1. Kibermakon tushunchasi. Ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari


Download 66.56 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi66.56 Kb.
#246642
Bog'liq
Dinshunoslik-13


1. Kibermakon tushunchasi.

2. Ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari.

3. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga taʼsiri.

4. Global tarmoqdagi gʻoyaviy xurujlar oldini olish.



Kibermakonda din va axborot istemoli madaniyati.

Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990-yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda.

Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmogʻi orqali bir-biri bilan bogʻlangan va bir vaqtning oʻzida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi maʼlumotlariga oʻralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.

“Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi - din niqobi ostidagi ekstremistik tashkilotlarning saytlarida asosan davlat toʻntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib oʻtish mumkin. Ularda ISHID goʻyo Islom yoʻlida “qurbon” boʻlayotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.

Bugungi kunda ekstremistik tashkilotlarning targʻibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzgʻunchilik va yot gʻoyalarni targʻib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ularning asl maqsadlari, Islom dinini notoʻgʻri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qoʻlga kiritish hisoblanadi.

Keyingi paytlarda ilmiy manbalarda tez-tez “axborot isteʼmoli madaniyati” atamasi qoʻllanayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Unga koʻra, har kim oʻzi eʼtiqod qiladigan mafkura tarqatuvchisi va targʻibotchisidir.

Axborotni qabul qiluvchi oʻzi, atrofdagilar, yaqinlari, xalqi, yurti manfaatlarini himoya qilishi, shunga mos va xos maʼlumotlarni tanlashni bilishi, oʻzlashtirishi va tarqatishi lozim. Bu, oʻz navbatida, tarbiyaga bogʻliq. Bugun yoshlarga “Bu axborotni kim taqdim qilmoqda?”, “Nima uchun taqdim qilmoqda?” va “Qanday maqsadda taqdim qilmoqda?” degan savollarni oʻz-oʻziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishni oʻrgatish kerak boʻladi. Ana shundagina turli gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish ehtimoli kamayib, taklif etilayotgan maʼlumotlarga koʻr-koʻrona ergashishning oldi olinadi. “Axborot tashnaligi”ga barham beriladi.

Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni qoʻyidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi:

Birinchidan, mualliflik yoki intellektual mulk huquqi buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu hol bugungi kunda internet orqali tarqatilayotgan maʼlumotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri olinishi misolida koʻrinmoqda. Mualliflar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, plagiatlikni aniqlash programmalari tabiiy zarurat tufayli vujudga kelgan.

Ikkinchidan, tekshirilmagan, noxolis maʼlumotlarning keng tarqalishi ehtimoli ortadi. Aslida, internet tarmoqlari mualliflardan masʼuliyatni cheklaydi. Shunga muvofiq internet jurnalistikasi rivojlanmoqda.

Uchinchidan, maxfiy, shaxsiy maʼlumotlarning noqonuniy ravishda eʼlon qilinishiga olib keladi. Bundan baʼzan moddiy manfaatdorlik yoki koʻzlangan aniq maqsadga erishish, jumladan, biror shaxsni obroʻsizlantirish nazarda tutiladi.

Toʻrtinchidan, din niqobidagi ekstremizm, missionerlik hamda “ommaviy madaniyat” targʻiboti ortadi. Bu esa maʼnaviyatga, milliy va diniy qadriyatlarga, azaliy urf-odat va anʼanalarga qarshi qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir.

Beshinchidan, maʼnaviy, milliy qadriyatlarga putur yetadi. Masofaviy muloqot, faqat hurmatdan iborat munosabat shakli ota-onaga xizmat, yaqinlar diydoriga intilish, hashar, muhtojlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi qadriyatlarimizga maʼlum darajada ziyon yetkazadi. Shu sababdan yurtimizda qadriyatlarga sadoqat, milliylikka hurmat tuygʻulari targʻib qilinadi.

Yuksak axborot texnologiyalarini jamiyat hayotining turli sohalariga joriy etish – davr talabi. Ammo uning ham oʻziga xos jihatlari bor. Jumladan,

- uning natijasida jismoniy mehnat hajmi keskin qisqaradi. Bu esa ishsizlikning ortishidir. Demak, amaliyotga ilm-fanning eng soʻnggi natijalarini joriy etish barobarida yangi ish oʻrinlarini yaratish ustida jiddiy bosh qotirish ham muhim hisoblanadi;

- yuksak darajada texnik imoniyatlarga ega boʻlish mehnat, ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi, inson uchun murakkab va qiyin boʻlgan ishlarni texnika oʻz zimmasiga oladi va insonlarning aqliy faoliyati uchun keng yoʻl ochiladi

-dunyo xalqlari bilan muloqot almashinuvi osonlashadi, tezlashadi. Jahondagi istalgan mamlakat kutubxonalarida saqlanayotgan nodir va muhim kitoblardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi;

- madaniyatlararo aloqalar rivojlantiriladi, mustahkamlanadi. Dunyo yaqinlashadi.

Demak, har bir olingan maʼlumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, oʻsha maʼlumotga qarab ish tutish turli muammo va javobgarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining gʻarazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib qoʻyiladi.

Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli toʻqnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday koʻrinishdagi tahdidlarga qarshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir soʻz bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas boʻlgan oilamizni din niqobi ostidagi yot gʻoyalar taʼsiridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim.



G‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarning oldini olish – jamiyat barqarorligining kafolati

2017-yilning 31-mart kuni majmuaning katta majlislar zalida “G‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarning oldini olish – jamiyat barqarorligining kafolati” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi. Tadbir mobaynida bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega bo‘layotganligi, mafkura qudrati yangi asrimizga kelib nimalarga qodir ekanini barchaga anglatib ulgurganligi, din niqobi ostidagi sarkashliklar, etnik mojarolar, talato‘plar, gegemonlik qutqulari – barcha-barchasi buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar atrofida aylanayotganligi to‘g‘risida fikr yuritilib yig‘ilganlarning ham bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi. Mazkur ma’naviyat soatida majmuada mehnat qilib kelayotgan 170 nafar ishchi-xizmatchilar qamrab olinib, tadbirda majmuaning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Qurbonovning “Mafkuraviy xurujlar intiho topadimi?” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Ma’naviyat soati so‘nggida “NASAF CINEMA” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “Zararli aqidalar”, “Sarob” hujjatli filmlari va O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish, uning iqtisodiy salohiyati, xalqning turmush darajasini yanada yaxshilash, mamlakatda ishlab chiqarish sohasini yanada jadallik bilan rivojlantirish maqsadida mustaqillik yillarida barpo etilgan Ustyurt gaz kimyo majmuasi to‘g‘risidagi “Ustyurtga yo‘l” deb nomlangan badiiy film namoyish etildi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Download 66.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling