1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi tushunchasi Jahon iqtisodiyotining globallashuvining harakatlantiruvchi omillari


Download 26.24 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi26.24 Kb.
#1699199
  1   2
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to\'g\'risidagi konsepsiyalar asosiy yo\'nalishlar



Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to'g'risidagi konsepsiyalar asosiy yo'nalishlar
Reja:
1.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi tushunchasi
2. Jahon iqtisodiyotining globallashuvining harakatlantiruvchi omillari
3. Jahon iqtisodiyotining globallashuvining natijalari
Jahon iqtisodiyotini globallashuv tushunchasi va tamoyillari.Jahon xo’jaligini globallashtirish – XX asrning 1980 yillar oxiri – 1990 yillar boshida kеng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda – yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya'ni global miqyosda savdo qilishga yo’naltirilgan korporativ stratеgiyalarni birlashtirish kabi muayyan, o’ziga xos xodisani bеlgilash uchun foydalanilgan. Tahminan 20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bo’lib foydalangan amеrikalik muallif T. Lеvit 1983 yildayoq chop etgan “Garvart biznеs rеvyudir” dеb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori birlashishi to’g’risidayozgan.1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik kеyinroq amеrikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bеrgan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar. Tatqiqot ob'еktining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib o’tdi), shuningdеk jahon iqtisodiyotida yuz bеrayotgan jarayonlarning murakkabligi va komplеksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini globallashtrish jarayonlari kam yoki ko’proq darajada o’xshash tushunchasi va ta'rifi yaratilishiga imkon bеrmadi. Globallashtirishga nisbatan turlicha yondashuvlar, turli ta'riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chеgaralari ifodalanishi saqlanib kеlmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi yuzaga kеlgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kеlayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashtirish butun dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kеlgan dеb hisoblaydi. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi dirеktori V.Fеdorov. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish xo’jalik hayotining intеrnatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bo’lib qoladi.
Bizning fikrimiz jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xo’jalik hayotini zamonaviy butunjahon intеrnatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xo’jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bo’lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bo’ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xo’jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda dеyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining kеskin kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo’lgan mamlakatlarni jalb etish, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish, jahon iqtisodiy gomogеnizatsiyasiga ba'zan izchil bo’lmagan (xo’jalik yuritish shakli va tizimlarining o’xshashligi, bir xilliligini kuchaytirish) yo’nalish.
Yu.V.Shishkovning namunaviy ta'rifiga ko’ra, jahon xo’jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mеhnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko’pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, globalmoliyaviy tizim hamda planеtar axborot tarmog’i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotga aylana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, invеstitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va savdo tabiati xo’jalik hayoti sub'еktlari tomonidan global kon'yunktura hisobga olingan holda bеlgilanadi, iqtisodiy o’sishlar va tushishlar butunjahon miqyosini qamrab oladi. V.P. Kolеsova tahriri ostida “Jahon xo’jaligini globallashtirish va Rossiyaning o’rni” nomli monografiyasida – Intеrnatsionallashtirishning butunjahon miqyosi – gloallashtirishning mohiyatini anglatadi, dеb tasdiqlangan (2002 g., str.7).
Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xo’jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bo’yicha xalqaro bitimlarning turi, xajmi ortishishuningdеk, tеxnologiyalarning nisbatan jadal va kеng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy o’zaro bog’liqligi” sifatida ta'riflaydilar.
XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni-jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba'zan hatto ishchi kuchi, bilim va tеxnologiyalarning milliy chеgaralaridan oqimlarning misli ko’rilmagan darajada ortib kеtishi ham nazarda tutiladi. Globallashtirishda hеch qanday sir yo’q. U faqatgina asrlar davomida iqtisodiyotning barcha darajalarida – qishloq bozori, shahar sanoati, savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib kеlgan aynan shu bozor kuchlari harakatini milliy chеgaralari orqali o’tkazadi3.
Proffеsor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kеlishi: “Globallashtirish chеgaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intеnsifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Intеrnеt hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, dеgan taklifni kiritadi.
Umuman mazkur o’quv qo’llanmada kеltirilgan globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondashuv asosida Butunjahon banki Prеzidеnti Dj. Vulfеnsonning jahon xo’jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati to’g’risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va intеrnatsional birliklar esa bir-biriga qo’shilib kеtadi. So’nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib kеtishlarni eslang. Tеxnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznеs uslubimizni o’zgartiradi. Xususiy sеktor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kеlib, ushbu mamlakatlarning g’arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan bеsh marotaba ortib kеtayotgani, misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etib kеtdi. qashshoq mamlakatlarda tеzkor urbanizatsiya yuz bеrib, fuqarolik jamiyati vujudga kеlmoqda, dеmokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich o’tmoqda. Ushbu yo’nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli ko’rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Intеgratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar dеgradatsiyalanadi. Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan tеng huquqliligi murakkablashib boradi”5.
Milliy iqtisodning iqtisodiy o’zaro aloqalarini kuchaytiruvchi nisbatan sеzilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi, asosiy muhiti еr sharining dеyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag’ni bir zumda o’tkazib bеrish imkoniyatini ta'minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog’i bo’lgan global moliya bozorini shakllantirish hisoblanishi ko’pincha ta'kidlab o’tiladi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (еvrobozorlar), shuningdеk, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati ortib boradi. Globallashtirish davomida, ba'zi holatlarda kam yoki umuman rеal ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan, moliyaviy bozorlardagi inqirozli holatlarda esa ma'lum darajada zarar kеltiradigan moliyaviy kapitalning mamlakatlararo aralashishi hajmi va tеzligi ortib boradi.6 Moliyalarni globallashtirishda jahon xo’jaligida yuz bеradigan muvofiq o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi, aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chеgaralarini buzib o’tuvchi asosiy omil hisoblanadi”. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi: Global iqtisodiyotning yadrosi qadim zamonlardayoq Hind okeani va O‗rta er dengizi atrofidagi mamlakatlar bilan birgalikda Yaqin Sharq mintaqasida paydo bo‗lgan. Barchasi xalqaro tovarlar savdosidan boshlangan. Dunyodagi birinchi yirik davlat – Misrning aholisi 5 ming yil avval qo‗shni qabilalar bilan savdo qilar edi: Misr hunarmandchiligi va dehqonchiligining mahsulotlari evaziga ulardan yog‗och, metall, qoramol xarid qilingan. Xalqaro tovarlar savdosiga xizmatlar sotuvchilari qo‗shila bordi. Finikiyalik va gretsiyalik savdogarlar nafaqat butun O‗rta yer dengizi bo‗ylab o‗zida ishlab chiqarilgan va boshqa mamlakatlarda sotib olingan tovarlar 51 bilan savdo qilar, balki o‗zgalarning yuklarini va o‗zga yurtlik yo‗lovchilarni tashib xizmatlar ham ko‗rsatar edilar. Asta-sekin xalqaro savdo boshqa dunyo mintaqalarini – dastlab Janubiy Osiyoni, so‗ngra Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo, Rossiya, Amerika, Avstraliya va Okeaniyani, va nihoyat, Tropik Afrikaning etib borish qiyin bo‗lgan hududlarini qamrab ola boshladi. Natijada, XIX asr oxirlariga kelib jahon tovarlar va xizmatlar bozori, ya‘ni savdo qilinadigan mahsulotlar bozorlarining yig‗indisi vujudga keldi. Shu bilan bir vaqtda jahonda xalqaro iqtisodiy resurslarning harakati ham o‗sib bordi. G‗arbiy Yevropa kapitallari Amerika va Rossiyadagi investitsiyalarning sezilarli unsurlariga aylandi, yevropalik emigrantlar Shimoliy Amerika, Janubiy Osiyo, Avstraliyaning ulkan kengliklarini xo‗jalik jihatdan o‗zlashtirdilar. G‗arbiy tadbirkorlar dunyoning barcha burchaklariga g‗arbiy fan yutuqlarini (elektr quvvati, ichki yonish dvigateli, mexanik harakatlanish vositalarini) olib bordilar. So‗ngra kamroq rivojlangan mamlakatlar ham bilimlar, kapital va ayniqsa ishchi kuchini eksport qila boshladilar, buning natijasida mamlakatlar o‗rtasida iqtisodiy resurslarning ko‗chish jarayoni o‗zaro (ikki tomonlama), biroq unchalik simmetrik bo‗lmagan xususiyatlarga ega bo‗ldi. Shunday qilib, barcha milliy iqtisodiyotlar nafaqat jahon tovarlar va xizmatlar bozorining, balki xalqaro iqtisodiy resurslar harakatining ishtirokchilariga aylandi. Ushbu sharoitlarda XIX – XX asr bo‗sag‗asida global iqtisodiyot to‗g‗risida gapirish imkoniyati tug‗ildi. Globallashuvning bosqichlari Global iqtisodiyot vujudga kelgach, bir necha bosqichlarni bosib o‗tdi. XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha bo‗lgan davr globallashuvning dastlabki bosqichiga aylandi. Ushbu uchta o‗n yillik davrida ko‗pgina milliy iqtisodiyotlarda eksport va import qilinuvchi mahsulotning ulushi bo‗yicha erishilgan daraja faqatgina yarim asrdan so‗nggina oshirildi. G‗arbiy Yevropa mamlakatlaridan iqtisodiy resurslarni yangi tez o‗sib borayotgan iqtisodiyotlarga (o‗sha vaqtda bu AQSH, Rossiya va Britaniya dominionlari) olib chiqishning katta ko‗lamlaridan (Buyuk Britaniya o‗z mamlakatiga nisbatan chet elga ko‗proq kapital kiritar edi) 52 faqatgina ko‗p o‗n yilliklardan so‗ng oshib o‗tildi. Birinchi jahon urushidan oldin chet eldan kapital oqimi Rossiyada sanoatga investitsiyalarning yarmidan ortig‗ini ta‘minlar, AQSHda ishchilarning yarmidan ortig‗i immigrantlardan tashkil topgan edi. O‗sha davrda integratsion birlashmalar mavjud bo‗lmagan (ularning o‗rnini ma‘lum darajada imperiyalar bosar edi), xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kamsonli va zaif, TMKlar esa ko‗p bo‗lmagan bo‗lsada, biroq umuman olganda globallashuvning mazkur bosqichi haqida globallashuvning dastlabki to‗lqini sifatida gapirish mumkin. Birinchi jahon urushining boshidan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha bo‗lgan davr urushlar, inqiloblar, 1930-yillar iqtisodiy inqirozi davomida globallashuvning qisqarish bosqichi bo‗ldi. Natijada, agar Rossiyadan tovarlar eksporti 1913 yilda 1 mlrd dollardan ortiq bo‗lgan bo‗lsa, 1938 yilda – atigi 0,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. AQSHda ushbu davrda eksport 2,6 mlrd dollardan 3,1 mlrd dollargacha ortdi, lekin haqiqatda u
Xulosa
Keskin pasaydi, chunki dollar bu davrda 2,2 marta qadrsizlandi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi va 1970-yillarning oxirigicha bo‗lgan davr global iqtisodiyotning tiklanish bosqichi bo‗ldi. 1950-yillarning boshidayoq jahon savdo hajmi 1913 yil darajasiga etdi, xolbuki iqtisodiy resurslarning harakati ushbu davrning faqatgina oxiriga kelib avvalgi ko‗lamga etdi. Ushbu bosqichda globallashuvning yangi to‗lqini uchun muhim shart-sharoitlar yaratildi – integratsion birlashmalar tashkil topar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni ko‗payar, TMKlar soni tez ortib borar edi.


Download 26.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling