir parchasida Masjidul Haromdin chiqib, Quddus shahridagi Masjidul Aqsoga kelganlari onglanadi. Endi bu oyat shu masalada qat’iy dalil bo‘lganlikdan, Isroga inkor, ya’ni Masjidul Aqsoga kelish inkori iymonga muxolifdur. Ammo Me’roj deb «Masjidul Aqsodin osmon olamiga chiqqani aytilur. Bu esa hadis bilan sobit bo‘lgan masaladur. Bu haqdagi hadislar mutavotir, ya’ni, shaksiz hadislardur. Endi bu ulug‘ mo’jizaning bayoni shundog‘dirkim, bir kuni Payg‘ambarimiz «Oltin tarnov»ning osti, Ka’ba orqasi — Hatimda yonboshlab yotgan edilar. Shul chog‘da Jabroil alayhissalom bir necha farishtalar bilan hozir bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning ko‘krak chuqurlaridin boshlab, muborak ko‘ksilarini yordilar. Oltin jomda to‘liq «iymon-hikmat» suvi keltirilgan edi. Yuraklarini chiqarib, shu suv bilan chayqadilar. So‘ngra ilm-hikmat, iymon to‘ldirib, yuraklarini o‘z o‘rniga qo‘ydilar. Shu chog‘da, xachirdan kichikroq, eshakdin cho‘ngroq Buroq oti jannatdin keltirilgan edi. Uning ildamligidan, ko‘zi yetgan joyga oyoq qo‘yar edi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizni shu Buroqqa mindirdi. Oldinlarida o‘zi yo‘l boshlab yurib, xiyol o‘tmay Masjidul Aqsoga yetdilar. Ul joyda Ibrohim, Muso, Iso alayhissalom boshliq barcha Payg‘ambarlar kutmoqda edilar. Buroqdin tushib, o‘tgan Payg‘ambarlar bog‘lamish halqaga ani bog‘ladilar. So‘ngra Rasululloh Masjidul Aqsoga kirib qarasalar, barcha Payg‘ambarlar hozir ekanlar. Alarning talablaricha Payg‘ambarimiz imom bo‘lib, ikki rakat namoz o‘qidilar. Buning so‘ngida Jabroil alayhissalom bir kosa aroq, ikkinchi kosada sut keltirib, Payg‘ambarimizga: Ichgil, deb ishorat qildi. Payg‘ambarimiz aroqqa qaramasdin, bir kosa sutni olib ichdilar. Buni ko‘rib, Jabroil alayhissalom: — Ey Muhammad, haqiqatni topding. Sening ummatlaring yahud, nasorolar kabi haq yo‘ldin adashib, gumrohlikka ketmas ekanlar, — deb bashorat berdi. Bundan keyin Rasullulohni yana Buroqqa mindirib, Jabroil alayhissalom jilovlarida, nosut olamidin lohut jonibiga, ya’ni yer ustidin
osmonga ko‘tarildilar. Birinchi osmonga yetdilar. Jabroil alayhissalom eshik saqlovchi farishtaga: «Ochgil», dedi. «Kimdursan, kim bilan kelursan?» deb so‘radi. «Jabroildurman, yo‘ldoshim Muhammad», dedi. «Aning payg‘ambarlik davri keldimu?» deb darhol eshik ochdi. Dastlab qarshilariga otamiz Odam alayhissalom chiqdilar. «Xush keldingiz, ey aziz farzandim», deb haqlariga duo qildilar. Ul joydin ko‘tarilib, ikkinchi osmonga yetdilar. Ul joyda ham yuqoridagidek savol-javoblar bo‘ldi. Hazrati Iso, Hazrati Yahyo payg‘ambarlarning makonlari shu osmonda edi. Bu zotlar ham qarshi olib, xayr-duoda bo‘ldilar. Bundin o‘tib, uchinchi osmonga chiqish navbati yetdi. Yusuf alayhissalomning makoni shu osmonda edi. Jabroil alayhissalom eshik qoqdi. Yuqorigi savol-javoblar o‘tgandin so‘ngra eshikni ochdilar. Yusuf alayhissalom qarshi olib, Payg‘ambarimizni tabrikladi. So‘ngra bu joydin o‘tib, to‘rtinchi osmon sari yuzlandilar. Uning haqida «Varafa’nahu makanan aliyya» oyati kelgan. Hazrati Idris payg‘ambarning maqomlari shu edi. Bunda ham yuqorida o‘tgan so‘zlardin so‘ngra, eshik ochilib, Idris alayhissalom bilan ko‘rishdilar. Shundan so‘ng beshinchi osmonga ko‘tarildilar. Jabroil alayhissalom eshik qoqdi. Savol-javoblar o‘tgandan so‘ngra eshik ochildi. Horun alayhissalomning joylari shunda edi. Ko‘rishgandin so‘ng, bundin o‘tib, oltinchi osmonga chiqdilar. Muso alayhissalom shu joyda edilar. O‘tmish so‘zlardin so‘ngra eshik ochildi. Muso alayhissalom ta’zim bilan Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladilar. Yana ul joydin Buroq uchib, yettinchi ko‘kka yetkuzdi. Ul joyda bobolari Hazrati Ibrohim alayhissalomni ko‘rdilar. «Otangiz Ibrohimdur», degan ishorat bo‘lib, payg‘ambarimiz salom berdilar. Salom javobin qaytargandin so‘ngra: «Ey aziz farzandim, xush kelding, qandoq ulug‘ maqomlarga yetding», deb duo qildilar. Payg‘ambarimiz ko‘rdilarkim, Ibrohim Halilulloh osmon farishtalarining Ka’basi — «Baytul Ma’mur»ga suyanib o‘tiribdilar. Baytul Ma’mur binosi Ka’ba to‘g‘risidagi bir uydirkim, uning haqiqatini Alloh bilur. Yer ustida Ka’bani hojilar tavof qilganlaridek osmonda farishtalar ani tavof qilurlar. Ul uy yaratilgandin beri, Payg‘ambarimizning aytishlaricha, har kuni yetmish ming farishta tavof qilib ketgaylar. Alarning ko‘pligidin, bir qatim tavob qilganlari ikkinchi kelishiga qiyomatgacha navbat topa olmaydilar. Mana bu joydin ham o‘tib, muborak qadamlari «Sidratul muntaho»ga yetdi. Payg‘ambarimiz aytishlaricha, bu narsa Allohning azamatlik qudratiga nishona bo‘lg‘udek, yemishlik ulug‘ bir daraxt ekandur. Payg‘ambarimiz shu daraxt ostiga kelganlarida, Alloh taolo o‘z habibini hurmatlash uchun ul daraxtga: «Bezangin», deb buyruq berdi. Shu holda shundoq husni-jamolga kirib, zebu ziynatlik bo‘ldikim, aning vasfini Allohdin o‘zga hech kimsa qila olmag‘ay. Jabroil alayhissalomning maqomlari shu joyda edi. So‘ngra bu joydin yuqori raf-raf bilan uruj qilib, ul Holiqi a’zam, Jabbori akram ulug‘ dargohiga yetdilar. «Qoba Qovsayni av adna» (eng oliy maqom) maqomiga erishdilar. Endi bu o‘rinda ne sirlar o‘tdi, qandoq hollar ko‘rindi? Mana ulardin og‘iz ochmoqqa hech kimning haddi sig‘maydur. Bu ishlarga iymon kelturib, taslim bo‘lmoqdin boshqa haqqimiz yo‘qdur. Alloh taolo shu Me’roj tunida, Payg‘ambarimizga va ham aning ummatlariga ellik vaqt namoz farz qildi. Qaytishlarida Muso alayhissalom yo‘liqib, «Ey Muhammad, buni ummatlaring ko‘tarolmaydilar. Qayt, Rabbingdin so‘ragil, buni yengillatsin», deb u joydin yondirdilar (qaytardilar). Payg‘ambarimiz dargohga kelib, yengillik talab qilgan edilar, besh namoz tushirildi. Muso alayhissalom yana so‘rog‘il, tushirsin. ummating bunga ham toqat qilolmaydi, dedilar. Shundoq bo‘lib, necha qaytadin borib keldilar. Eng oxirida besh namozga qaror topdi. Tangri taolo aytdi: — Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namoz qildim. Har namozga o‘n namoz savobini berdim, u besh vaqt namozni — ellik vaqt namoz o‘rnida qabul qildim. Ey Muhammad! Ummatlaringdan har kishi bir yaxshi ish qilmoqqa qasd qilsa, agar uni qila olmasa ham, shu yaxshilik savobini berdim. Agar qasd qilmish yaxshilikni qilib, bitursa, har biriga o‘n barobar savob yozdirdim. Yomonlik ishni qilishga niyat qilsalar, ammo uni qilib, yuzaga chiqarmasalar, yomon niyatlari uchun hech gunoh yozdirmadim. Agar u qilgan yomon niyatlarini amalga oshirsalar, birga-bir gunoh yozdirdim, — dedi. So‘ngra Payg‘ambarimiz bu ishlarga rozilik bildirib qaytdilar. Yo‘lda yana Muso
alayhissalom yo‘liqib: «Ey Muhammad, bu besh vaqt namoz ham ummatlaringga og‘irdur. Bundan ham yengilroq qilish chorasini ko‘rgil», dedilar. Payg‘ambarimiz yana borishga hayo qilganliklaridan bu ishga jur’at qilmadilar. Qiyomatgacha shu besh vaqt namoz ummatlariga farz bo‘lib qoldi. Endi bu ulug‘ safarda Alloh taoloning qudrat-kamoliga hujjat bo‘lgudek ne ishlarni ko‘rdilarkim, barchalaridin eng ulug‘rog‘i — shu kechada Jabbori A’zamning jamoli pokiga musharraf bo‘lishlaridur. Bu ersa boshqa hech bir payg‘ambarga berilmagan eng ulug‘ karomat edi. Shuning uchun Rasulullohga berilgan hisobsiz mo’jizalarning eng ulug‘rog‘i Me’roj mo’jizasidur. Chunki eng yuqorigi olamdagi jannatni, eng tuban olamdagi do‘zaxni bu safar sayohatida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tamosha qildilar. Boqinglar, ey mo’minlar, Alloh taolo qudratigakim, shunchalik uzun muddatlik sayri sayohatlari esa bu cheksiz, tubsiz olamni aylanishlarida ko‘rilgan hisobsiz hodisalarning tamomi shu kechaning bir qismidagina bo‘lib o‘tdi. Endi biz mo’minlar bu ulug‘ mo’jizaga iymon keltiramiz va ham ishonamiz.
Bayt:
Taslim etamiz qudratiga ul qodiru dono Inkor etadur shumligidan bir nechayi gumroh
Shappara ko‘rmas esa kun yuzini bizlara g‘am yo‘q Har kunda chiqar kun, yorig‘idur olama paydo
“ Ayn ul hayot “ qasidasida keltirilgan baytda Me’roj voqeasi tunda bo‘lib o‘tganligi hammamizga ma’lum.Navoiy “ Ayn ul hayot “ qasidasi baytlarini tun tasviri bilan boshlaydi. Qasidadagi baytda keltirilgan birinchi baytda kechani – me’roj voqeasi bo‘lib o‘tgan tunni tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog’larida oy yuzli butlar to’dasi ya’ni yulduzlarga jilva qiladilar.Keyingi baytda
Sad hazoron kirmi shabtob az shabistoni sipehr,
Lam’aho bar pardai shabguni g’abro afganand
Bu yerda tashbeh san’atini qo‘llab yulduzlarni yaltiroq qurtlarga o’xshatadi (Kecha ta’rifidan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) tavsifiga o‘tiladi hamda o‘sha kecha Ummahoniyning uyida edi deb keltiriladi: Agar yuqoridagi baytlarni tahlil qilsak, hammasidan Ummahoniyning uyida edi ma’nosi kelib chiqadi. Me’roj haqidagi manbalarda Payg‘ambar (s.a.v.) o‘sha tunda Ka’baning Xotiym qismida yotganligi aytib o‘tiladi [Sog‘uniy: 94-bet]. Yana ba’zi asarlarda ammasi – amakisi Abu Tolibning qizi Ummuhoniyning uyida edi deb keltiriladi [Lutfiy A.:105-bet].
Shu ma’lumotlarga tayangan holda Navoiyning baytlarini Ummahoniy uyida edi tarzida tahlil qilishni ma’qul topdik. Keyingi baytlarda Jabroil (a.s.) va Buroq ta’rifi beriladi:
Buroqning o‘zagi “barq” (yashin), Navoiy shunga ishora qilib, uning tez yurarligini nazarda tutgan holda yuqoridagi baytlarni keltiradi.
Diniy adabiyotlarda har kimning maqomi belgilab qo‘yilganligi va Buroqning Jannatdan chiqqan ot ekanligi aytib o‘tiladi. Jabroil (a.s.)ning maqomi Sidratul muntahoda ekanligi keltiriladi [Sog‘uniy: 93-95-bet].Navoiy bu baytda shunga ishora qilyapti. Keyingi baytlarda Payg‘ambar (s.a.v.) Buroqqa minib yo‘lga tushganligini tasvirlaydi. Yuqorida keltirgan “Ummahoniynikida edi” talqinimizga isbot tariqasida yana bir baytni keltirishimiz mumkin:
Dar shabi me’roj poyandozi raxshash ahli Arsh ,
Az duri axtar mukallal sabz debo afganand.
Chun falakpaymo Buroq andar riqobi o’ kashand ,
G’oshiya az mehr basta , zin zi javzo afganand.
Ya’ni Arsh ahli Me’roj kechasi tulpor Buroqning poyiga yulduz durlari bilan bezangan yashil harir ,nafis matoli poyandoz to’shaydilar.Falaklardan oshib o’tuvchi Buroqiga uzangi bog’laganlarida , egar yopinchig’i ( juli ) ni quyoshdanu , egarini Javzo burjidan olganlar deydi. Payg‘ambar (s.a.v.) avval Baytul haram masjidiga yo‘l oldi. Keyingi baytda esa masjidi Aqsoga borganligi va Arshi A’loga chiqqanligi keltiriladi: Keyin falaklar va ularga tegishli sayyoralar tasviri beriladi: birinchi falakda Oy, ikkinchisida Utorud, uchinchisida Zuhra, to‘rtinchisida Quyosh,
beshinchisida Bahrom (Mars), oltinchisida Mushtariy, yettinchisida Zuhal bilan
uchrashadi. Ularning hammasi Payg‘ambar (s.a.v.) sharofatidan bahramand bo‘ladi.Navoiy sayyoralarning nima timsoli – homiysi ekanligiga ishora qilgan holda ajoyib tashbehlar qo‘llaydi. Masalan, san’atkorlar homiysi Zuhro uni ko‘rishi bilan udini yashirib qo‘yadi; Bahrom – jang-jadallar homiysi qon to‘kishni bas qiladi; Zuhal – baxtsizlik, omadsizlik timsoli uning sharofati bilan baxtli bo‘ladi. Undan so‘ng 12 ta burj bilan uchrashuv tasvirlanadi. Bu yerda ularning nomlari va belgilari vositasida go‘zal o‘xshatishlar keltirilgan.
Baytda Navoiy Payg‘ambar (s.a.v.) Me’roj kechasi erishgan “Qoba qavsayn” (ikki yoy oralig‘icha yaqin) darajasiga Qavs - Yoy burjining nomi yordamida ishora qilyapti.
Dalv – Qubg‘a (Qovg‘a) Payg‘ambar (s.a.v.) yo‘liga suv o‘rniga inju sochyapti deya tashxis san’atidan foydalangan.
Arsh, Kursi va Lavh maqomlarini tasvirlar ekan, Qalam haqida juda chiroyli bayt keltiradi:
Qalamg‘a yetib maqdamidin kushod,
Yozib chashmzaxmi uchun “in yakod”.
Bu yerda “in yakod” ko‘z tegmasligi uchun o‘qiladigan duoning ilk jumlasi bo‘lib, “Qalam” surasining 51-52-oyatlaridir.Arsh, Kursi va Lavh maqomlaridan o‘tgach hamrohlarini qoldirib Payg‘ambar (s.a.v.) o‘zi yo‘lda davom etishi keltiriladi:
Buroqin tushub paykiga topshurub,
Qadamsiz yurub, po‘yasiz gom urub.
Yana Payg‘ambar (s.a.v.) to‘rt unsur va olti tarafdan ajralib Alloh visoliga yetishganligi, Allohdan ummatlari gunohini so‘rab olganligi keltiriladi:
Necha ikkilik naqshi nobud o‘lub,
Bir o‘q vahdati sirf mavjud o‘lub.
Ko‘rub bahri g‘ufronni chun mavjnok,
Tilab osiy ummat gunohini pok.
Navoiy Payg‘ambar (s.a.v.) safardan qaytishda juda boshqacha suratga kirganligini ta’kidlab o‘tadi:
Ya’ni kelishda g‘unchadek bo‘lgan bo‘lsa, qaytishda jannat bog‘idek edi, kelishda qatra suvdek bo‘lgan bo‘lsa qaytishda Ummon – dengizdek edi deya tashbeh san’atini qo‘llaydi. Keyin esa yo‘ldoshlari oldiga kelgan Payg‘ambar (s.a.v.)ni Jabroil (a.s.) va Buroq tanimay qolganligini aytib o‘tadi:
Yonib yuz qo‘yub raxshu yo‘ldoshig‘a,
Tanilmay yetishgach alar qoshig‘a.
Payg‘ambar (s.a.v.)ni kuzatish uchun maloikalar chiqib, uning boshidan nurlar sochishadi. Navoiy bu yerda tamsil san’atini ishlatadi:
Payg‘ambar (s.a.v.) O‘zlari shunday nurga chulg‘angan ediki, maloikalar uning boshidan nur sochishi xuddi dengizga suv sepayotganga o‘xshaydi. Bobni tugatar ekan, Navoiy bu voqea Olloh inoyati bilan bo‘lganligini, kishi aqli unga yetmasligini aytib o‘tadi:

Download 202.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling