1. Jismimiz yo‘qolur // o‘chmas nomimiz, (G‘. G‘ulom). Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?


Download 18.55 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi18.55 Kb.
#1446922
Bog'liq
test


Test
1. Jismimiz yo‘qolur // o‘chmas nomimiz, (G‘. G‘ulom). Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) undov belgisi
C) ko‘p nuqta D) tire
2. Undashni kuchaytirish uchun undalmadan oldin kelgan undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) undov belgisi B) vergul
C) chiziqcha D) nuqtali vergul
3. Gapda tinish belgilari o‘z o‘rnida ishlatilmasa, gap qaysi jihatdan o‘zgarishi mumkin?
A) faqat mazmuni o‘zgaradi B) faqat sintaktik tuzilishi o‘zgaradi
C) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgaradi D) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgarmaydi
4. Qo‘shma gap qismlari oralig‘ida yoki bog‘lovchisi yolg‘iz holda qo‘llanganda, bog‘lovchidan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul qo‘yiladi B) ikki nuqta qo‘yiladi
C) tire qo‘yiladi D) nuqtali vergul qo‘yiladi
5. Tire noto‘g‘ri qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) O‘zbekiston – mustaqil davlat B) Til –millatning boyligi va bebaho mulki.
C) Men – o‘qituvchiman D) Ona erim – oltin tuprog‘im.
6. Qaysi qatorda tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan?
A) - Xo‘sh, qanday yangiliklar bor? - dedi O‘ktam. B) - Xo‘sh, qanday yangiliklar bor - dedi O‘ktam.
C) - Xo‘sh qanday yangiliklar bor?- dedi O‘ktam. D) - Xo‘sh qanday yangiliklar bor! - dedi O‘ktam.
7. Qaysi gap tarkibida tire (–) ishlatilishi kerak?
A) Men uchuvchiman. B) Do‘stlik o‘lkamizning qudrati, shoni.
C) Bilim baxt belgisidir. D) Ishning boshi boshlangunchadir.
8. Takrorlangan yo, yoki, goh, dam, ba’zan bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) nuqtali vergul B) tire
C) ikki nuqta D) vergul
9. Bugun havo ochiq // derazalarni lang ochib ko‘ysa ham bo‘ladi. Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yish kerak?
A) tire B) vergul
C) nuqtali vergul D) ko‘p nuqta
10. Aytilgan so‘z // otilgan o‘q. (Maqol) Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) nuqtali vergul
C) vergul D) tire
11. - Hafizaxon, tog‘angizga Mavlon akaga havasim keladi. Ushbu gapda Mavlon akaga bo‘lagi ikki tomondan qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
A) qavs va qavs B) tire va tire
C) vergul va vergul D) tire va vergul
12. Fikrning tugallanmaganligi ko‘rsatish uchun yozuvda qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) undov va so‘roq belgilari B) nuqtali vergul
C) ikki nuqta D) ko‘p nuqta
13. Qaysi gapda tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) -Bu Nazarovdan chiqqan aql emas, - dedi Qalandarov.
B) Bir kuni rais kelib qurtni ko‘zdan kechirdi-da: - Yashasin havaskor kampirlarimiz! - deb qichqirdi.
C) -Sen ham bitirding, shekilli, - so‘radi ikkinchi yigit.
D) - Voy, Huriniso opa, kelin qildingizmi? - dedi Tojixon.
14. Yaxshi so‘z // jon ozig‘i, yomon so‘z// bosh qozig‘i (Maqol) Ushbu gapda // belgilari o‘rnida qanday tinish belgilar qo‘yish kerak?
A) vergul va tire B) ikki nuqta va ikki nuqta
C) vergul va vergul D) tire va tire
15. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim?
A) Qo‘shnilarim ham halol odamlar.
B) Hamma yoq toptoza, yovvoyi o‘tlar yo‘q.
C) O‘g‘limdan umidim ko‘p.
D) Yaxshi qiz yoqadagi qunduz, yaxshi o‘g‘il ko‘kdagi yulduz.
Download 18.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling