1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tadbir ssenariysi


Download 200.99 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi200.99 Kb.
#1585411
Bog'liq
1 IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI







1 IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI TADBIR SSENARIYSI




1 IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI




Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli.
Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o’z tarixi bor. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlashi taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog’ida ham o’z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz xisoblansa, atrofidagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o’tkaziladi. Istrohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O’zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston qo’shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so’ng aynan Bola huquqlari to’g’risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.
 

Har yili 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dunyo mamlakatlarida keng nishonlanadi.


Ilk marta “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1950 yilning 1 iyunida nishonlangan.
Bolalar huquqlarini himoya qilish “Bola huquqlari to'g'risida”gi Konvensiyada belgilab qo'yilgan. Ushbu Konvensiya 54 moddadan iborat bo'lib, uning bandlari bolalar huquqlarini ta'minlash, bolalarni jismoniy va ruhiy qiynoqlardan asrash, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo'yicha yagona huquqiy ko'rsatmalarni belgilab beradi. Konvensiyaga BMTga a'zo davlatlarning barchasi shu jumladan O'zbekiston ham qo'shilgan. 
Yurtimizda mustaqillik yillarida bola huquqlariga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi bolalar huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid 38 ta xalqaro hujjatning ishtirokchisi sanaladi.
Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo'lib ulg'ayayotgan davlat qudratli, xalq esa kuchli bo'ladi. O'zbeklar azal-azaldan bolajon xalq, Yurtimizdagi har bir ota-ona farzandim, deb yashaydi, uning barkamol avlod bo'lib voyaga etishini, Vatan ravnaqiga hissa qo'shishini xohlaydi. Eng muhimi, bunday orzu-istak mustaqillik yillarida mamlakatimizda sog'lom avlodni voyaga etkazish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar daham o'z ifodasini topgan.
Darhaqiqat, joriy yilning “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon qilingani va bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturini amalga oshirish uchun qariyb 7,5 trillion so'mva 194 million AQSh dollari ekvivalentida mablag' sarflanishi ko'zda tutilganining o'ziyoq mamlakatimizda sog'lom avlod kamoloti yo'lida muntazam amalga oshirilayotgan ishlar hajmini ifodalab turibdi. Buni yanada yorqinroq tasavvur etish uchun bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida notinchliklar, iqtisodiy qiyinchiliklar sabab qanchadan-qancha bolalar baxtli yashash, ta'lim olish huquqidan mosuvo.
Dunyoda bolajonlar kulgisiyu sho'x-shodon qiyqirig'idan-da beg'ubor narsaning o'zi yo'q. Tiniq nigohini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savolberayotgan, murg'ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o'rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyordamlarini mudom ko'rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.
Download 200.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling